Yaxshi qizlarni, borini ham yo'qga chiqarmadik-mi ???
Saytdoshlar va guruhdoshlar muhlis-u muhlisalari, Assalom-u Aleykum ! Bugungi bu mavzuyimiz, tanqidiy mulohaza hamda beg'ubor qalb sohibalarining hayotiy kechinmalari va yashash tarzlari haqida. Bir tomondan o'ylab qarasam, qizlarni ko'pchilik tanqid qilibdi-yu, lekin ularning ichida yaxshi qizlar ham borligi, va ularning dunyo qarashlari haqida uncha ko'p yozishmapti. Natijada bunday qizlar, tanqid qilinayotgan qizlarning kasriga qolib, nomi qoraga chiqib ketdi. Meni o'zim ham, qizlarni ba'zi bir xulq-atvorlarini ikki bor tanqid qildim. Biri "Bevafo qizlarni bilasizmi ?" ikkinchisi "Ko'cha-ko'ydagi ajinalar". Bunday nomlaganim uchun uzr. Sababi, yengi-yelpi kiyimlarni xush ko'ruvchi ajinalarni ya'ni qizlarni nazarda tutib yozuvdim. Menimcha o'sha maqolalarim ko'pgina egasini topdi. Shundan so'ng, ayrim qizlar norozilik ham bildirishdi. "Nuqul qizlarni yomonlaysizlar. Nima, yaxshi qizlar qurib qoldimi ?" deb. U maqolalarni yaxshi qizlar qurib qoldi deya shama qilib yozmadim. Yaxshi qizlar ham ko'p albatta. Faqat, Yaxshining ham yomoni bo'lganidek, qizlarning ham ajinasifatlashib ketgani haqiqat !
Haqiqat esa bilasiz, achchiq bo'ladi. Bu mavzular ayni kunda dolzarbligicha qolib ketmoqda. Bundan kimlardir jabr ham ko'ryapti. Bu haqida, hech o'ylab ko'rdikmi ? Ko'chalarda hammayog'i ochiq, tor shimlarni kiyib yurganlar ham, kimningdir farzandi, kimningdir singlisi yoki opasi. Ular gunoh botqog'iga tobora botib borishmoqda. Nahotki shuni tushunishmasa ??? Nega tushunishmaydi bilasizmi ? Ularning qalbida zarracha ham iymon nurlari yo'q ! Mana nimaga ularga gap ta'sir qilmaydi. Gunoh haqida, Qur'on haqida gapirsangiz, gapingiz yoqmaydi. To'rt-beshta odamlarni oldida bu haqda gapirib qolsangiz bormi, indamay yuzini ters qilib, oldingizdan turib ketadi. Buning oqibatida, u ayolligini unutadi va o'yin-kulgu, yeng-yelpi kiyinishga berilib ketadi. O'z xohishlarini ketidan quvishadi. Hayotga insoniylik fazilatlari bilan emas, ko'ngil xohishi bilan yondashishadi. Shu onda bir kishini gaplari yodimga tushdi. Keling shuni e'tiboringizga havola etsam... Abdug'ani aka, 37 yosh : - Qizlarning hozirgi shim, miniyubka, tor kiyimlar kiyishiga qarshiman. Lekin bu narsa tobora jamiyatimizga singib bormoqda va oddiy holdek bo'lib qolgan. Masalan, men ham 5-sinfda o'qiyotgan qizimga shim sotib olib berdim. Bunga esa quyidagi voqea sabab bo'ldi: Bir kuni qizim maktabdan yig'lab keldi. Nima bo'ldi deb so'rasam, dugonalari: "Adang senga shim olib bersa bo'miydimi, yoki puli yo'qmi? Mana mani adamlar shuncha shim olib berganlar", deyishibdi. Shundan so'ng majbur bo'ldim. Men bu muammoning kelib chiqishiga ota-onalar sababchi deb bilaman ... - Darhaqiqat bunga Ota-onalar ham aybdor. Lekin ota-onaning ham gaplarini e'tiborlariga olishmasachi ? Ota-ona farzandi uchun kecha-yu kunduz mehnat qiladi. Farzandchi ? Yengi-yelpi, tor kiyimlar bilan kiyinish yoqishiga qarab ish ko'radi. Musulmonmiz axir ! Hech o'ylab ko'risharmikan, ochiq holda kiyinib, nomahram erkaklarni e'tibironi o'zlariga qaratib, gunohga botishayotganini ? Alloh, harkimga ong ya'ni milliy tafakkur, aql-idrok, insoniylik fazilatlarini in'om etgan-ku ! Nega bu haqda o'ylab ko'rishmaydi ? Avvalo bunga o'zlari aybdor ! Eh ... Toki boshlari to'rt devorga borib urilmasa, ming gapiring, befoyda !
qanidi hamma ham shunday fikirlasa