9 июн 2014
VITR NAMOZI
Vitr namozi uch rakatli bo‘lib, vojib ibodat sanaladi. Farzdan quyiroq, sunnatdan ulug‘ turadi. O‘qilishi shart. Biror sabab ila vaqtida o‘qilmay qolsa, qazosi o‘qiladi. Vitr namozi xufton namozidan keyin o‘qiladi.
Quyidagi tartibda ado etiladi:
1. Niyat.
2. Iftitoh takbiri.
3. Sano.
4. Fotiha, zam sura.
5. Ruku.
6. Sajda.
7. Ikkinchi rakatga turib, «Fotiha», zam sura.
8. Ruku.
9. Sajda.
10. O‘tirib, «Attahiyyat» duosi.
11. Uchinchi rakatga turib «Fotiha», zam sura.
12. Zam suradan keyin o‘sha tik turgan holda «Allohu akbar», deb quloq qoqiladi.
13. Qo‘l qovushtirilib, Qunut duosi o‘qiladi.
(davomi kamentda)
QUNUT DUOSI
All`ohumma inn`a nasta’`inuka va nastag‘firuk. Vanu’minu bika va natavakalu ‘alayka va nusn`iy ‘alaykal xoyr. Kullah`u nashkuruka va l`a nakfuruk. Va naxla’u va natruku may-yafjuruk.
All`ohumma iyy`aka na’budu va laka nusoll`iy va nasjudu va ilayka nas’`a va nahfidu narj`u rohmatak(a). Va naxsh`a ‘az`abaka inna ‘az`abaka bil kuff`ari mulhiq.
Ma’nosi: Allohim! Biz Sendan yordam istaymiz, gunohlarimizni afu etishingni so‘raymiz. Allohim! Senga imon keltiramiz, ishlarimizda Senga suyanamiz va Senga tavakkal qilamiz. Va Senga hamd aytamiz. Butun yaxshiliklar Sendandir. Bizlarga berganing shuncha ne’matlar tufayli Senga shukrona aytamiz va nonko‘rlik qilmaymiz. Senga qarshi nonko‘rlik qilgan gunohkorlardan ayrilamiz, ular bilan aloqani uzamiz.
Allohim! Biz yolg‘iz Sengagina qullik qilamiz, namozni Sen uchungina o‘qiymiz. Sengagina sajda qilamiz. Sengagina intilamiz. Ibodatni xushu’-kamtarlik bilan ado etamiz. Rahmating ko‘p bo‘lishini so‘raymiz, azobing-dan qo‘rqamiz. Hech shubha yo‘qki, Sening azobing kofirlargadir.
14. Ruku.
15 Sajda.
16. O‘tirib «Attahiyyat», «Salovot», «Robbana» duolari.
18. Salom.
NAMOZDAN KEYINGI ZIKRLAR
Namoz salom bilan tugaydi. Salomdan keyingi amallar (tasbehotu duolar) majburiy emas, ammo nihoyatda savoblidir.
Farz namozlaridan keyin quyidagi duoni o‘qish sunnatdir:
All`ohumma antas-sal`am va minkas-sal`am. Tab`arokta y`a zaljal`ali val ikr`om.
Mazmuni:
Ey Allohim, Sen barcha ayb-nuqsonlardan poksan. Barcha salomatlik va rahmat Sendandir. Ey azamat va qudrat egasi bo‘lgan Allohim, Sening shoning ulug‘dir.
Umuman, har vaqt namozni tugatgandan so‘ng Oyatal kursi o‘qilsa, tasbehot qilinsa, savobi ulug‘ bo‘ladi.
OYATAL KURSI
A’`uzu bill`ahi minash-shayt`onir roj`iym. Bismill`ahir rohm`anir roh`iym.
ular (odamlar)dan oldingi (bo‘lgan) va keyingi (bo‘ladigan) narsani bilur. (Odamlar) Uning ilmidan faqat
istagancha o‘zlashtirurlar. Uning Kursiysi osmonlar va Yerdan (ham) kengdir. U ikkisining hifzi (tutib turishi) Uni toliqtirmas. U oliy va buyukdir.
All`ohu l`a il`aha ill`a huval hayyul qoyy`um. L`a ta’xuzuh`u sinatuv-va l`a na`vm. Lahu m`a fis-sam`av`ati va m`a fil arz. Manzallaz`iy yashfa’u ‘indah`u ill`a bi’iznih. Ya’lamu m`a bayna ayd`ihim va m`a xolfahum va l`a yux`it`una bi shay’im-min ‘ilmih`i ill`a bima sh`a’a. Vasi’a kursiyyuhus-sam`av`ati val arz. Va l`a ya’`uduh`u hifzuhum`a va huval ‘alliyyul ‘az`iym.
Mazmuni:
Alloh — Undan o‘zga iloh yo‘qdir. (U hamisha) tirik va abadiy turuvchidir. Uni na mudroq tutar va na uyqu. Osmonlar va Yerdagi (barcha) narsalar Unikidir. Uning huzurida hech kim (hech kimni) Uning ruxsatisiz shafoat qilmas.
TASBEH
Subhanalloh
(33 marta)
Alhamdulillah
(33 marta)
Allohu akbar
(33 marta)
KALIMAI TAVHID
L`a il`aha illall`ohu vahdah`u l`a shar`ika lah, lahul mulku va lahul hamd. Va huva ‘al`a kulli shay’in qod`ir.
Mazmuni:
Allohdan o‘zga iloh yo‘q. U yagonadir, sherigi yo‘q, butun mulk Unikidir. Hamd-maqtov Unga xosdir. Va U har narsaga qodir zotdir.