Onamga olib bordim, to'rtta kulcha non, Bolangga olib bor, dediya onam.

To tongacha yig'ladi osmon, Uning uchun yig'ladim men ham. Ko'zlariga tikildim qarab, Bu ko'zlarda turardim o'zim. Sochlarida qormidi, yo rab, Qaerlarda ediya ko'zim. Kimlardandir,kimlardandir xabar olibman, Ish ham qursin, yumish ham qursin!. Men bag'ritosh, yomon bolaman, Onajonim ko'p umr ko'rsin!. Men negadir asal olmadim, Yo olishga yo'qmidi pulim. Kimlargadir sovg'a bir dasta, O'z onamga yo'qmidi gulim. Allakimga, olgan sovg'amiz, Xatto ochilmaydi,pisand bo'lmaydi. Hursand bo'lsin deya, tuqqan onamiz, Bir juft paypoq olish, esga kelmaydi. ONAMGA OLIB BORDIM TO'RTTA KULCHA NON!. Bolangga olib bor dediya ONAM!?.

Комментарии

Комментариев нет.