Kel ey ko'ngil sharobday quyil, Qaqrab qolgan qaqroq labimga, Mast bo'layin mayliga butkul, Malxam bo'lsang sog'inch dardimga.

Tuyg'ulardan ko'zim qamashib, Uzoq yillar kuyladim oyni, Ilon kabi ul ham chirmashib, Tuyg'ularday avradi mani. Oy xam bugun begona manga, Begonadir osmon xam axir, Umidimday suyandim tongga, Bu tonglarki "yilt" etgan shamshir.

Комментарии

Комментариев нет.