ZURLAB ULDIRILGAN QIZ.

Yaqindagina turmush qurib Baxtli hayot sari qadam qo'ygan ikki sevishgan Bahrom va Dilfuza o'zlari orzu qilganidek shinamgina hovliga ko'chib o'tishdi. Bir qaraganda hammasi risoladagidek edi qo'shnilari yoshi 50 larga borib qolgan Akmal aka va Gulzoda opa bilan tanishib olishdi ularning yakkayu yolg'iz farzandlari qizi Ismigul 3 yildan beri dom daraksiz yo'qolgandi shuncha surishtiruvlar izlashlar foydasiz qiz yeru ko'kda yo'qdek edi go'yo. Oradan 2-3 oy o'tdi ammo kunlardan bir kuni yarim kechada uhlab yotgan Bahrom negadir tasodifan cho'chib uyg'ondi. Shundoqqina Hovlida yonib turgan chiroqning nuri xonaga tushib turardi. Chiroq negadir o'chib qoldi Bahrom chiroq o'chgandir deb o'ylab endi uyquga ketgandi chiroq yana yondi. Hovlidagi chiroqni xuddi kimdir atayin o'chirib yoqyotgandek tuyuldi ammo uyda Bahrom va Dilfuzdan boshqa xech kim yo'qku Bahrom hovliga chiqdi hovlida oppoq kiyingan chiroyli qiz unga qarab turardi. Bahrom tushim deb o'ylab ko'zlarini qayta qayta ishqaladi, ammo bu tush emas o'ngida sodir bo'layotgandi. Oppoq libosdagi qiz Bahromga nimanidur so'zlamoqchidek tikilib turdi. Qiz ko'zlarida qandaydir mayuslik bor edi. Qiz Zum o'tmasdan hovlidagi daraxtlar tomonga yurdi va g'oyib bo'ldi. Bahrom bu holatga tushuna olmas, ammo bu voqeani xech kimga aytmadi hattoki xotiniga ham... Oradan bir kun o'tdi. Bu kecha ham xuddi shu holat takrorlandi qiz yana keldi qizning mungli ko'zlarida yosh bordek edi. Tong otdi Bahromning Xotini Dilfuza Homilador Bahrom qizni ko'rib Dilfuza qo'rqmasin deya Dilfuzani onasinikiga 3-4 kunga yubordi. Bahrom ertalab ishga otlanayotganida qo'shnisi Qari kampir Saodat momoning gapi uni e'tiborini tortdi Saodat momo kecha Bahromning hovlisi devoridan oppoq kiyingan bir qiz oshib tushganini ta'kidladi. Va Bahromga xotiningiz ketib qizlar bilan ko'ngilxushlik qilyabsizmi degandek ilmoqli qarash qildi. Bahrom hovlisi devoriga qaradi bu devordan qiz bola tugul o'g'il bola ham oshib o'tolmaydi, devor juda baland demak qiz oddiy inson bolasi emas. Bahrom o'ylab qoldi demak qiz bir unga emas hammaga ko'rinar ekan bu yerda qandaydir sir bor. Bahrom ishdan keldiyu uyida qandaydir sir borligini sezib hamayoqni tekshira boshladi va nogahon hovlidagi sement orasidagi qop qora sochga ko'zi tushdi va uni tortdi soch uzunlashib borardi Bahrom militsiyaga qo'ng'iroq qildi va ular sementni maydalab tuproqni kovlashdi u yerdan qo'shshnilari Akmal aka va Gulzoda opaning endigina o'n sakkizga ham kirmay nobud bo'lgan qizlari Ismigulning jasadi topildi. Tezkor surishtiruvlar natijasida 3 yil avval Bahrom sotib olgan hovlida 2 mardikor yigit ishlagan ular qo'shni go'zal qiz Ismigulni uyida xech kim yo'qligidan foydalanib uyga ovqat isitib bering degan bahonada chaqirishgan Mehribon xali yomonlik neligini bilmagan Ismigul qöshni uyga chiqadi. Bechora Ismigulni zo'rlashgan bundan xech kim Xabar topmasin deya qizni o'ldirishib ko'mishgan va vaxshiylarcha ustiga sement to'kib yuborishgandi. Yigitlarni ikkisini ham uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilishdi. Bechora Ismigulning Ota onasi qizlarining o'limini eshitib dod faryod solishdi. Ular 3 yil qizlarini umid bilan kutishdi, uni qaytishiga ishonardilar ammo endi o'sha umid ham so'ngandi... O'sha o'sha bu hovlida Ismigulning ruhi kezmaydigan bo'ldi Ismigulning jasadi ko'milgandan so'ng uning bezovta ruhi ham taskin topgandek edi go'yo..

Комментарии

Комментариев нет.