9 сен 2013

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim: - Alloh ta’olo dedi: Ey Odam bolasi, modomiki, sen Menga duo qilib, Mendan umidvor turar ekansan, gunohing qanaqa bo‘lishdan qat’iy nazar, (ularning ko‘pligiga ham) parvo qilmasdan mag‘firat etaman.

Ey Odam bolasi, agar gunohing bulutlarga qadar yetsa- da, Mendan istig‘for tilasang, seni mag‘firat etaman. Ey Odam bolasi, agar sen huzurimga yer yuzini qoplaydigan gunohlar bilan kelsang va Menga hech narsani sherik qilmagan holda ro‘baro‘ bo‘lsang, Men seni yer yuzini qoplaydigan mag‘firat bilan qarshi olaman!. Termiziy rivoyati. hasan- sahih hadis

Комментарии

Комментариев нет.