Vyetnam changalzorlaridan 40 yil avval yo‘qolgan ota va bola topildi
Vyetnamning markaziy qismidagi odam oyog‘i yetmaschakalakzorlarda 82 yoshli chol va uning 42 yoshli o‘g‘li topildi, deya xabar berdi Tuoitrenews. Xo Van Tan va uning o‘g‘li Xo Van Lanni mahalliy aholi vakillari tasodifan ko‘rib qoldi va hokimiyat organlariga xabar berdi. Natijada qutqaruvchilar kelib, qalandarlar holiga tushib qolgan ota-bolani changalzordan olib ketdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular daraxt po‘stlog‘idan qilingan “kiyimlar”ga burkangan bo‘lgan va daraxt shoxlarida besh metrcha balandlikda qurilgan kulbada yashagan. Uzoq vaqt davomida odamlardan olisda yashagan ota-bolaning har ikkisi ham vyetnam tilida deyarli gapira olmaydi. Izlanishlar natijasida ularga tegishli ba’zi ma’lumotlar aniqlandi. Masalan, 40 yil avval Xo Van Tanning oilasi bo‘lib, ular kondagi portlash natijasida halok bo‘lgan. Unda rafiqasi vaboshqa ikki farzandidan ayrilgan ota chuqur tushkunlikka tushib qolgan. Shundan so‘ng, ota madaniyatdan uzoqlashib, odamlardan ajralib yashashga qaror qilgan bo‘lishi mumkin. O‘g‘li bilan birga uning terib-termachilik bilan shug‘ullangani va makkajo‘xoriyetishtirib kun ko‘rgani taxminqilinmoqda. #новости
XAYOTI KECHIRMALAR YOXUD XIKOYALAR TO'PLAMI.
Vyetnam changalzorlaridan 40 yil avval yo‘qolgan ota va bola topildi
Vyetnamning markaziy qismidagi odam oyog‘i yetmaschakalakzorlarda 82 yoshli chol va uning 42 yoshli o‘g‘li topildi, deya xabar berdi Tuoitrenews.
Xo Van Tan va uning o‘g‘li Xo Van Lanni mahalliy aholi vakillari tasodifan ko‘rib qoldi va hokimiyat organlariga xabar berdi. Natijada qutqaruvchilar kelib, qalandarlar holiga tushib qolgan ota-bolani changalzordan olib ketdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular daraxt po‘stlog‘idan qilingan “kiyimlar”ga burkangan bo‘lgan va daraxt shoxlarida besh metrcha balandlikda qurilgan kulbada yashagan.
Uzoq vaqt davomida odamlardan olisda yashagan ota-bolaning har ikkisi ham vyetnam tilida deyarli gapira olmaydi. Izlanishlar natijasida ularga tegishli ba’zi ma’lumotlar aniqlandi. Masalan, 40 yil avval Xo Van Tanning oilasi bo‘lib, ular kondagi portlash natijasida halok bo‘lgan. Unda rafiqasi vaboshqa ikki farzandidan ayrilgan ota chuqur tushkunlikka tushib qolgan.
Shundan so‘ng, ota madaniyatdan uzoqlashib, odamlardan ajralib yashashga qaror qilgan bo‘lishi mumkin. O‘g‘li bilan birga uning terib-termachilik bilan shug‘ullangani va makkajo‘xoriyetishtirib kun ko‘rgani taxminqilinmoqda.
#новости