Erkak poezdda ketayotib qarasa, oyna oldida bir ayol yig'lab turibdi.

Undan so'radi:
— Nega yig'layapsiz?
— Erim bekatda gazeta olish uchun pastga tushgandi. Poezd yurib ketib qoldi.
— Ha, sizga achinaman. Poezdda gazetasiz yo'l bosish dahshatning o'zi!
• • •
— Dugonajon, ering qalay? Haliyam uyqu orasida tomga chiqib ketadigan odatini tashlamadimi?
— Tashladi.
— Yo'g'-e!
— Ha, yaqinda tomdan yiqilib tushdi.
• • •
Ayol «Tez yordam»ga qo'ng'iroq qilyapti.
— Tez yetib kelinglar! Erimning isitmasi 50 ga chiqib ketdi!..
— Kechikibsiz! Yaxshisi, o't o'chiruvchilarga xabar bering!
• • •
Er tong saharda jazmaninikidan uyga qaytdi. Eshik ro'parasida to'xtadi-da, devorning oq bo'yog'idan yuzlariga, kiyimlariga surtib oldi va uyga kirib xotiniga dedi:
— Xotinjon, kechir! Kecha kechqurun birinchi muhabbatimni uchratib qolgandim… O'zimni boshqara olmadim…
— Yolg'on gapirishni bas qiling!.. Yana tuni bilan bilyard o'ynadingizmi?

Комментарии