Aqlimni tanibmanki, közlarim

kulmaydi. Men tug'ilganimdanoq ota-
onam ajrashishgan. Onamni
siqilmasliklari u-n ularni ajrashish
sabablarini sira ham so'ramaganman.
Otam tirik bölsalarda ota sözini
aytmay katta böldim. Onam bizni hech
narsaga zoriqtimay östirdi. Lekin
bilaman, ularning ham dardi ichida
edi. Tunlari mijja qoqmas, ba'zida esa
bolalarim öksimasin, meni
qiynalganimni bilmasin deb
sezdirmasdan yig'lardilar. Otam
boshqa uylandi, farzandli ham böldi.
Buvam b-n qöshni edi. U yerga
borganimda uni quchib menga e'tibor
ham qilmasdi. Axir men ham ularning
farzandlari edim... Farishta kabi
onajonimni yig'lashga majbur
qiladigan, öz qizini körganida
tanimaslikka oladigan otamni körib,
öshandayoq közlarim kulishni
unutgandi... Maktabda 8-sinf paytimda
oyim b-n akam Rossiyaga ishlash u-n
ketishdi. Men esa xolamning
qaramog'ida, aniqrog'i qamog'ida
qoldim. Qop-qora tun kabi fayzsiz
hayot boshlandi. Men bu umrimda
hamma narsadan aziz bölgan
oilamdan uzoqda, ularni sog'inib
yashardim. Har tunda közlarim
namlanaverardi, namlanaverardi...
Öshandayoq közlarim kulishdan
töxtab bölgan bölsa kerak. Nihoyat
oyim va akam uyga qaytishdi. Öz
uyimizda yana birga yashay boshladik.
Endi hamma qorong'u kunlar tugadi,
dunyoda hammadan köra baxtli
yashayman deb öylagandim. Lekin
hammasi xomhayol ekan. Oyim...
Ularni judayam yaxshi körardim.
Oyimni xastaliklarini eshitganimda
yashagim kelmay qoldi. Nega axir?
Oyim nima gunoh qilgandi? Hayot
buncha beshavqat bölmasa? Oyimni
ahvollari og'irlashardi. Ular bölsa, eh...
Xudoyim onalarni qanchalik ulug'vor
qilib yaratgana? Onamni jonlari uzilish
chog'larigacha bizni öylab yashadilar.
Akamga singlingga g'amxör böl
dedilar, menga akangga mehribon böl
dedilar. Bir og'iz ham özlarini
gapirmasdilar. Jonim og'riyapti
demasdilar. Men esa yig'lardim.
Ehtimol közlarim kulgusini onam b-n
birga dafn qilgandirman... Oradan 2 yil
ötdi. Közlarimni endi hech qachon
kulmaydi derdim. Lekin hayotimda u
paydo böldi. Diyor... Uni uchratgan
kunimdanoq yuragim özgacha ura
boshladi. Bilmayman nega, lekin u
meni sözsiz tushuna olardi. Uning
yoqimli, qalbimga taskin beradigan
ovozini eshitgim kelaverardi. Uni
sog'inadigan bölib qolgandim. "Nega
közlaring kulmaydi?", - söradi bir kuni.
Unga hammasini tushuntirishga ojiz
edim. Lekin, u qulog'imga shivirlab
"sevaman" deganida, yuragimdagi
muhabbat olovi taftidan közlarim ilk
marta kulganini his qildim. Ha, men
baxtni his qila boshlagandim. Ammo
baxtimning umri ham oniy ekan. Men
uni butun borlig'im b-n sevib
borardim. U esa aksincha. Men usiz
yasholmasligimni his qilib borardim. U
esa aksincha. Nihoyat Diyorni bir qiz
b-n birga kördim. Keyin ayrildik. U
meni tashlab ketdi. Lekin özi b-n
közlarim kulgusini ham olib ketdi...
Endi aniq bilmanan, mening közlarim
endi sira ham kulmaydi..

Комментарии

  • 8 мар 2015 09:43
    Agarda xayotizda wunday voqia bölgan bölsa bardowli qiz ekansiz sizni xayotizdan bir seriyal yaratsa bölarkan xafa b6lmang xali xammasi yaxwi b6ladi