29 янв 2013

Yurakda

ishq o'ladi.
Seving, haydamang meni, Men
jannatdan kelganman,
Yuragingiz nur qilib Saodatga
chorlayman. Faqat inson kar kabi, Unga
parvo qilmabdi,
Sevgi suzin tinglamay,
Yuragidan
haydabti.
Horu zorlikga qolib, Tugunin orqa solib,
Keta turib insonga, Sevgi
shunday so'zlabdi:
"Toshday qotdi ko'nglingiz,
Qonga to'lib ko'zingiz,
Gumon, bo'hton bir bo'ldi, Horlik
topdi sevgingiz..
Bir kun kelib insonlar, Meni
suvday istarlar,
Yolvorib kecha kunduz,
Allohimdan so'rarlar.. Barcha ko'ngil topganda,
Noshukirlik qildingiz,
Tanlangan yuraklarga, Kelar
endi
sevgingiz.
Shul so'zlarni aytib u, Behos g'oyib bulibdi.
Inson hayron bulmasdan Yo'lin
davom etibdi..
Ko'p zamonlar o'tibdi, Inson
sh'erlar to'qibdi,
Sevgi haqida hatto Hikoyalar bitibdi..
Lek sevgi endi faqat, Tangrim
so'zin tinglarmish,
Gar buyursa unga Haq
Yuraklarga kirarmish...
Tangridan so'rang, zero, Yuragingiz yorishsin,
Ruhingiz porlab tanho Saodatga
erishsin...
Kumushbibi qullari ,
Tebratmadi
qalamni, Balki uning yuragi, Kuyladi shul
qissani...
Allohdan so'rasangiz U albatta
beradi
Shubhasiz gar sevsangiz Sevgi
albat keladi.

Комментарии

Комментариев нет.