Yuz uchun sutliniqoblar

Tekis, tiniq va sog'lom yuz terisi
uchun qizlar hamma narsaga,
shu jumladan mo''jizakor kremlar
va zardoblar, qimmat kimyoviy
piling va tozalash ishlari uchun
qancha pul bo'lsa ham berishga
tayyorlar. Ko'p hollarda bu
boradagi harakatlarimizning
besamar qolganidan xafsalamiz
pir bo'ladi, ba'zida esa yangi
niqoblar va salon protseduralari
tufayli terimizga yetkazilgan zarar
uchun o'zimizni koyiymiz.
Chiroyli va sog'lom teri uchun
eng foydali komponentlar tabiiy
mahsulotlar ekanligi hech kimga
sir emas. Ana shunday ko'p
funktsiyali va mo''jizakor
mahsulotlardan biri - sut va turli
sut-qatiq mahsulotlaridir. Sut
qadimdan buyon ishlatiladigan
va sinovdan o'tgan pardoz
vositasi hisoblanadi.
Ushbu mahsulot tarkibi hayotiy
zarur bo'lgan vitaminlar,
minerallar va kislotalar
kompleksiga boy bo'lib, ular
terini yoshartiradi,
sog'lomlashtiradi va unga ajoyib
ko'rinish beradi. Turli pardoz
vositalarining o'ramlarida glikol,
sut va salitsil kislotasi kabi
komponentlarning nomini
ko'rish mumkin. Bu kislotalarning
barchasi sutda mavjud, ular terini
tekislash, oqartirish, qizarishni va
mayda nuqsonlarni bartaraf etish
kabi qimmatli xususiyatlarga ega.
Kosmetik protseduralar uchun
eng yaxshi sut - bu ishlov
berilmagani, ya'ni uyniki. Unda
barcha shifobaxsh xususiyatlar
saqlangan bo'ladi. Shaharda
yaxshi uy sutini topish qiyin, shu
bois yog'lilik darajasi yuqori
bo'lgan mahsulotlardan
foydalanish mumkin.
Quyida e'tiboringizga bir nechta
oddiy, ammo yuz uchun samarali
bo'lgan sutli niqoblarning
retseptini keltiramiz.
Yog'li teri uchun sutli niqob.
Tarkibi: 1 choy qoshiq tvorog, 1
choy qoshiq asal (agar
allergiyangiz bo'lsa, uni
qo'shmaganingiz ma'qul), kichik
yarimta limon suvi va 2 osh
qoshiq sut. Tarkibiy qismlar
aralashtiriladi va yupqa qilib
yuzga suriladi, ko'z atrofidagi
teri
bundan mustasno. Niqob 10
daqiqadan keyin biroz iliq suv
bilan yuvib tashlanadi. Mazkur
protsedura yog' teshikchalarini
toraytiradi, uzoq vaqtga
yaltillashdan xalos qiladi hamda
qora nuqtachalarga qarshi
kurashda yordam beradi va
terining rangini bir tekis qiladi.
Quruq yuz uchun sutli niqob.
Tarkibi: 1 osh qoshiq tvorog, 3
osh qoshiq sut, 1 choy qoshiq
zaytun yog'i.
Masalliqlar bir xil ko'rinishga
kelguncha aralashtiriladi
(quyuq
smetana konsistentsiyasi) va
tozalangan yuz terisiga suriladi.
15 daqiqadan keyin iliq suvda
yuvib tashlanadi. Ushbu niqob
quruq terini yaxshi oziqlantiradi
va namlantiradi, qipiqlanishning
oldini oladi. Ushbu niqob ayniqsa
qish kunlarida juda foydali.
Oqartiruvchi niqob.
Tarkibi: 2 osh qoshiq uy qatig'i
(quyuq), 1 osh qoshiq sut, 0,5
choy qoshiq zaytun moyi, 1 osh
qoshiq mayda to'g'ralgan
petrushka.
Masalliqlar aralashtiriladi,
qorishma dokaga yoki mato
salfetkaga suriladi, yuzga 20-25
daqiqaga yopib qo'yiladi. Iliq
suvda yuvib tashlanadi. Sut va
kefirdagi faol kislotalar hamda
petrushkaning oqartiruvchi
xususiyati terining samarali
oqarishiga yordam beradi.
Sut yordamida piling.
Tarkibi: 5 osh qoshiq sut, 1 osh
qoshiq dengiz tuzi.
Iliq sutni dengiz tuzi bilan
aralashtiramiz. Ko'z atrofi
sohasiga tegmagan holda
teriga
aylana harakatlar bilan
suramiz.
Protseduradan keyin sovuq
suvda yuvib tashlanadi. Sutli
piling muammoli teri uchun juda
mos tushadi, u yuz terisini
tetiklashtiradi, tiniqlashtiradi va
tekis qiladi.

Yuz uchun sutliniqoblar - 563833557144

Комментарии

Комментариев нет.