— Do'xtir, bu dorilarni menga kuch yig'ishim uchun yozib berganmidingiz?

— Nima bo'ldi?
— Qopqog'ini ocha olmayapman.
• • •
— Do'xtir, qulog'imni davolaganingiz uchun qancha berishim kerak?
— Yigirma dollar. Xayriyat, tez tuzalib ketdingiz. Xursandman.
— Qancha dedingiz? Sakson dollar?
Vrach ovozini balandlatibroq dedi:
— Ikki yuz dollar, ikki yuz!
• • •
Ikki gruzin tog'da ketishayotgandi. Biri kutilmaganda pastga quladi. Bir muddat toshlarning uchgani, kimningdir baqirgani eshitildi-yu, tindi. Sherigi qichqirdi:
— Givi, tirikmisan?
— Ha-a, tirikman!
— Unda tezroq chiqa qolmaysanmi tepaga?
— E, chiqolmayman! Hali yergacha tushib yetganim yo'q!
🎭 @ikkiKarraikkiBesh 🎭

Комментарии

Комментариев нет.