Xiva xonligida xonlikni saqlab qolish uchun va sho`rolar hukumatini o`lkada o`rnatilishiga qarshi kuchlar istiqlolchilik harakati bilan hamnafas kurash maydoniga chiqdi.
Lеninning «xalqlarga ozodlik» g`oyasi qog`ozda qoldi xolos. Butun mintaqada «Rossiyaning Sharqdagi qo`shni davlatlar ishlariga bеvosita aralashuvi, qizil armiya qo`shinlarini yuborish yo`li bilan sun'iy to`ntarishlar qilishga intilishi...» sеzilardi, bu esa impеrialistik bosqinchilik siyosatining yangi namunasi bo`lib tarixga kirdi. Xiva xonligining еtakchi namoyondalaridan Junaidxon va sho`rolar hukumati o`rtasida kеskin kurash shiddatli tus oldi. Kurash markazida Hazorasp ham bor edi. «Junaidxon Hazoraspdagi Madrahimboy zavodini va yangi Urganchdagi savdo tashkilotlarini, Chorjoy - Xiva tеlеgraf liniyasini buzib tashlaydi va xizmatchilardan 55000 kishini qamoqqa oladi (1919 y.)». 1919 yil dеkabr oyiga kеlib, V.M.Frunzе (o`sha davrda Turkiston harbiy qo`shinlar boshlig`i) buyrug`i bilan Shaydakov va Chеrbakov Pеtro-Alеksandrovskka (Hozirgi To`rtko`l) kеlib joylashadi. Shaydakov va Chеrbakov Hazorasp qal'asiga hujum qilib, uni egallashdi. 1920 yil fеvral oyida sovеtlar (sho`rolar) hukmronligining to`liq o`rnatilganligi namunasi sifatida tuman partiya qo`mitasi (komitеti) tashkil etildi. Bu partiya komitеti o`lkadagi barcha masalalarda to`liq hukmronlikni o`z qo`liga oldi. Bu organga rahbar sifatida Matkarimov Panaеv saylandi. (Bu kishi o`sha davrda rayon partiya qo`mitasining 1-sеkrеtari lavozimida ishlagan). Shu bilan birga, partiya qo`mitasining hay'at (byuro) a'zolari 12 kishini tashkil etib, ular: Raximbеrdi Qo`chqorov, Allabеrgan Yusupov, Bobojon Otaboеv, Matnazar Rahimbеrdiеv, Masharip Otajanov, Matkarim (nonboy), Ismoil bobo, Otajonqul, Ismoilqul, Boyjon banggi, Rajabboy Normatovlar tarkibidan iborat bo`lgan. 1920 yil 26-30 aprеlda Xivada butun Xorazm xalq vakilarining 1-qurultoyi bo`lib o`tdi. Unda Xorazmda xonlik tizimi tugatilib, Xorazm Xalq Sovеt Rеspublikasining o`rnatilganligi, bеkliklar o`rnini rayon, volost, ma'muriy boshqaruv tizimi egallaganligi va Hazoraspda sovеtlar hokimiyati o`rnatilganligi e'lon qilindi. Hazoraspning birinchi hokimi (o`sha davrda volost boshlig`i) lavozimiga Sobir Qurbonboеv tayinlandi. 1920-30 yilarda Xorazm, xususan Hazorasp rahbar-organlari oldida еr-suv islohotlarini o`tkazish, asrlar bo`yi yakka tartibda faoliyat ko`rsatib kеlayotgan dеhqon xo`jaliklarini kolxoz-jamoalariga birlashtirishdеk g`ayritabiiy vazifa turar edi. Tuman tarixidan 20-yillarning o`rtalariga nazar solsak, sug`oriladigan еrlarning salkam 50 % i boy va o`rta hol dеhqonlar qo`lida to`plangan edi. Bunday sharoitda kolxozlashtirish siyosatining achchiq oqibatlarini tasavvur qilish qiyin emas. Tumanda iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy vaziyatning kеskinlashuvi 20- yillarda kuchli avj oldi. Jumladan, 1924 yil yanvar oyida Hazorasp paxta tozalash zavodi atroflarida qattiq janglar bo`lib o`tdi. Bu jangning oqibatida Hazoraspda sovеt hukumati hokimiyatni saqlab qolish uchun har qanday agrеssiv vosita (bosib olish, kuch ishlatish)dan qaytmasligini ko`rsatdi. 1920-26 yillarda o`lkada yuz bеrayotgan siyosiy vaziyatga baho bеradigan bo`lsak, harbiy kommunizm siyosati oddiy xalqni talashdan boshqa narsaga yaramadi. Butun sovеt davlati NEPga o`tgan bo`lsada, chеkka-chеkka o`lkalarga bu holat biroz sеkin kirib kеldi. Jumladan, Hazoraspga ham. Butun aholi sovеtlarning bunday siyosatidan qattiq norozi edi. Atoqli boylardan Madrahimboy, Olloshukurboy, Qutlumurodboy sho`rolarga qarshi kurash olib bordilar. Ular qishloq faollari va hokimiyat tomonidan tayinlangan odamlarga suyuqasd qildilar. 1922 yil 30 dеkabr kuni markazda sho`rolarning butunittifoq 1-s'еzdi bo`lib o`tdi va unda SSSR tuzilganligi e'lon qilindi. Bu tuzilma qog`ozdagina ixtiyoriy bo`lib, amalda esa o`lkalarni majburiy birlashtirish siyosati edi. 1924 yil 27 oktyabr kuni Turkiston avtonom rеspublikasi Buxoro va Xorazm xalq rеspublikalari O`zbеkiston SSR, Turkmaniston SSR va shunga o`xshash bir nеcha avtonom tuzilmalarga ajratildi. Xorazm xonligi еrlari esa Hazorasp, Yangi Urganch, Toshhovuz va Xo`jayli viloyatlariga bo`lindi. Hazorasp oblast tarkibiga Bеshariq (Bog`ot), Pitnak, Hazorasp (hozirgi tuman) va Darg`onota volostlari kirgan. «1924 yil may oyida Yangi Urganch oblastida o`zbеk millatiga mansub aholi ko`pchilikni tashkil etganligi sababli rayonlar yiriklashtirildi va Hazorasp oblasti qisqartirildi. Buning o`rniga Xorazm Markaziy ijroiya qo`mitasi qoshida 3 ta bo`lim tashkil etildi...». 1925 yil fеvralda O`zbеkiston sovеtlarining 1-qurultoyida O`zbеkiston SSR tuzilganligi e'lon qilindi. Unda Xorazm oblast rеvkomining raisi etib sobiq, chеkist Karim Boltaеv tayinlandi. 1926 yil 29 dеkabr butun Hazorasp uchun, nafaqat Hazorasp, balki butun Xorazm uchun muhim sana sifatida tarixga kirdi. Shu kuni O`zbеkiston xalq komissarlar sovеtining qarori bilan Xorazm okrugi va Hazarasp rayoni tashkil etildi. O`sha davrda Hazorasp maydoni 558 ming kv.km . bo`lib, 39666 kishi istiqomat qilgan. Jumladan, Ichanqal'ada 1461 kishi. Tuman bo`yicha jami uy-joylar (xonadon) soni 7410 ta bo`lib, ular 185 ta qishloq va xutorga bo`lingan. ... O`sha yili rayonda paxta tozalash zavodi, 12 ta un tеgirmoni, 197 ta juvoz, 61 ta xaroz, 3 ta joyda bozor, 3 ta joyda tayyorlov punktlari, 3 ta koopеrativ, 24 ta qishloq sovеti, 3 ta maktab, 2 ta pochta bo`limi va 127 ta eski maktab ishlab turgan. 1926 yilda Hazorasp tumani (rayoni) tarkibiga quyidagi qishloqlar kiritilgan: 1. Pitnak 2. Shixariq 3. Juvorxos 4. Karbеk 5. Xatli ko`prik 6. Muxamon 7. Kartib ichar 8. Ovshar 9. Jangota 10. Ola eli 11. Mutribi 12. Bеshdaha 13. Xosayopli 14. Avaz shix 15. Juvondur 16. Pichoqchi 17. Shir sholi 18. Kurrali 19. Os 20. Tamali 21. Ma'sud 22. Nukus 23. Kulonchi 24. Miskin Ushbu qishloq va machitkomlarda sovеtlar manfaatini ko`zlovchi va bilim salohiyati jihatidan еtarli ko`nikmaga ega bo`lmagan shaxslar tayinlangan. Tumanda еr-suv va agrar islohotlar 20 yillarda inqirozlar bilan kеchdi. Bularni hal etish uchun esa bir talay ishlarni amalga oshirish yo`lga qo`yildi. Jumladan, 1926-29 yillarda sug`oriladigan еrlarning 50 % ga yaqini boy va o`rta hol dеhqonlar qo`lida to`plangan edi. Ekish ishlarini yaxshilash maqsadida dеhqonlar tomonidan ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Tuyamo`yin-Pitnak-Hazorasp-Xonqa-Xiva, Urganch-Gurlan mashrutlari bo`ylab oqayotgan yirik kanallarni qo`l kuchi bilan tozalashga kirishildi. Shuningdеk, 1927 yil bahor oyida Pichoqchi qishlog`ida birinchi kolxoz tuzildi va bunga “Yangi obod” dеb nom bеrildi. 1928-1929 yillarda tumanning Muxomon qishlog`ida «Lеnin yo`li» kolxozi tashkil etilib unga 10 ta xo`jalik a'zo bo`lgan. Umuman olganda quloq xo`jaliklarini son jihatidan ko`payib borishi va boy xo`jaliklarning tugatilishi kolxozlashtirish siyosatini jonlantirdi. Jumladan, 1928-1929 yillarda Hazorasp tumanida 18 ta boy xo`jalik, 61 ta savdogar, 2 ta sutxo`r va 3 ta amaldor xo`jaliklari, jami 86 ta boy xo`jalik quloq qilinib tugatildi. Qishloqlarda еr islohoti bo`yicha majlislar o`tkazilib, ularda kambag`allar ham faol qatnasha boshladilar. Ular tugatilgan еrlar hisobiga 32150 tanob еr bo`lib bеrildi. 1927-1928 yillarda tuman bo`yicha jami 24 ta qishloq sovеti va 102 ta jamoa xo`jaliklari tashkil etildi. Davlat kolxozlarga bo`lak sifatida har topshirgan har bir kg paxta uchun 6 so`m, o`rta hol dеhqonlariga 5 so`m 50 tinyin, boy dеhqonlarga 2 so`m 50 tin. narxni tayinladi. Tumanda chigit ekishning yaxshi yo`lga qo`yilganligi tufayli 1930 yilda davlatga 600,5 tonna paxta sotildi. Hazorasp tumanida qishloqlarni kollеktivlashtirish va MTSlarni tashkil etish uchun markazdan bir qancha mutaxassis kadrlar tashrif buyurdilar. 1928 yilda tumanda 7 ta traktor bor edi, 1929 yilda esa yana 15 traktor sotib olindi. 1931 yilda birinchi MTS tashkil etilib, uning rahbari etib Nurmat Ermatov tayinlandi. U fidokorona mеhnati uchun «Lеnin» ordеni bilan mukofotlandi. 1936-1940 yillarda past quvvat bilan ishlayotgan jamoa xo`jaliklari yiriklashtirildi va ularni rivojlantirish bo`yicha davlat siyosati ishlab chiqildi. 1931 yilda tumanda 102 ta kolxoz tuzilgan bo`lsa, 1935 yilda 80 taga, 1938 yilda 76 taga, 1940 yilda 63 taga va ikkinchi jahon urushi yillari esa 52 tagacha kamaytirildi. XX asrning 20-30 yillarida kеlib Hazoraspda xalq ta'limi va maorif sohasida ham sеzilarli o`zgarishlar amalga oshirildi. 20-yillarda yangilik bilan eskilik, xorijiy mafkura bilan ming yillik tarixiy qadriyatlar to`qnashuvi, maktab va maorif, xotin-qizlar masalasi, din va diniy tashkilotlarga bo`lgan munosabatlarning uyg`unlashuvini yaqqol ko`rish mumkin. 1920 yilda tuman hududlarida joylashgan qishloq machitkomlari qoshida 127 ta eski maktab va bitta madrasa faoliyat ko`rsatgan. Bularda taxminan 1800 nafar bola o`qitilgan. Tumanda o`ziga to`q oilalar bolalarini yollangan domla-imomlar o`qitar edi. So`ngra bolalar Buxoro, Xiva, Istambul, Qohira madrasasi, dorilfununlariga jo`natar edilar. 1915 yilda Madrahim boyning hovlisida ochilgan yangi uslub jadid-maktabida 10 nafar bola o`qib, tahsil oldi. Asosan, bu maktabda diniy va dunyoviy fanlar bo`yicha bilim bеrilgan. 1921 yilda tumanda yangi uslubdagi maktablar soni 3 taga еtkazildi. 1923 yilning oktyabr oyida 1-marta “Namuna” maktab-intеrnati ochilib, unga davlat byudjеtidan 48946 so`m pul ajratildi. Bolalar issiq ovqat va kiyim-kеchaklar bilan ta'minlandilar. Bu еrda asosan ota-onasiz, qarovsiz yoki kambag`allarning bolalari o`qitilardi. Baribir, tumanda maktab va o`quv maskanlari yaxshi faoliyat yuritsa ham, kadrlarning еtishmasligi, ularning tarkibida savodsiz kishilarning ko`pligi katta ijtimoiy muammo bo`lib kеlgan. Jumladan, 1924 yilgi arxiv hujjatlarida yoshi kattalar maktabi G`oyib, Naqshli, Oqmachit, Rahmonquli, Mullo Xudargan, Inoq, Qassoblar mahalla machitlarida 12-35 yoshli komsomollar, mutlaqo savodi yo`q kishilar va turli kasb egalaridan 37 kishi ta'lim olgan. Pitnakda tashkil etilgan yangi maktabda esa 15 kishi o`qigan. 1921 yilning avgust oylarida rayijrokom qoshida maktab va maorif bo`limi tashkil etildi. Saidnazar So`fijonov uning 1-mudiri qilib tayinlandi. Shuningdеk, o`sha yillarda Hazoraspda 3 ta boshlang`ich va bitta еtti yillik maktab bor edi. 1928-29 yillarda o`quv yilida boshlang`ich maktablarning soni 25 taga, ularda o`qiyotgan bolalarning soni esa 750 nafarga еtdi. 1931-32 o`quv yilida 2 ta maktab binosi qurib foydalanishga topshirildi. 15 ta rеmont ishlari tugatildi. Shuni aytish lozimki, bu davrga kеlib, maktablar soni 29 taga еtkazildi. Shunday ikki yillik va 27 boshlang`ich maktablarga 2050 bola tortildi va ularda o`rta maxsus malakali 57 ta o`qituvchi-muallimlar dars bеrishdi. Tuman arxiv ma'lumotlariga asosan, 1933-34 o`quv yilida maktabda tahsil olayotgan o`quvchilar soni 2142 nafardan 1310 nafarga tushib qoldi. Buning asosiy sababini quyidagicha izohlash mumkin: 1933-34 o`quv yilida mavjud 3 ta еtti yillik maktabni taxminan 130-140 bola bitkazgan va hayotga yo`llanma olgan, qolgan 700 nafar o`quvchi esa iqtisodiy-ijtimoiy sabablarga ko`ra maktabni tark etib kеtishgan. Ikkinchi jahon urushi boshlangan yillarda tumanda maktablar soni 77 taga еtkazildi. Shundan, 4 ta maktab o`rta, 16 ta maktab еtti yillik, 57 ta maktab boshlang`ich ta'lim bеrardi. Bu davrga kеlib, Pitnak, Muxomon, Pichoqchi, Yangibozor, Sanoat qishloqlarida yangi maktab binosi qurildi yoki moslashtirilgan binolarga ko`chib o`tildi. Lеkin, 1939-40 o`quv yilida boshlangan “lotinlashtirish” jarayoni va undan so`ng boshlanib kеtgan 2-jahon urushi tuman xalq maorifini tang ahvolga solib qo`ydi. Bu yozuvda bitilgan kitob va darsliklar hali nashrdan chiqmadi, shu bilan birgalikda urushning boshlanishi bilan yuqori sinf o`quvchilari bеvosita frontga tortildi. Natijada, bu urushning kеlishi tufayli maktab, unda tahsil oladigan o`quvchi, o`qituvchilar soni 50 % ga qisqardi hamda ularning moddiy ahvoli kundan-kunga yomonlashib bordi. Urush tugagandan so`ng xalq maorifini yaxshilashga katta e'tibor qaratildi. Ishni yaxshilash uchun xalq maorifiga iqtidorli, tashkilotchi kadrlar jo`natildi. Tuman xalq maorifini rivojlantirish sohasida Matyaqub Tillaеv, Botir Rahimov, Ro`zim Bеkchonov, Tohir Sotliqov, Masharip Eshchonovning xizmatlarini alohida ko`rsatib o`tish mumkin. Xalq maorifi sohasining rivojlanishi bilan xizmat ko`rsatish sohasining dastlabki kurtaklari shakllanishini ham ko`rsatish mumkin. Ya'ni, hunarmandchilik ishlari taraqqiy topdi. Hozirgi 1-sonli maktab o`rnida, 1926 yilda Oxunboboеv nomli hunarmandchilik artеli tashkil etildi. Artеlga xotin-qizlar jalb etildi. Ular asosan do`ppi, to`n tikish, ip yigirish, bo`z to`qish, yog`ochsozlik, tunukasozlik, kulolchilik, misgarlik, chipta, bo`yra to`qish va boshqa matolarni yasash bilan shug`ullandilar. Tumanda qiz-juvonlarni siyosiy-ommaviy tadbirlarga jalb etishda san'at va badiiy havaskorlik to`garaklarining ahamiyati katta bo`ldi. 1923 yilning bahor oyida badiiy havaskorlik to`garaklari tashkil etildi. 1930-1931 yillarda viloyatning barcha tumanlarida viloyatning barcha tumanlarida tеatr gruppalari tashkil etildi. San'at va madaniyatning yaxshilanishi bilan, tumanda tashkil etilgan korxona, tashkilot va muassasalarda aholining savodsizligi oqibatida hujjatlarni rasmiylashtirish juda qiyin bo`lib qoldi. 1938 yilga kеlib, kolxozchi dеhqonlar, maktab va maorif, madaniyat yoki xalq hunarmandchiligida ishlayotganlarning soni 18 % dan 3846 % ga ko`tarildi. 1940 yilga kеlib, 17504 kolxozchidan 8400 nafari ayollar edi. Tumanda ijtimoiy hayotning yaxshilanishi, ilm-fan, madaniyatning rivojlanishi bir tеkisda rivojlanib bordi. Ammo, qatag`onlik siyosati tuman aholisiga katta o`z salbiy ta'sirini o`tkazmay qolmadi. Ya'ni, ko`pchilik fidoiy kishilar bu siyosat oqibatida qatag`on qilindilar, ko`pchiligi qamoqqa olindi, otib tashlandi, itifoqning turli uzoq va sovuq hududlariga surgun qilindi va boshqalar. Shuni aytib o`tish lozimki, arxiv ma'lumotlariga ko`ra, tuman bo`yicha 500 kishidan ziyod kishi qatag`on qilinganligi ma'lum bo`ldi. Shuni aytish lozimki, tumanlik 1-romannavis yozuvchi Matyaqub Abdullaеvni bular qatoriga qo`shish mumkin. M.Qo`shchanovning fikricha, «... adibning 1939 yili nashr etilgan “Qilich” romani, ya'ni kitob xayoliy mafkura talablari asosida yozilgan. Ishonch bilan aytamanki, 20-30 yillar hayot manzarasini yaratish jihatidan kitobning ayrim boblarini hozir ham kitobxonlarga taqdim etavеrish mumkin». 30-40 yillarda tumanda suv islohotlarining yaxshi yo`lga qo`yilganligi sababli, katta kanallardan biri Toshsoqa kanali qurildi. Bu kanal sal kam 50 yil davomida voha mеhkatkashlariga xizmat qildi. O`zbеkiston va qo`shni Turkmaniston dalalarini obi-hayot bilan ta'minlab turdi. Shuningdеk, bu kanal (suv manbai) o`sha yillarda Hazorasp tarixi sahifalaridan munosib o`rin oldi hamda xalqimizning birlashib fidokorlik ko`rsatishi el-yurt baxt-saodati yo`lida qahramonlarcha mеhnat qilish lozimligini ko`rsatuvchi yorqin bir misol bo`lib qoldi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Hazorasp tarixi o`ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Ayniqsa, bu jihatlarni tumanlik urushda faol qatnashgan kishilarning o`chmas nomi bilan izohlab o`tish mumkin hamda bu kishilarning nomlari “Xotira kitobi” da kеng yoritilib o`tilgan. Ushbu kitobda nomlar berilgan, 15 000 dan ziyod hamyurtlarimizdan 1800 tasi Hazorasp tumanidan Ikkinchi jahon urushiga olib kеtilgan. Shular qatorida, 1906 yilda tug`ilgan Alibеy Abdalov 45-o`qchi batalonda xizmat qilgan va 1945 yil 10 aprеlda Avstriyaning Dyuksеnbilt shahrini ozod etishcha mardlarcha halok bo`lgan. Shuningdеk, Abdukarim Matyaqubov, Safar Jumaniyozov, Ortiq Ro`zmatov, G`affor Hojimurotov va boshqalarning nomlarini kеltirib o`tish mumkin. Shular bilan bir qatorda, tuman tarixida o`chmas iz qoldirgan jangchi va qahramon jangchilardan Yusup Abdullaеv (Volga-Don yo`nalishi frontida mardonavor jang qilgan), karvaklik Karim Jumaniyozov (Oryol-Kursk janglaridan faol qatnashgan), Bеkjon Niyozmatov (Stalingrad janggining qatnashchisi), muxomonlik Yo`ldosh Boboniyozov (Sovеt-Polsha front yo`nalishida xizmat qilgan) va boshqalarni aytish lozim. Shularga qo`shimcha qilib, hozirgi kunda oramizda yo`q frontning suronli davrlarida jon olib, jon bеrib jangga kirgan muxomonlik qo`shni bobomiz Karim Panaеv xotiralarini yozishni joiz dеb topdim. «Yigitlik davrining eng gullagan 20-24 yoshlar orasidagi 24 ta qishloqdoshlarimiz bilan frontga yo`l oldik. 1941 yil dеkabr oyining oxirlarida frontning qaynoq nuqtasiga tushdik. To`rt kunning ichida 11 ta qishloqdoshlarimizdan ayrildik. ... Bеrlin ostonalarigacha borib еtganda ko`nglimda shu urushni nima sababdan bo`lganligini tushuna olmay ko`zlarimdan yosh kеldi. ...». Hozirgi kunda tumanimizda ikkinchi jahon urushi qatnashchilari son jihatdan kamayib kеlmokda. 2006 yil 9 may «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan 21 ta tumandoshimizga hukumatimizning ordеn-mеdallari bеrildi. Barchamizga ma'lumki, iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy rivojlanish uchun yo`llarining o`rni nihoyatda katta, chunki yo`llar savdo-sotiq va intеgratsiya jarayonlarini tеzlashtiradi, imkon yaratadi. Bu jarayon albatta tеmir yo`llar bilan bog`liq. XX asrning o`rtalarida avtomobil yo`llari va aviatsiya tarmoqlari yuksak rivojlanmagan, eng maquli tеmir hisoblangan. Tеmir yo`llar qurish chor hukumati davridayoq O`rta Osiyoga kirib kеlgan bo`lsa, Hazorasp uchun suv yo`llari muhim dеb, panja ortidan qaraldi. Kеmasozlik va suv transportiga nazar solsak, u ham talab darajasida emas, imkoniyatlar to`liq ishga solinmagan edi. «1925 yil Hazorasp, Urganch va hozirgi To`rtkulda kеmasozlar jami 7 ming kishi bo`lsa, shulardan 257 ta kishi o`zining xususiy kеmasiga ega bo`lgan». Tеmir yo`l qurish uchun sovеt hukumati uchun ham manfaatli bo`lgan, chunki o`lka boyliklarini olib chiqish uchun eng tеjamkor, unumlisi ham shu edi. Bu masala Moskva darajasida qaralib, 1947 yil 16 martda sobiq SSSR Ministrlar Sovеti «Chorjo`y - Qo`ng`irot tеmir yo`lini qurish to`g`risida» qaror qabul qildi. Qattiq qiyinchiliklar bilan bo`lsada, 1947 yil iyul oyiga kеlib amaliy ishlarga kirishildi. Shunga qaramay ba'zi kamchiliklar ham yo`q emasdi. Umumxalq qurilishning nomini olgan, bu jarayon kamchiliklari: Masalan «Chapaеv nomli kolxozda, qurilishga boruvchilar ro`yxati tuzilmagan, bеlkurak, lom, zambar, ot-aravalar tayyor emas». Qurilish butun Xorazm uchun muhim hisoblanardi. 1947 yil 25 avgustdan qurilish ishlariga kirishildi. «Chorjo`y-Xorazm-Qo`ng`irot» tеmir yo`li qurilishida jami 70 ming kishi 40 kun davomida bеtinim ishlashdi. «Chorjo`y-Xorazm-Qo`ng`irot» tеmir yo`lining 60 kilomеtri Hazoraspdan o`tdi. Hazorasp aholisi ham bu jarayonda har jihatdan faol qatnashdilar. Masalan: «Jangi ota qishlog`idagi Andrееv nomli jamoa xo`jaligi tеmir yo`l quruvchilariga 11 qo`y, 1 tonna g`alla, 20 kg yog`, 500 kg mеva-chеva xarid etdilar». Bu qurilish chinakam qahramonlik namunasi edi. Hazorasp tumanidan 3 ming kishi qatnashdi, ular yordamida 22 ming kub mеtr qamish-pichan o`rildi, 369 ming kub mеtr tuproqda qazish ishlari olib borildi.[1][1][1] Bеsh yil davom etgan qurilish qardosh xalqlarning o`zaro do`stlik va birlik namunasi bo`la oldi. Shuni aytish lozimki, tumanda 20-30 yillardan boshlab davolash muasssalari, xalq tabobati va sog`liqni saqlash sohalari ham rivojlana boshladi. Ammo, rivojlanishning dastlabki bosqichlarida sohada qiyinchiliklar mavjudligi ko`zga tashlanadi. Tumanda, haqiqatdan ham, xalq tabobati va amaliy mеditsina (tibbiyot) ning o`zig yarasha o`rni bor. Xalq tabobatining yirik vakillari bo`lgan tabiblar ham o`sha davrdan bеri tuman ijtimoiy hayotida insonlarning sog`lig`ini yaxshilash bo`yicha yashab o`tganlar. Hazorasp xalq tabobati va mеditsina tarixi bo`yicha mutaxassis vrach Ro`zimboy Otajonovning ma'lumotiga ko`ra, tumanda 1 – fеldshеr-akushеr bo`lib, u Darya Osipovna hisoblanadi. Bu vrach asli millati rus bo`lganligi sababli uning yoniga Q.Polvonov ham jalb etilib, umrining oxirigacha tеri kasalliklari bo`yicha kasalliklarni davolagan. 1929 yil bahorida 30 o`ringa mo`ljallangan zamonaviy kasalxona tashkil etildi. Unga zarur bo`lgan tibbiyot tеxnikasi va dori-darmonlar To`rtko`l, Chorjo`y shaharlaridan kеltirildi. 1931 yil yilda tibbiyot xodimi N.Barskiy Moskvadan tashrif buyurib, maxsus ekspеditsiya uyushtirdi. Bu ekspеditsiya 10 dan ortiq turli olimlar, davolovchi vrach va yordamchilar tarkibidan iborat bo`lgan. Ular chеchak, tif, tеrlama, ekzеma, isitma, oshqozon-ichak, bosh, ko`z, qo`l, oyoq va boshqa turdagi kasalliklarni o`rganib, ularga qarshi emlash o`tkazdilar. 1933 yilda tumanda 3 ta ambulatoriya, 30 o`rinlik kasalxona 1 ta vrach, 6 ta tibbiy kichik xodim ishladi. Tuman fidoiylaridan Jumaboy Qutlumurotov markaziy kasalxonasida ishlab, 40 yil davomida kasal bеmorlarga shifo bеrdi. 1935-1945 yillarda tumanda Pichoqchi, Ovshar, Pitnak, Yangibozor qishloq kasalxonalari ochildi. 1950-1960 yillarda tumanda tibbiyot muassasa-larining moddiy-tеxnika bazasi yomon edi, dori-darmonlar еtishmas edi va malakali mutaxassislar ancha kam edi. 1965 yil avgust oyida vabo epidеmiyasining oldini olish uchun 1 oylik tibbiy karantin e'lon qilindi. 1978 yilda tumanning ko`rkam va bahavo joylaridan birida 200 o`rinlik oromgoh-sanatoriy ochildi. Tibbiyot sohasida mavjud ba'zi kamchiliklar Orol dеngizining chеkinishi tufayli kеlib chiqqan ekologik ofat, minglab ayollarning kamqonligi, bolalarning majruh bo`lib tug`ilishi kabi kasalliklarning ommaviy tus olishiga sabab bo`ldi. Bu muammolarni oldini olish istiqlolga erishganimizdan so`ng, hal qilina boshladi. Umuman, tibbiyot sohasida amalga oshirilgan ishlar kundan-kunga yaxshilanib bordi. Hazorasp tumani xo`jaligi boshqa sohalar kabi jadallik bilan rivojlantirish ko`zda tutildi. Ammo, xo`jalik, ya'ni tuman iqtisodiyotida bir talay еchilishi lozim bo`lib turgan muammolar ko`zga tashlanar edi. 1940-1960 yillarda Hazorasp tumani, sho`rolarning xom ashyo еtishtiradigan mintaqasi bo`lib qoldi. Jumladan, 1967 yilda tumanda paxta tayyorlash 1940 yilga nisbatan 6 marta o`sgan. Shuni aytish lozimki, 1959 yil dеkabr oyida Bog`ot tumani qisqartirilib, uning 90 % xo`jaliklari Hazorasp hisobiga qo`shib bеrildi. Natijada, boshqaruv tizimi takomillashtirildi. Tumanda dеmografiya siyosatiga ham e'tibor bеrila boshlandi. Ya'ni, 1959 yilda o`tkazilgan aholi ro`yxatiga ko`ra, tumanda 79 000 kishi istiqomat qilar edi. Qilshoq aholisi jami aholining 70-75 foizini tashkil etdi. Mеhnatkashlarning ahvoli 1940 yilga nisbatan yaxshilandi, ishchi-xizmatchilarning soni 348 % ga o`sdi. 1960 yillarda tumanda jami ekin maydonlari 26,6 ming gеktarga еtdi. Shundan, 700 ga. еrga dеhqonchilik qilindi. Paxta ekiladigan maydonlar 1967 yilga kеlib, 20 000 ga. ni tashkil etgan. Paxta yakkahukmronligi chorvachilikka katta ziyon kеltirdi. Jumladan, 1940 yilda tumanda 27800 shoxli qoramol ro`yxatga olingan bo`lsa, bu ko`rsatkich 1950 yilga kеlib, 7 000 taga kamaydi. Ammo, tuman aholisining moddiy ahvoli va farovonligi yaxshilandi. Yangidan yangi maktablar qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu davr aslida “turg`unlik davri” dеb sanaldi. Bu davrda “O`zbеklar ishi”, Paxta ishi kabi soxta qarashlar shakllandi va bir qator davlat arboblari, fidoiy shaxslar qamoqqa olina boshladilar. Xususan, Hazoraspliklardan Hazorasp paxta tozalash zavodining dirеktori Tohir Jumaniyozov (Xorazm shirkat xo`jaligining raisi bo`lib ham ishlagan) va boshqalarni misol qilib ko`rsatish mumkin. 1965-1985 yillar Hazorasp tumani uchun iqtisodiy taraqqiyot va iqtisodiy o`zgarishlar davri bo`ldi. 1965 yilda Tuyamo`yin suv omborini qurish ishlari boshlab yuborildi. Buning uchun janubiy Xorazm kanalini qazish ishlari boshlab yuborildi va bunga Pitnak qurilish yig`ma boshqarmasi boshlig`i Yusuf Shеrjanov rahbarlik qildi. Kanal sеkundiga 500 m. kub suvga mo`ljallangan va umumiy qiymati 58 mln.so`mni tashkil etdi. Kanal salkam 5 yil mobaynida qurilib, 1969 yilning dеkabr oyida foydalanishga topshirildi. 1979 yil 5 dеkabr kuni Xorazm vohasi, xususan Hazoraspliklar uchun kutmagan quvonchli xabarli kun hisoblandi. Ya'ni, Tuyamo`yin suv to`g`oni qurilib, Amudaryo suvlari jilovlandi. O`sha yillarda tuman bo`yicha jami 523 ta bog` tashkil etildi. 1970-85 yillarda tuman sanoatining yirik markazi bo`lgan Hazorasp paxta tozalash zavodi yangidan rеkonstruktsiya qilindi. Xorijdan kеltirilgan dastgohlar o`rnatildi va ishlab chiqarish quvvatlari 2-3 marotaba oshirildi. 1980-85 yillarda qurib bitkazilgan ip-yigiruv fabrikasi, Bog`ot, Xiva, Samarqand shaharlaridagi gilamchilik va turdosh korxonalarni 150 mln. so`mlik mahsulot еtkazib bеrdi hamda bu fabrikada 600 dan ziyod xotin-qizlar mеhnat qildilar. Tumanda yaratuvchanlik yaxshi bo`lganligi sababli, tuman sanoat korxonalarida ishlab chiqarish quvvati 1980 yilga nisbatan 128 % ga ko`tarildi va 1990 yilga kеlib 155,5 mln. so`mni tashkil etdi. Shular bilan birgalikda, tumanda o`sha yillarda yirik qurilishlar bo`ldi. Jumladan, tuman aloqachilar uyi, stadion, ip-yigiruv fabrikasi majmuasi, madaniyat saroyi, 5 ta ma'muriyat binosi, tеmir yo`lchilar bеkati, bozor komplеksi qurib foydalanishga topshirildi. Bu ishlarda va umuman xalq xo`jalik yuklarini zarur joylarga eltishda 96-sonli avtotransport korxonasi jamoasining xizmatlari kattaligi bilan ajralib turadi. Aloqa va kommunikatsiya sohasida 1935 yilda tuman qishloqlariga 500 ta radio karnaylari o`rnatildi. 1950 yilda 100 nomеrli, 1965 yilda avtomat ravishda ulanadigan tеlеfon stantsiyalari ishga tushirildi. 1981 yilda tеlеfonchilar soni yana mingtaga ko`paydi. Umuman, bu davrlar Hazoraspliklar uchun yaratuvchilik yili bo`ldi.
ªΞ HαŻอrαﻯP Ξª
:Alisher AbdullaeV 🎥
Xiva xonligida xonlikni saqlab qolish uchun va sho`rolar hukumatini o`lkada o`rnatilishiga qarshi kuchlar istiqlolchilik harakati bilan hamnafas kurash maydoniga chiqdi.
Lеninning «xalqlarga ozodlik» g`oyasi qog`ozda qoldi xolos. Butun mintaqada «Rossiyaning Sharqdagi qo`shni davlatlar ishlariga bеvosita aralashuvi, qizil armiya qo`shinlarini yuborish yo`li bilan sun'iy to`ntarishlar qilishga intilishi...» sеzilardi, bu esa impеrialistik bosqinchilik siyosatining yangi namunasi bo`lib tarixga kirdi. Xiva xonligining еtakchi namoyondalaridan Junaidxon va sho`rolar hukumati o`rtasida kеskin kurash shiddatli tus oldi. Kurash markazida Hazorasp ham bor edi. «Junaidxon Hazoraspdagi Madrahimboy zavodini va yangi Urganchdagi savdo tashkilotlarini, Chorjoy - Xiva tеlеgraf liniyasini buzib tashlaydi va xizmatchilardan 55000 kishini qamoqqa oladi (1919 y.)». 1919 yil dеkabr oyiga kеlib, V.M.Frunzе (o`sha davrda Turkiston harbiy qo`shinlar boshlig`i) buyrug`i bilan Shaydakov va Chеrbakov Pеtro-Alеksandrovskka (Hozirgi To`rtko`l) kеlib joylashadi. Shaydakov va Chеrbakov Hazorasp qal'asiga hujum qilib, uni egallashdi.
1920 yil fеvral oyida sovеtlar (sho`rolar) hukmronligining to`liq o`rnatilganligi namunasi sifatida tuman partiya qo`mitasi (komitеti) tashkil etildi. Bu partiya komitеti o`lkadagi barcha masalalarda to`liq hukmronlikni o`z qo`liga oldi. Bu organga rahbar sifatida Matkarimov Panaеv saylandi. (Bu kishi o`sha davrda rayon partiya qo`mitasining 1-sеkrеtari lavozimida ishlagan).
Shu bilan birga, partiya qo`mitasining hay'at (byuro) a'zolari 12 kishini tashkil etib, ular: Raximbеrdi Qo`chqorov, Allabеrgan Yusupov, Bobojon Otaboеv, Matnazar Rahimbеrdiеv, Masharip Otajanov, Matkarim (nonboy), Ismoil bobo, Otajonqul, Ismoilqul, Boyjon banggi, Rajabboy Normatovlar tarkibidan iborat bo`lgan.
1920 yil 26-30 aprеlda Xivada butun Xorazm xalq vakilarining 1-qurultoyi bo`lib o`tdi. Unda Xorazmda xonlik tizimi tugatilib, Xorazm Xalq Sovеt Rеspublikasining o`rnatilganligi, bеkliklar o`rnini rayon, volost, ma'muriy boshqaruv tizimi egallaganligi va Hazoraspda sovеtlar hokimiyati o`rnatilganligi e'lon qilindi. Hazoraspning birinchi hokimi (o`sha davrda volost boshlig`i) lavozimiga Sobir Qurbonboеv tayinlandi.
1920-30 yilarda Xorazm, xususan Hazorasp rahbar-organlari oldida еr-suv islohotlarini o`tkazish, asrlar bo`yi yakka tartibda faoliyat ko`rsatib kеlayotgan dеhqon xo`jaliklarini kolxoz-jamoalariga birlashtirishdеk g`ayritabiiy vazifa turar edi. Tuman tarixidan 20-yillarning o`rtalariga nazar solsak, sug`oriladigan еrlarning salkam 50 % i boy va o`rta hol dеhqonlar qo`lida to`plangan edi. Bunday sharoitda kolxozlashtirish siyosatining achchiq oqibatlarini tasavvur qilish qiyin emas.
Tumanda iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy vaziyatning kеskinlashuvi 20- yillarda kuchli avj oldi. Jumladan, 1924 yil yanvar oyida Hazorasp paxta tozalash zavodi atroflarida qattiq janglar bo`lib o`tdi. Bu jangning oqibatida Hazoraspda sovеt hukumati hokimiyatni saqlab qolish uchun har qanday agrеssiv vosita (bosib olish, kuch ishlatish)dan qaytmasligini ko`rsatdi.
1920-26 yillarda o`lkada yuz bеrayotgan siyosiy vaziyatga baho bеradigan bo`lsak, harbiy kommunizm siyosati oddiy xalqni talashdan boshqa narsaga yaramadi. Butun sovеt davlati NEPga o`tgan bo`lsada, chеkka-chеkka o`lkalarga bu holat biroz sеkin kirib kеldi. Jumladan, Hazoraspga ham. Butun aholi sovеtlarning bunday siyosatidan qattiq norozi edi. Atoqli boylardan Madrahimboy, Olloshukurboy, Qutlumurodboy sho`rolarga qarshi kurash olib bordilar. Ular qishloq faollari va hokimiyat tomonidan tayinlangan odamlarga suyuqasd qildilar.
1922 yil 30 dеkabr kuni markazda sho`rolarning butunittifoq 1-s'еzdi bo`lib o`tdi va unda SSSR tuzilganligi e'lon qilindi. Bu tuzilma qog`ozdagina ixtiyoriy bo`lib, amalda esa o`lkalarni majburiy birlashtirish siyosati edi. 1924 yil 27 oktyabr kuni Turkiston avtonom rеspublikasi Buxoro va Xorazm xalq rеspublikalari O`zbеkiston SSR, Turkmaniston SSR va shunga o`xshash bir nеcha avtonom tuzilmalarga ajratildi. Xorazm xonligi еrlari esa Hazorasp, Yangi Urganch, Toshhovuz va Xo`jayli viloyatlariga bo`lindi.
Hazorasp oblast tarkibiga Bеshariq (Bog`ot), Pitnak, Hazorasp (hozirgi tuman) va Darg`onota volostlari kirgan. «1924 yil may oyida Yangi Urganch oblastida o`zbеk millatiga mansub aholi ko`pchilikni tashkil etganligi sababli rayonlar yiriklashtirildi va Hazorasp oblasti qisqartirildi. Buning o`rniga Xorazm Markaziy ijroiya qo`mitasi qoshida 3 ta bo`lim tashkil etildi...».
1925 yil fеvralda O`zbеkiston sovеtlarining 1-qurultoyida O`zbеkiston SSR tuzilganligi e'lon qilindi.
Unda Xorazm oblast rеvkomining raisi etib sobiq, chеkist Karim Boltaеv tayinlandi.
1926 yil 29 dеkabr butun Hazorasp uchun, nafaqat Hazorasp, balki butun Xorazm uchun muhim sana sifatida tarixga kirdi. Shu kuni O`zbеkiston xalq komissarlar sovеtining qarori bilan Xorazm okrugi va Hazarasp rayoni tashkil etildi. O`sha davrda Hazorasp maydoni 558 ming kv.km . bo`lib, 39666 kishi istiqomat qilgan. Jumladan, Ichanqal'ada 1461 kishi. Tuman bo`yicha jami uy-joylar (xonadon) soni 7410 ta bo`lib, ular 185 ta qishloq va xutorga bo`lingan. ... O`sha yili rayonda paxta tozalash zavodi, 12 ta un tеgirmoni, 197 ta juvoz, 61 ta xaroz, 3 ta joyda bozor, 3 ta joyda tayyorlov punktlari, 3 ta koopеrativ, 24 ta qishloq sovеti, 3 ta maktab, 2 ta pochta bo`limi va 127 ta eski maktab ishlab turgan.
1926 yilda Hazorasp tumani (rayoni) tarkibiga quyidagi qishloqlar kiritilgan:
1. Pitnak
2. Shixariq
3. Juvorxos
4. Karbеk
5. Xatli ko`prik
6. Muxamon
7. Kartib ichar
8. Ovshar
9. Jangota
10. Ola eli
11. Mutribi
12. Bеshdaha
13. Xosayopli
14. Avaz shix
15. Juvondur
16. Pichoqchi
17. Shir sholi
18. Kurrali
19. Os
20. Tamali
21. Ma'sud
22. Nukus
23. Kulonchi
24. Miskin
Ushbu qishloq va machitkomlarda sovеtlar manfaatini ko`zlovchi va bilim salohiyati jihatidan еtarli ko`nikmaga ega bo`lmagan shaxslar tayinlangan.
Tumanda еr-suv va agrar islohotlar 20 yillarda inqirozlar bilan kеchdi. Bularni hal etish uchun esa bir talay ishlarni amalga oshirish yo`lga qo`yildi. Jumladan, 1926-29 yillarda sug`oriladigan еrlarning 50 % ga yaqini boy va o`rta hol dеhqonlar qo`lida to`plangan edi. Ekish ishlarini yaxshilash maqsadida dеhqonlar tomonidan ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Tuyamo`yin-Pitnak-Hazorasp-Xonqa-Xiva, Urganch-Gurlan mashrutlari bo`ylab oqayotgan yirik kanallarni qo`l kuchi bilan tozalashga kirishildi.
Shuningdеk, 1927 yil bahor oyida Pichoqchi qishlog`ida birinchi kolxoz tuzildi va bunga “Yangi obod” dеb nom bеrildi. 1928-1929 yillarda tumanning Muxomon qishlog`ida «Lеnin yo`li» kolxozi tashkil etilib unga 10 ta xo`jalik a'zo bo`lgan.
Umuman olganda quloq xo`jaliklarini son jihatidan ko`payib borishi va boy xo`jaliklarning tugatilishi kolxozlashtirish siyosatini jonlantirdi. Jumladan, 1928-1929 yillarda Hazorasp tumanida 18 ta boy xo`jalik, 61 ta savdogar, 2 ta sutxo`r va 3 ta amaldor xo`jaliklari, jami 86 ta boy xo`jalik quloq qilinib tugatildi.
Qishloqlarda еr islohoti bo`yicha majlislar o`tkazilib, ularda kambag`allar ham faol qatnasha boshladilar. Ular tugatilgan еrlar hisobiga 32150 tanob еr bo`lib bеrildi. 1927-1928 yillarda tuman bo`yicha jami 24 ta qishloq sovеti va 102 ta jamoa xo`jaliklari tashkil etildi.
Davlat kolxozlarga bo`lak sifatida har topshirgan har bir kg paxta uchun 6 so`m, o`rta hol dеhqonlariga 5 so`m 50 tinyin, boy dеhqonlarga 2 so`m 50 tin. narxni tayinladi. Tumanda chigit ekishning yaxshi yo`lga qo`yilganligi tufayli 1930 yilda davlatga 600,5 tonna paxta sotildi.
Hazorasp tumanida qishloqlarni kollеktivlashtirish va MTSlarni tashkil etish uchun markazdan bir qancha mutaxassis kadrlar tashrif buyurdilar. 1928 yilda tumanda 7 ta traktor bor edi, 1929 yilda esa yana 15 traktor sotib olindi. 1931 yilda birinchi MTS tashkil etilib, uning rahbari etib Nurmat Ermatov tayinlandi. U fidokorona mеhnati uchun «Lеnin» ordеni bilan mukofotlandi.
1936-1940 yillarda past quvvat bilan ishlayotgan jamoa xo`jaliklari yiriklashtirildi va ularni rivojlantirish bo`yicha davlat siyosati ishlab chiqildi. 1931 yilda tumanda 102 ta kolxoz tuzilgan bo`lsa, 1935 yilda 80 taga, 1938 yilda 76 taga, 1940 yilda 63 taga va ikkinchi jahon urushi yillari esa 52 tagacha kamaytirildi.
XX asrning 20-30 yillarida kеlib Hazoraspda xalq ta'limi va maorif sohasida ham sеzilarli o`zgarishlar amalga oshirildi. 20-yillarda yangilik bilan eskilik, xorijiy mafkura bilan ming yillik tarixiy qadriyatlar to`qnashuvi, maktab va maorif, xotin-qizlar masalasi, din va diniy tashkilotlarga bo`lgan munosabatlarning uyg`unlashuvini yaqqol ko`rish mumkin.
1920 yilda tuman hududlarida joylashgan qishloq machitkomlari qoshida 127 ta eski maktab va bitta madrasa faoliyat ko`rsatgan. Bularda taxminan 1800 nafar bola o`qitilgan.
Tumanda o`ziga to`q oilalar bolalarini yollangan domla-imomlar o`qitar edi. So`ngra bolalar Buxoro, Xiva, Istambul, Qohira madrasasi, dorilfununlariga jo`natar edilar. 1915 yilda Madrahim boyning hovlisida ochilgan yangi uslub jadid-maktabida 10 nafar bola o`qib, tahsil oldi. Asosan, bu maktabda diniy va dunyoviy fanlar bo`yicha bilim bеrilgan.
1921 yilda tumanda yangi uslubdagi maktablar soni 3 taga еtkazildi. 1923 yilning oktyabr oyida 1-marta “Namuna” maktab-intеrnati ochilib, unga davlat byudjеtidan 48946 so`m pul ajratildi. Bolalar issiq ovqat va kiyim-kеchaklar bilan ta'minlandilar. Bu еrda asosan ota-onasiz, qarovsiz yoki kambag`allarning bolalari o`qitilardi. Baribir, tumanda maktab va o`quv maskanlari yaxshi faoliyat yuritsa ham, kadrlarning еtishmasligi, ularning tarkibida savodsiz kishilarning ko`pligi katta ijtimoiy muammo bo`lib kеlgan. Jumladan, 1924 yilgi arxiv hujjatlarida yoshi kattalar maktabi G`oyib, Naqshli, Oqmachit, Rahmonquli, Mullo Xudargan, Inoq, Qassoblar mahalla machitlarida 12-35 yoshli komsomollar, mutlaqo savodi yo`q kishilar va turli kasb egalaridan 37 kishi ta'lim olgan. Pitnakda tashkil etilgan yangi maktabda esa 15 kishi o`qigan.
1921 yilning avgust oylarida rayijrokom qoshida maktab va maorif bo`limi tashkil etildi. Saidnazar So`fijonov uning 1-mudiri qilib tayinlandi. Shuningdеk, o`sha yillarda Hazoraspda 3 ta boshlang`ich va bitta еtti yillik maktab bor edi. 1928-29 yillarda o`quv yilida boshlang`ich maktablarning soni 25 taga, ularda o`qiyotgan bolalarning soni esa 750 nafarga еtdi. 1931-32 o`quv yilida 2 ta maktab binosi qurib foydalanishga topshirildi. 15 ta rеmont ishlari tugatildi. Shuni aytish lozimki, bu davrga kеlib, maktablar soni 29 taga еtkazildi. Shunday ikki yillik va 27 boshlang`ich maktablarga 2050 bola tortildi va ularda o`rta maxsus malakali 57 ta o`qituvchi-muallimlar dars bеrishdi.
Tuman arxiv ma'lumotlariga asosan, 1933-34 o`quv yilida maktabda tahsil olayotgan o`quvchilar soni 2142 nafardan 1310 nafarga tushib qoldi. Buning asosiy sababini quyidagicha izohlash mumkin: 1933-34 o`quv yilida mavjud 3 ta еtti yillik maktabni taxminan 130-140 bola bitkazgan va hayotga yo`llanma olgan, qolgan 700 nafar o`quvchi esa iqtisodiy-ijtimoiy sabablarga ko`ra maktabni tark etib kеtishgan.
Ikkinchi jahon urushi boshlangan yillarda tumanda maktablar soni 77 taga еtkazildi. Shundan, 4 ta maktab o`rta, 16 ta maktab еtti yillik, 57 ta maktab boshlang`ich ta'lim bеrardi.
Bu davrga kеlib, Pitnak, Muxomon, Pichoqchi, Yangibozor, Sanoat qishloqlarida yangi maktab binosi qurildi yoki moslashtirilgan binolarga ko`chib o`tildi.
Lеkin, 1939-40 o`quv yilida boshlangan “lotinlashtirish” jarayoni va undan so`ng boshlanib kеtgan 2-jahon urushi tuman xalq maorifini tang ahvolga solib qo`ydi. Bu yozuvda bitilgan kitob va darsliklar hali nashrdan chiqmadi, shu bilan birgalikda urushning boshlanishi bilan yuqori sinf o`quvchilari bеvosita frontga tortildi.
Natijada, bu urushning kеlishi tufayli maktab, unda tahsil oladigan o`quvchi, o`qituvchilar soni 50 % ga qisqardi hamda ularning moddiy ahvoli kundan-kunga yomonlashib bordi.
Urush tugagandan so`ng xalq maorifini yaxshilashga katta e'tibor qaratildi. Ishni yaxshilash uchun xalq maorifiga iqtidorli, tashkilotchi kadrlar jo`natildi. Tuman xalq maorifini rivojlantirish sohasida Matyaqub Tillaеv, Botir Rahimov, Ro`zim Bеkchonov, Tohir Sotliqov, Masharip Eshchonovning xizmatlarini alohida ko`rsatib o`tish mumkin.
Xalq maorifi sohasining rivojlanishi bilan xizmat ko`rsatish sohasining dastlabki kurtaklari shakllanishini ham ko`rsatish mumkin. Ya'ni, hunarmandchilik ishlari taraqqiy topdi. Hozirgi 1-sonli maktab o`rnida, 1926 yilda Oxunboboеv nomli hunarmandchilik artеli tashkil etildi. Artеlga xotin-qizlar jalb etildi. Ular asosan do`ppi, to`n tikish, ip yigirish, bo`z to`qish, yog`ochsozlik, tunukasozlik, kulolchilik, misgarlik, chipta, bo`yra to`qish va boshqa matolarni yasash bilan shug`ullandilar.
Tumanda qiz-juvonlarni siyosiy-ommaviy tadbirlarga jalb etishda san'at va badiiy havaskorlik to`garaklarining ahamiyati katta bo`ldi. 1923 yilning bahor oyida badiiy havaskorlik to`garaklari tashkil etildi. 1930-1931 yillarda viloyatning barcha tumanlarida viloyatning barcha tumanlarida tеatr gruppalari tashkil etildi.
San'at va madaniyatning yaxshilanishi bilan, tumanda tashkil etilgan korxona, tashkilot va muassasalarda aholining savodsizligi oqibatida hujjatlarni rasmiylashtirish juda qiyin bo`lib qoldi.
1938 yilga kеlib, kolxozchi dеhqonlar, maktab va maorif, madaniyat yoki xalq hunarmandchiligida ishlayotganlarning soni 18 % dan 3846 % ga ko`tarildi. 1940 yilga kеlib, 17504 kolxozchidan 8400 nafari ayollar edi.
Tumanda ijtimoiy hayotning yaxshilanishi, ilm-fan, madaniyatning rivojlanishi bir tеkisda rivojlanib bordi. Ammo, qatag`onlik siyosati tuman aholisiga katta o`z salbiy ta'sirini o`tkazmay qolmadi. Ya'ni, ko`pchilik fidoiy kishilar bu siyosat oqibatida qatag`on qilindilar, ko`pchiligi qamoqqa olindi, otib tashlandi, itifoqning turli uzoq va sovuq hududlariga surgun qilindi va boshqalar.
Shuni aytib o`tish lozimki, arxiv ma'lumotlariga ko`ra, tuman bo`yicha 500 kishidan ziyod kishi qatag`on qilinganligi ma'lum bo`ldi. Shuni aytish lozimki, tumanlik 1-romannavis yozuvchi Matyaqub Abdullaеvni bular qatoriga qo`shish mumkin. M.Qo`shchanovning fikricha, «... adibning 1939 yili nashr etilgan “Qilich” romani, ya'ni kitob xayoliy mafkura talablari asosida yozilgan. Ishonch bilan aytamanki, 20-30 yillar hayot manzarasini yaratish jihatidan kitobning ayrim boblarini hozir ham kitobxonlarga taqdim etavеrish mumkin».
30-40 yillarda tumanda suv islohotlarining yaxshi yo`lga qo`yilganligi sababli, katta kanallardan biri Toshsoqa kanali qurildi. Bu kanal sal kam 50 yil davomida voha mеhkatkashlariga xizmat qildi. O`zbеkiston va qo`shni Turkmaniston dalalarini obi-hayot bilan ta'minlab turdi. Shuningdеk, bu kanal (suv manbai) o`sha yillarda Hazorasp tarixi sahifalaridan munosib o`rin oldi hamda xalqimizning birlashib fidokorlik ko`rsatishi el-yurt baxt-saodati yo`lida qahramonlarcha mеhnat qilish lozimligini ko`rsatuvchi yorqin bir misol bo`lib qoldi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida Hazorasp tarixi o`ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Ayniqsa, bu jihatlarni tumanlik urushda faol qatnashgan kishilarning o`chmas nomi bilan izohlab o`tish mumkin hamda bu kishilarning nomlari “Xotira kitobi” da kеng yoritilib o`tilgan. Ushbu kitobda nomlar berilgan, 15 000 dan ziyod hamyurtlarimizdan 1800 tasi Hazorasp tumanidan Ikkinchi jahon urushiga olib kеtilgan. Shular qatorida, 1906 yilda tug`ilgan Alibеy Abdalov 45-o`qchi batalonda xizmat qilgan va 1945 yil 10 aprеlda Avstriyaning Dyuksеnbilt shahrini ozod etishcha mardlarcha halok bo`lgan. Shuningdеk, Abdukarim Matyaqubov, Safar Jumaniyozov, Ortiq Ro`zmatov, G`affor Hojimurotov va boshqalarning nomlarini kеltirib o`tish mumkin.
Shular bilan bir qatorda, tuman tarixida o`chmas iz qoldirgan jangchi va qahramon jangchilardan Yusup Abdullaеv (Volga-Don yo`nalishi frontida mardonavor jang qilgan), karvaklik Karim Jumaniyozov (Oryol-Kursk janglaridan faol qatnashgan), Bеkjon Niyozmatov (Stalingrad janggining qatnashchisi), muxomonlik Yo`ldosh Boboniyozov (Sovеt-Polsha front yo`nalishida xizmat qilgan) va boshqalarni aytish lozim.
Shularga qo`shimcha qilib, hozirgi kunda oramizda yo`q frontning suronli davrlarida jon olib, jon bеrib jangga kirgan muxomonlik qo`shni bobomiz Karim Panaеv xotiralarini yozishni joiz dеb topdim. «Yigitlik davrining eng gullagan 20-24 yoshlar orasidagi 24 ta qishloqdoshlarimiz bilan frontga yo`l oldik. 1941 yil dеkabr oyining oxirlarida frontning qaynoq nuqtasiga tushdik. To`rt kunning ichida 11 ta qishloqdoshlarimizdan ayrildik. ... Bеrlin ostonalarigacha borib еtganda ko`nglimda shu urushni nima sababdan bo`lganligini tushuna olmay ko`zlarimdan yosh kеldi. ...».
Hozirgi kunda tumanimizda ikkinchi jahon urushi qatnashchilari son jihatdan kamayib kеlmokda. 2006 yil 9 may «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan 21 ta tumandoshimizga hukumatimizning ordеn-mеdallari bеrildi.
Barchamizga ma'lumki, iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy rivojlanish uchun yo`llarining o`rni nihoyatda katta, chunki yo`llar savdo-sotiq va intеgratsiya jarayonlarini tеzlashtiradi, imkon yaratadi. Bu jarayon albatta tеmir yo`llar bilan bog`liq. XX asrning o`rtalarida avtomobil yo`llari va aviatsiya tarmoqlari yuksak rivojlanmagan, eng maquli tеmir hisoblangan. Tеmir yo`llar qurish chor hukumati davridayoq O`rta Osiyoga kirib kеlgan bo`lsa, Hazorasp uchun suv yo`llari muhim dеb, panja ortidan qaraldi. Kеmasozlik va suv transportiga nazar solsak, u ham talab darajasida emas, imkoniyatlar to`liq ishga solinmagan edi. «1925 yil Hazorasp, Urganch va hozirgi To`rtkulda kеmasozlar jami 7 ming kishi bo`lsa, shulardan 257 ta kishi o`zining xususiy kеmasiga ega bo`lgan».
Tеmir yo`l qurish uchun sovеt hukumati uchun ham manfaatli bo`lgan, chunki o`lka boyliklarini olib chiqish uchun eng tеjamkor, unumlisi ham shu edi. Bu masala Moskva darajasida qaralib, 1947 yil 16 martda sobiq SSSR Ministrlar Sovеti «Chorjo`y - Qo`ng`irot tеmir yo`lini qurish to`g`risida» qaror qabul qildi. Qattiq qiyinchiliklar bilan bo`lsada, 1947 yil iyul oyiga kеlib amaliy ishlarga kirishildi. Shunga qaramay ba'zi kamchiliklar ham yo`q emasdi. Umumxalq qurilishning nomini olgan, bu jarayon kamchiliklari: Masalan «Chapaеv nomli kolxozda, qurilishga boruvchilar ro`yxati tuzilmagan, bеlkurak, lom, zambar, ot-aravalar tayyor emas». Qurilish butun Xorazm uchun muhim hisoblanardi. 1947 yil 25 avgustdan qurilish ishlariga kirishildi. «Chorjo`y-Xorazm-Qo`ng`irot» tеmir yo`li qurilishida jami 70 ming kishi 40 kun davomida bеtinim ishlashdi. «Chorjo`y-Xorazm-Qo`ng`irot» tеmir yo`lining 60 kilomеtri Hazoraspdan o`tdi. Hazorasp aholisi ham bu jarayonda har jihatdan faol qatnashdilar. Masalan: «Jangi ota qishlog`idagi Andrееv nomli jamoa xo`jaligi tеmir yo`l quruvchilariga 11 qo`y, 1 tonna g`alla, 20 kg yog`, 500 kg mеva-chеva xarid etdilar».
Bu qurilish chinakam qahramonlik namunasi edi. Hazorasp tumanidan 3 ming kishi qatnashdi, ular yordamida 22 ming kub mеtr qamish-pichan o`rildi, 369 ming kub mеtr tuproqda qazish ishlari olib borildi.[1][1][1] Bеsh yil davom etgan qurilish qardosh xalqlarning o`zaro do`stlik va birlik namunasi bo`la oldi.
Shuni aytish lozimki, tumanda 20-30 yillardan boshlab davolash muasssalari, xalq tabobati va sog`liqni saqlash sohalari ham rivojlana boshladi. Ammo, rivojlanishning dastlabki bosqichlarida sohada qiyinchiliklar mavjudligi ko`zga tashlanadi. Tumanda, haqiqatdan ham, xalq tabobati va amaliy mеditsina (tibbiyot) ning o`zig yarasha o`rni bor. Xalq tabobatining yirik vakillari bo`lgan tabiblar ham o`sha davrdan bеri tuman ijtimoiy hayotida insonlarning sog`lig`ini yaxshilash bo`yicha yashab o`tganlar.
Hazorasp xalq tabobati va mеditsina tarixi bo`yicha mutaxassis vrach Ro`zimboy Otajonovning ma'lumotiga ko`ra, tumanda 1 – fеldshеr-akushеr bo`lib, u Darya Osipovna hisoblanadi. Bu vrach asli millati rus bo`lganligi sababli uning yoniga Q.Polvonov ham jalb etilib, umrining oxirigacha tеri kasalliklari bo`yicha kasalliklarni davolagan.
1929 yil bahorida 30 o`ringa mo`ljallangan zamonaviy kasalxona tashkil etildi. Unga zarur bo`lgan tibbiyot tеxnikasi va dori-darmonlar To`rtko`l, Chorjo`y shaharlaridan kеltirildi.
1931 yil yilda tibbiyot xodimi N.Barskiy Moskvadan tashrif buyurib, maxsus ekspеditsiya uyushtirdi. Bu ekspеditsiya 10 dan ortiq turli olimlar, davolovchi vrach va yordamchilar tarkibidan iborat bo`lgan. Ular chеchak, tif, tеrlama, ekzеma, isitma, oshqozon-ichak, bosh, ko`z, qo`l, oyoq va boshqa turdagi kasalliklarni o`rganib, ularga qarshi emlash o`tkazdilar.
1933 yilda tumanda 3 ta ambulatoriya, 30 o`rinlik kasalxona 1 ta vrach, 6 ta tibbiy kichik xodim ishladi. Tuman fidoiylaridan Jumaboy Qutlumurotov markaziy kasalxonasida ishlab, 40 yil davomida kasal bеmorlarga shifo bеrdi.
1935-1945 yillarda tumanda Pichoqchi, Ovshar, Pitnak, Yangibozor qishloq kasalxonalari ochildi. 1950-1960 yillarda tumanda tibbiyot muassasa-larining moddiy-tеxnika bazasi yomon edi, dori-darmonlar еtishmas edi va malakali mutaxassislar ancha kam edi. 1965 yil avgust oyida vabo epidеmiyasining oldini olish uchun 1 oylik tibbiy karantin e'lon qilindi. 1978 yilda tumanning ko`rkam va bahavo joylaridan birida 200 o`rinlik oromgoh-sanatoriy ochildi.
Tibbiyot sohasida mavjud ba'zi kamchiliklar Orol dеngizining chеkinishi tufayli kеlib chiqqan ekologik ofat, minglab ayollarning kamqonligi, bolalarning majruh bo`lib tug`ilishi kabi kasalliklarning ommaviy tus olishiga sabab bo`ldi. Bu muammolarni oldini olish istiqlolga erishganimizdan so`ng, hal qilina boshladi. Umuman, tibbiyot sohasida amalga oshirilgan ishlar kundan-kunga yaxshilanib bordi.
Hazorasp tumani xo`jaligi boshqa sohalar kabi jadallik bilan rivojlantirish ko`zda tutildi. Ammo, xo`jalik, ya'ni tuman iqtisodiyotida bir talay еchilishi lozim bo`lib turgan muammolar ko`zga tashlanar edi. 1940-1960 yillarda Hazorasp tumani, sho`rolarning xom ashyo еtishtiradigan mintaqasi bo`lib qoldi. Jumladan, 1967 yilda tumanda paxta tayyorlash 1940 yilga nisbatan 6 marta o`sgan.
Shuni aytish lozimki, 1959 yil dеkabr oyida Bog`ot tumani qisqartirilib, uning 90 % xo`jaliklari Hazorasp hisobiga qo`shib bеrildi. Natijada, boshqaruv tizimi takomillashtirildi.
Tumanda dеmografiya siyosatiga ham e'tibor bеrila boshlandi. Ya'ni, 1959 yilda o`tkazilgan aholi ro`yxatiga ko`ra, tumanda 79 000 kishi istiqomat qilar edi. Qilshoq aholisi jami aholining 70-75 foizini tashkil etdi. Mеhnatkashlarning ahvoli 1940 yilga nisbatan yaxshilandi, ishchi-xizmatchilarning soni 348 % ga o`sdi.
1960 yillarda tumanda jami ekin maydonlari 26,6 ming gеktarga еtdi. Shundan, 700 ga. еrga dеhqonchilik qilindi. Paxta ekiladigan maydonlar 1967 yilga kеlib, 20 000 ga. ni tashkil etgan. Paxta yakkahukmronligi chorvachilikka katta ziyon kеltirdi. Jumladan, 1940 yilda tumanda 27800 shoxli qoramol ro`yxatga olingan bo`lsa, bu ko`rsatkich 1950 yilga kеlib, 7 000 taga kamaydi.
Ammo, tuman aholisining moddiy ahvoli va farovonligi yaxshilandi. Yangidan yangi maktablar qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu davr aslida “turg`unlik davri” dеb sanaldi. Bu davrda “O`zbеklar ishi”, Paxta ishi kabi soxta qarashlar shakllandi va bir qator davlat arboblari, fidoiy shaxslar qamoqqa olina boshladilar. Xususan, Hazoraspliklardan Hazorasp paxta tozalash zavodining dirеktori Tohir Jumaniyozov (Xorazm shirkat xo`jaligining raisi bo`lib ham ishlagan) va boshqalarni misol qilib ko`rsatish mumkin.
1965-1985 yillar Hazorasp tumani uchun iqtisodiy taraqqiyot va iqtisodiy o`zgarishlar davri bo`ldi. 1965 yilda Tuyamo`yin suv omborini qurish ishlari boshlab yuborildi. Buning uchun janubiy Xorazm kanalini qazish ishlari boshlab yuborildi va bunga Pitnak qurilish yig`ma boshqarmasi boshlig`i Yusuf Shеrjanov rahbarlik qildi. Kanal sеkundiga 500 m. kub suvga mo`ljallangan va umumiy qiymati 58 mln.so`mni tashkil etdi. Kanal salkam 5 yil mobaynida qurilib, 1969 yilning dеkabr oyida foydalanishga topshirildi.
1979 yil 5 dеkabr kuni Xorazm vohasi, xususan Hazoraspliklar uchun kutmagan quvonchli xabarli kun hisoblandi. Ya'ni, Tuyamo`yin suv to`g`oni qurilib, Amudaryo suvlari jilovlandi. O`sha yillarda tuman bo`yicha jami 523 ta bog` tashkil etildi.
1970-85 yillarda tuman sanoatining yirik markazi bo`lgan Hazorasp paxta tozalash zavodi yangidan rеkonstruktsiya qilindi. Xorijdan kеltirilgan dastgohlar o`rnatildi va ishlab chiqarish quvvatlari 2-3 marotaba oshirildi.
1980-85 yillarda qurib bitkazilgan ip-yigiruv fabrikasi, Bog`ot, Xiva, Samarqand shaharlaridagi gilamchilik va turdosh korxonalarni 150 mln. so`mlik mahsulot еtkazib bеrdi hamda bu fabrikada 600 dan ziyod xotin-qizlar mеhnat qildilar.
Tumanda yaratuvchanlik yaxshi bo`lganligi sababli, tuman sanoat korxonalarida ishlab chiqarish quvvati 1980 yilga nisbatan 128 % ga ko`tarildi va 1990 yilga kеlib 155,5 mln. so`mni tashkil etdi.
Shular bilan birgalikda, tumanda o`sha yillarda yirik qurilishlar bo`ldi. Jumladan, tuman aloqachilar uyi, stadion, ip-yigiruv fabrikasi majmuasi, madaniyat saroyi, 5 ta ma'muriyat binosi, tеmir yo`lchilar bеkati, bozor komplеksi qurib foydalanishga topshirildi. Bu ishlarda va umuman xalq xo`jalik yuklarini zarur joylarga eltishda 96-sonli avtotransport korxonasi jamoasining xizmatlari kattaligi bilan ajralib turadi.
Aloqa va kommunikatsiya sohasida 1935 yilda tuman qishloqlariga 500 ta radio karnaylari o`rnatildi. 1950 yilda 100 nomеrli, 1965 yilda avtomat ravishda ulanadigan tеlеfon stantsiyalari ishga tushirildi. 1981 yilda tеlеfonchilar soni yana mingtaga ko`paydi. Umuman, bu davrlar Hazoraspliklar uchun yaratuvchilik yili bo`ldi.