Avtobusda odam unchalik köp emasdi. Bekatda 35 yoshlar atrofidagi bashang kiyingan ayol avtobusga chiqdi. Kun juda issiq, aksiga olib hamma joylar band, aksariyati özi tengi va yoshi ulug'lar. Faqat orqaroqdagi örindiqlarning birida 14-15 yosh atrofidagi qizcha jimgina köchani tomosha qilib ketardi. Ayol ösha tomonga yurdi. Lekin qizcha joy berishni hayoliga ham keltirmasdi. Bunga sayin ayol asabiylashar, qizga burgutqarash qilardi. Qizning e'tiborini tortish u-n yötalib qöydi. Qizcha yoshi katta "xola"ga bir qarab qöydiyu yana bamaylixotir ötiraverdi. Ayol kun böyi tik oyoqda charchagandi. Xuddi hammasiga qizcha aybdordek unga jahl b-n qarardi. Xotirjam bölishga urinardi. "Yaxshiyam madaniyatli, tarbiyali ayolman, örnimda boshqasi bölganida bu qizaloqqa ham yaxshigina tarbiya berib qöygan bölardi",- hayolidan ötkazardi ayol. Avtobus juda imillab keyingi bekatga keldi. Yana 5-6 odam chiqqach ayol battar öng'aysizlana boshladi. Nihoyat u qarshisida ötirgan ayollardan biriga qizcha eshitadigan qilib gapirdi: "Biz yoshligimizda avtobusga özimizdan kattalar chiqqanida joy berardik. Hozirgi bolalarga hayronman. Masalan manavi qizcha (qöli b-n körsatdi), ota-onasi har kuni nimani örgatadi, bilmadim. Ötirishini qarang". Qizcha yarq etib ayolga qaradi. Ayol g'olibona nazarda qizchaga qarardi. U haq gapni aytganidan yuzida mamnuniyat sezilardi. Qizcha yerga qarab jim bölib qoldi. Keyingi bekatda avtobus töxtagach 23-24 yoshlardagi bir yigit shoshib chiqib qizchaning yoniga keldi. - Akajon,- qizcha köz yoshlarini ortiq tiyolmadi. Akasi uni kötarib oldi. Ular haligi ayolning yonidan ötisharkan, qizcha halitdan beri ularga ma'noli qarab turgan ayolga dedi: "Qaniydi ota-onam bölsa..." Ayol jim edi. U avtobusdan tushib qizchani nogironlik aravachasiga ötqazayotgan yigitni kuzatib qoldi. "Uning ota-onasi 3 oy oldin avtohalokatga uchragan, faqat shu qizcha tirik qolgan", kimningdir ovozi eshitildi. Avtobus yurgan vaqtda qizcha ötirgan, bösh örindiqqa qarab qolgan ayolning közlarida yosh tinmasdi...
ToP Hikoyalar
o'qing erinmang)
Avtobusda odam
unchalik köp emasdi. Bekatda 35
yoshlar atrofidagi bashang
kiyingan ayol avtobusga chiqdi.
Kun juda issiq, aksiga olib
hamma joylar band, aksariyati özi
tengi va yoshi ulug'lar. Faqat
orqaroqdagi örindiqlarning
birida 14-15 yosh atrofidagi
qizcha jimgina köchani tomosha
qilib ketardi. Ayol ösha tomonga
yurdi. Lekin qizcha joy berishni
hayoliga ham keltirmasdi. Bunga
sayin ayol asabiylashar, qizga
burgutqarash qilardi. Qizning
e'tiborini tortish u-n yötalib
qöydi. Qizcha yoshi katta
"xola"ga
bir qarab qöydiyu yana
bamaylixotir ötiraverdi. Ayol kun
böyi tik oyoqda charchagandi.
Xuddi hammasiga qizcha
aybdordek unga jahl b-n qarardi.
Xotirjam bölishga urinardi.
"Yaxshiyam madaniyatli, tarbiyali
ayolman, örnimda boshqasi
bölganida bu qizaloqqa ham
yaxshigina tarbiya berib qöygan
bölardi",- hayolidan ötkazardi
ayol. Avtobus juda imillab keyingi
bekatga keldi. Yana 5-6 odam
chiqqach ayol battar
öng'aysizlana boshladi. Nihoyat u
qarshisida ötirgan ayollardan
biriga qizcha eshitadigan qilib
gapirdi: "Biz yoshligimizda
avtobusga özimizdan kattalar
chiqqanida joy berardik. Hozirgi
bolalarga hayronman. Masalan
manavi qizcha (qöli b-n körsatdi),
ota-onasi har kuni nimani
örgatadi, bilmadim. Ötirishini
qarang". Qizcha yarq etib ayolga
qaradi. Ayol g'olibona nazarda
qizchaga qarardi. U haq gapni
aytganidan yuzida mamnuniyat
sezilardi. Qizcha yerga qarab jim
bölib qoldi. Keyingi bekatda
avtobus töxtagach 23-24
yoshlardagi bir yigit shoshib
chiqib qizchaning yoniga keldi. -
Akajon,- qizcha köz yoshlarini
ortiq tiyolmadi. Akasi uni kötarib
oldi. Ular haligi ayolning yonidan
ötisharkan, qizcha halitdan beri
ularga ma'noli qarab turgan
ayolga dedi: "Qaniydi ota-onam
bölsa..." Ayol jim edi. U
avtobusdan tushib qizchani
nogironlik aravachasiga
ötqazayotgan yigitni kuzatib
qoldi. "Uning ota-onasi 3 oy oldin
avtohalokatga uchragan, faqat
shu qizcha tirik qolgan",
kimningdir ovozi eshitildi.
Avtobus yurgan vaqtda qizcha
ötirgan, bösh örindiqqa qarab
qolgan ayolning közlarida yosh
tinmasdi...