solgan ham shu, Ko’z yosh to’ksang, havotir o’tida yongan ham shu, Opichib, yer-u ko’kdan seni qizg’ongan ham shu, Betob bo’lsang, har yon chopib, urib o’zini cho’qqa, Kim bor onangdan boshqa, kim bor onangdan boshqa… Qorning ochsa qayg’urib, yemasdan yedirgan shu, Usting butmi, bolam, deb kiymasdan kiydirgan shu, Sening uchun ming bor o’lib, ming bora tirilgan u, Senga qalin kiydirib, o’zi kiyibdi yupqa, Kim bor onangdan boshqa, kim bor onangdan boshqa… Qalbing og’rigan kuni uning qalbi og’riydi, Bir zo’r shoir aytgan gaplar shaksiz to’g’riydi, Ona yig’lar, qolganlari yolg’on yig’laydi, Endi aytchi, arziysanmi o’sha ko’z yoshga?! Kim bor onangdan boshqa, kim bor onangdan boshqa… Atrofing to’la do’sting, ham yor- u birodaring, Jim turib eshitarlar sen aytgan har bir darding, Xalqim, tanasi boshqa dardini bilmas derding, Tanalaring bir bo’lgan kiming bor undan boshqa, Kim bor onangdan boshqa, kim bor onangdan boshqa… O’ynasang o’ynaydiku, yuzingga to’ymaydiku, Ona desang, erkalab, hecham tinch qo’ymaydiku! Sal qovog’ingni solsang, yuziga to’lib qayg’u, Bur zumda o’xshab qolar bulut to’sgan quyoshga, Kim bor onangdan boshqa, kim bor onangdan boshqa… Hozir bilagingda kuch, hozir yashildir yo’ling, Gulzor ichra yasharsan, chamandir o’ng-u so’ling, Ammo, bir kun adashib, tikon ushlasa qo’ling, Kimning rahmi keladi boshing urilsa toshga?! Kim bor onangdan boshqa, kim bor onangdan boshqa… Bugun cho’ntaging soqqa, gaping o’tar har yoqqa, Ne-ne go’zallar sen-la kirmoq istar yotoqqa, Lek bu o’tkinchi dunyo, bir kun tushsang tuzoqqa, Ko’zingni kattaroq och, qara uyoq-buyoqqa! Kim bor onangdan boshqa, kim bor onangdan boshqa…?
Ибратли дунё сабоклари
:ΞʘΞ Золотой ΞʘΞ
Yoshligingda avaylab, beshikka
solgan ham shu,
Ko’z yosh to’ksang, havotir
o’tida yongan ham shu,
Opichib, yer-u ko’kdan seni
qizg’ongan ham shu,
Betob bo’lsang, har yon chopib,
urib o’zini cho’qqa,
Kim bor onangdan boshqa, kim
bor onangdan boshqa…
Qorning ochsa qayg’urib,
yemasdan yedirgan shu,
Usting butmi, bolam, deb
kiymasdan kiydirgan shu,
Sening uchun ming bor o’lib,
ming bora tirilgan u,
Senga qalin kiydirib, o’zi kiyibdi
yupqa,
Kim bor onangdan boshqa, kim
bor onangdan boshqa…
Qalbing og’rigan kuni uning
qalbi og’riydi,
Bir zo’r shoir aytgan gaplar
shaksiz to’g’riydi,
Ona yig’lar, qolganlari yolg’on
yig’laydi,
Endi aytchi, arziysanmi o’sha
ko’z yoshga?!
Kim bor onangdan boshqa, kim
bor onangdan boshqa…
Atrofing to’la do’sting, ham yor-
u birodaring,
Jim turib eshitarlar sen aytgan
har bir darding,
Xalqim, tanasi boshqa dardini
bilmas derding,
Tanalaring bir bo’lgan kiming
bor undan boshqa,
Kim bor onangdan boshqa, kim
bor onangdan boshqa…
O’ynasang o’ynaydiku, yuzingga
to’ymaydiku,
Ona desang, erkalab, hecham
tinch qo’ymaydiku!
Sal qovog’ingni solsang, yuziga
to’lib qayg’u,
Bur zumda o’xshab qolar bulut
to’sgan quyoshga,
Kim bor onangdan boshqa, kim
bor onangdan boshqa…
Hozir bilagingda kuch, hozir
yashildir yo’ling,
Gulzor ichra yasharsan,
chamandir o’ng-u so’ling,
Ammo, bir kun adashib, tikon
ushlasa qo’ling,
Kimning rahmi keladi boshing
urilsa toshga?!
Kim bor onangdan boshqa, kim
bor onangdan boshqa…
Bugun cho’ntaging soqqa,
gaping o’tar har yoqqa,
Ne-ne go’zallar sen-la kirmoq
istar yotoqqa,
Lek bu o’tkinchi dunyo, bir kun
tushsang tuzoqqa,
Ko’zingni kattaroq och, qara
uyoq-buyoqqa!
Kim bor onangdan boshqa, kim
bor onangdan boshqa…?