Oqibat orttirgan og‘ir hastalik. Haqqa tavakkal deb inidan chiqqan Nahot bo‘lolmasmiz jajji qushchalik? Ko‘cha-ko‘yda tinmay nasihat aytib Donolar hikmatin tutib mo‘‘tabar, Eng og‘ir damlarda do‘stimiz yoki Onamiz holidan olmaymiz xabar. Otamiz keksaygan holida hamki Dalada yurganda ko‘tarib ketmon, Yonib ketay deydi bizning so‘zlardan Ajib ma’ruzamiz tinglagan inson. Bolamiz yurganda tentirab, sang‘ib O’zgalar farzandin koyigan mahal, Nahot bir insofli aytmas: "Ey do‘stim, Tarbiyangiz uydan boshlangiz avval!" Biz o‘zi g‘alatmiz: o‘zgalar dardi, O’zgalar tashvishi tuyular dahshat. Aslida har bir jon o‘zin o‘ylasa, Gullagan bo‘lardi bugun jamiyat. Agar avvalambor o‘zimizdagi Qusurlarni ko‘ra olsak, yoronlar, Yomonlar ortidan asli biz emas, Ergashib kelardi bizga yomonlar!
ARMONINGGA AYLANGANIMDA ESLAYSAN MENI
:( ( ( BUXORO ) ) )
Biz go‘zal so‘zlardan she’r, g‘azal yig‘ib,
Oqibat orttirgan og‘ir hastalik.
Haqqa tavakkal deb inidan chiqqan
Nahot bo‘lolmasmiz jajji qushchalik?
Ko‘cha-ko‘yda tinmay nasihat aytib
Donolar hikmatin tutib mo‘‘tabar,
Eng og‘ir damlarda do‘stimiz yoki
Onamiz holidan olmaymiz xabar.
Otamiz keksaygan holida hamki
Dalada yurganda ko‘tarib ketmon,
Yonib ketay deydi bizning so‘zlardan
Ajib ma’ruzamiz tinglagan inson.
Bolamiz yurganda tentirab, sang‘ib
O’zgalar farzandin koyigan mahal,
Nahot bir insofli aytmas: "Ey do‘stim,
Tarbiyangiz uydan boshlangiz avval!"
Biz o‘zi g‘alatmiz: o‘zgalar dardi,
O’zgalar tashvishi tuyular dahshat.
Aslida har bir jon o‘zin o‘ylasa,
Gullagan bo‘lardi bugun jamiyat.
Agar avvalambor o‘zimizdagi
Qusurlarni ko‘ra olsak, yoronlar,
Yomonlar ortidan asli biz emas,
Ergashib kelardi bizga yomonlar!