Комментарии
- 4 апр 2016 20:06Bobur BekkQoyil birodar kuzimga yow keldi meni ham bitta singlim bor raxmat!
- 8 дек 2017 11:10ALTINKULSKIY ShustriySalooom
- 31 мар 2024 00:27Yöbir BolaФаргонадан ердан ажраган йоки ери узокда болса кийналайотган айолла йоки кизлар болса бемалол мани личкага йозилар хаммаси ишончли ва орамизда 100% сир болади уялмела секс бу хайотни Бир кисми
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
Qiziqarli Suhbat, Tanishuv, Ma'lumot, Statuslar.
Yarim tunda qochdi ko‘zimdan uyqu,
Yana yodga tushding, jonajonim-a.
Senga yozganlarim tuyular siyqa,
Bittagina Singlim, Singiljonim-a.
Qizi bor hovlining farishtasi bor,
Manguga bog‘langan jon rishtasi bor.
Pahlavon otamdan birgina yodgor
Chittakkina Singlim, Singiljonim-a.
Qoshing qarosidan, yuzing olidan,
Sochingga qadagan majnuntolingdan.
Men go‘yo mingdaman, sen o‘n oltida,
Xuddigina, Singlim Singiljonim-a.
Qancha yillar o‘tdi, odamlar o‘tdi,
Ko‘ngilga yaqin ko‘p qadamlar o‘tdi.
Dilxiralik o‘tdi, alamlar o‘tdi,
O‘tdi gina, Singlim, Singiljonim-a.
Sen borsan – ko‘kragin keradi ukang,
Uzoqda rizqini teradi akang.
O‘zing mushtdekkina, yuraging ulkan,
Mittigina Singlim, Singiljonim-a.
Shu sog‘inch deganning to‘qmog‘i yomon,
Dildagi tilimga chiqmog‘i gumon.
Baxtimga omon bo‘l, ey mehri ummon,
Soddagina Singlim, Singiljonim-a.