RANGSIZ MANZILLAR (30-QISM)

Niyatbek o’rnidan turdi-da.sandiqdan anchadan beri kiyilmay oxori bilan turgan chopon belbog’oni qo’liga oldi..Seyfni ochib ichidan anchagina pul oldi..
Uning pul olayotganini ko’rgan xotini:
-Buncha pulni,nima qilasiz..?O’g’li Rossiyada ishlab topgan pullari ham yetadi unga..?!
Degan savolidan keyin Niyatbek chiday olmadi..
Uning chakkasiga tarsaki tortib yubordi..Tarsakining zarbidan o’tirib qolgan xotini unga hayronbo’lib boqqan ko’zlariga javobanNiyatbek:
-Iflos..seni deb o’z opamdek bo’lib qolgan sen bilan meni,shunday kunlarga yetishimga sababchi bo’ldan bir ayolni kuniga yaray olmadim..Uning oldidagi meningburchimni qanday oqlashimni tushunayapsanmi o’zi..?!Ertaga men vijdon azobi bilan yashashimdan sen qutqara olsanmi yoki mana bu xarom pullar qutqaradimi..?
Xotini erining bunday gaplaridanbutkul gangim,hech narsa deya olmadi..
Niyatbek eshikni taraqlatib yopgancha chiqib ketdi..
Yo’l bo’yi miyasiga jo’yali bir fikr ham kelmadi..
Nihoyat o’sha qachonlardir qadrdon bo’lib qolgan muqaddas joy,endilikdan nahs bosib ketishiga o’zining ham hissasi bo’lgan uyga yetib keldi..Ostonadan pog’ona sanab chiqar ekan.eshikni sekin ochdi..
Rashid yalt etib Niyatbekka qaradi..Niyatbek esa uning ko’zlariga tik qaray olmadi..Uning oldida aybdorligini yahshigina anglagani sababli boshini egdi..
Rashid o’rnidan turib,Niyatbekni oldiga bordi..Hech narsadan behabar Rashidjon u bilan so’rashgach,chekkaga tortdi:
-Tog’a,hush kelibsiz…
-Jiyan,bandalik-da bandalik…Kelish bor joyda ketishham bo’lar ekan..Endi qo’limizdan nima ham kelar edi..
-Juda to’g’ri tog’a…endi kelmaydi..Ammo oldinroq kelar edi..
-Qo’y endi o’tgan gaplarni qo’zg’omagin jiyan..mana buni olib qo’y..senga kerak bo’ladi..
Niyatbek yonidan haligi pulni chiqarib Rashidjonni qo’liga tutdi..
Rashid keskin uning qo’llarini qaytardi..So’ng unga tik qarab yuzlandi..
-Obbo tog’ajon-ey,nima shu pullarningiz endi mening onamni qaytarib berarkanmi?O’zingizga bir nazarsoling kimlarga o’hshab qoldingiz..?Sizning bu pullaringizo’zingizga buyursin..!Bitta onamni ko’mishga o’zimning ham qurbim yetadi..!
Niyatbek oriq Rashidjonning ko’zlariga dosh bera olmadi..Nigohini olib qochdi..
Qo’lidagi pulni ushlagancha holsiz devorga suyanib qoldi..
Rashid aytgandek bo’ldi hammasi Oftob ayni tobutga solgandan so’ng,olib chirishayotganda Niyatbek hatto baqirib yig’lay olmadi ham..Bunga uning haqqi yo’q edi..
Ko’cha bo’ylab ketayotgan yo’lovchilar birma bir:”bandalik”:deya tobutni yelkalariga qo’yayotgan vaqtda,yelkalab ketayotgan tobut huddi Niyatbekni yelkasidan bosib yerga kirguzgidek bir holatda edi..Dunyodan armon bilan o’tib ketgan Oftob ayning ro’hi balki allaqachonlar Niyatbekning ishlaridan allaqachon bohabar bo’lib,huddi undan o’ch olayotgandek edi..
Mozoratda tumonot odam to’plandi..Rashidjon ko’zlaridan oqib chiqayotgan yoshlari bilan dunyodagi eng aziz insonini,o’z jigargushasidan ham ortiq ko’rgan onasini jasadini lahadgaqo’ydi..
Domla o’qigan tilovatdan so’ng hamma yuziga fotihani tortdi hamki Rashid jilay demasdi o’rnidan..Qabrni quchgancha"ona jo oo n”deya bo’zlar edi U..!!!
Tanish qo’ni qo’shnilar uni amallab qabristondan olib chiqishdi..
Hamma tarqalib tun kirib keldi..Rashid kechasi bilan uyqusi kelmay yig’lab chiqdi…
Alamdan o’ksib yig’lagancha tong otgan mahalda.
Niyatbekni hotini o’rnidan turib yonida eri yo’qligini sezdi..Mehmonhonaga erini izlab chiqan ayol esa honadagi elektr yoqgichni oldiga-cha yeta olmasdan nimagadir bir narsagaurilib yiqildi..
Niyatbekning jonsiz tanasi havoda muallaq osilib turar edi..
Honadan esa "Vooooy to’raaam”degan ovoz baralla yangradi…
Subhidam esa qizarib otib kelayotgan edi..uzoqdan esa muazzinning odamlarni ibodatga chorlovchi "Allohuuu Akbarrrr "degan ovozi asta sekintong qorong’usiga singib ketar edi…
Davomi 31-qismda.

Комментарии

Комментариев нет.