BILASIZMI?.. SICHQON YILI Sichqon (1912, 1924, 1936, 1948, 1960, 1972, 1984, 1996, 2008-yilda tug'ilganlar uchun) Ushbu muchalda tug'ilganlar tashqi qiyofasidan yoqimli, jozibador, sobitqadam, mehnatsevardirlar. Bir qarashda xotirjam va bosiq ko'rinsalar-da, unga ishonmaslik kerak. Chunki ular asabiyligi-u tajovuzkorliklarini yashirib turishadi. Bu yilda tug'ilanlar tejamkor, boylik yig'ishga ixlosmanddir. O'zlari yoqtirgan odamlargagina qo'llari ochiq. Chaqma-chaqarlikni xush ko'rishadi, fisqu-fujurdan hazar qilishmaydi, shu bois haqiqiy do'stlaridan ko'ra tanish- bilishlari ko'p. Hech qachon hech kimga ishonishmaydi, g'am- tashvishlarini tanholikda o'zlari tortadilar. Ular kelajaklaridan tashvishlanib, keksayganda birovga qaram bo'lmaslik uchun, tejab-tergashni hamisha orzu qilishadi. Jismoniy ishlardan ko'ra aqliy mehnat bilan bog'liq ishlarni bajonudil bajarishadi. Baxtga qarshi yiqqan pullarini orqa-oldiga qaramay shu zaxotiyoq sarf qilishadi. Ular keksayganda tinch hayot kechirishadi. HO'KIZ (SIGIR) YILI. Ho'kiz (Sigir) (1913, 1925, 1937, 1949, 1961, 1973, 1985, 1997, 2009-yilda tug'ilganlar uchun) Bular sabr-toqatli kamgap, ishonchga loyiq, vazmin, imillagan, yaxshi fe'l-atvorli kishilardir. Aksar hollarda sodda qiyofada bo'lishsa-da, aql- zakovat sohibi hamda chuqur mulohaza yurita olish qobiliyatiga ega shaxslardir. Odatda kamgap, biroq ilhom kelganda gapdon bo'lib ketishadi. Ular jismoniy jihatdan baquvvat, hayotning achchiq- chuchugini totishga bardoshli. Turmushlarida oila katta ahamiyat kasb etadi. Bolalarini yaxshi ko'rib, ular bilan faxrlanishadi. Biroq buyruq berishga o'rganganliklari sababli ularga ham tez-tez qo'pollik qilib turishadi. Ho'kiz yilida tug'ilganlar o'z oilasiga baxt- saodat keltiruvchi, haqiqiy mehnatkash kishilardir. Ushbu muchal ayollari o'z oilalari uchun juda jon kuydirishadi. Oila ravnaqi uchun uni qattiqqo'llik bilan boshqarib borishadi. Erlarini ko'pincha o'z izmlarida tushirishadi. Ushbu yilda tug'ilgan aksariyat er-xotinlar xushmuomila, sadoqatli, hissiyotli bo'lishi mumkin. Lekin xayolparast bo'lishi mumkin. Keksayganlarida mushkul ahvolga tushib qolishlari mumkin, ammo buni bartaraf eta olishsa qarilik gashtini xotirjam suraveradilar. YO'LBARS YILI Yo'lbars (1914, 1926, 1938, 1950, 1962, 1974, 1986, 1998, 2010-yilda tug'ilganlar uchun) Bu muchalda tug'ilganlar hissiyotga beriluvchan, jaxli tez va tartib-intizomga rioya qilmaydigan kishilardir. Ular katta yoshdagilar yoki rahbarlar bilan tez-tez janjallashib turishadi, hatto o'zlarining haq emasliklarini fahmlasalar-da, baribir bahslashishga tayyordirlar. Ulardan ko'pincha inqilobchilar, rahnamolar chiqadi. Itoat etishni yoqtirishmaydi, ammo boshqalarga aytganini qildirishadi. Shu bilan birga, ko'pincha, yaxshi o'ylab ko'rmasdan qaror qabul qilishadi yoki to'g'ri xulosani juda kech chiqarishadi. Agar biror ishni boshlashdan oldin yaxshilab o`ylab ko'rish va dono maslahatlarga quloq solishni uddasidan chiqa olishsa, katta- katta muvaffaqqiyatlarga erishishi mumkin. Tabiatan kurashuvchan, qo`rs va jizzaki bo`lib, ko'zlagan ishlari uchun o'zlarini qurbon qilishga ham qodir. Ulardan yaxshi lashkarboshilar yoki korxonalarning rahbalari chiqadi. Lekin xavfli jinoyatchi ham bo`lishi mumkin, chunki tavakkalchilik bilan qilinadigan har qanday faoliyatni yaxshi ko'rishadi. Judayam jo'shqin va kuchli sevgi sohibidir ular. Ammo ehtirosli bo'la turib, kamdan- kamlari ishq-muhabbat bobida baxtga erishadi. Dastlabki hayotlari osuda va xalovatli o`tadi, biroq keyinchalik kuchli va shiddatli kechinmalarni boshdan kechirashadi. Shunga qaramay, keksayguncha yashay olsalar, qolgan umrlarini tinch va xotirjamlik bilan o'tadi. Bular odatda omadli odamlardir. QUYON YILI Quyon (1915, 1927, 1939, 1951, 1963, 1975, 1987, 1999, 2011- yilda tug'ilganlar uchun) Ushbu yilda tavallud topganlar o`ziga xos xislatlarga ega bo`lib, qobiliyatli, izzattalab, kamtarin, bosiq va saxovatli kishilardir. Benuqson didlari bilan ajralib turadilar, hammaning tahsiniga va ishonchiga sazovor bo`ladilar. Biroq jiddiy kamchiligi yengiltaklik bo`lib, hatto eng yaxshi xislatlari ham yuzakidir. Bundan tashqari, g`iybat qilishni, gap tashishni yaxshi ko`rishadi, lekin buni kishi bilmas holda, xushmuomalalik va ehtiyotlik bilan amalga oshirishadi. Odatda, vazmin va tepsa-tebranmas bo`lganligidan, ular tinchini buzish qiyin. Ularda haqiqiy hissiyotdan ko`ra, tantiqlik kuchli. Arzimas bahona bilan yig`lashlari mumkin, lekin shu zahotiyoq ovunib qolishadi. Odatda, ularning hammasi mutaassib bo`lib, hayot tarzlariga putur yetkazadigan, uni qiyinlashtiradigan har qanday yangilikka toqatlari yo`q. Eng avval badastir xavf-xatarsiz yashashga intiladi. Oldindan "yaxshi” va "yomon” tomonlarini jamlab ko`rmaguncha, hech bir ishga qo`l urishmaydi. Ajoyib ishchanlik qobiliyatiga ega kishilardir. Garchi, ba'zan o`ta ketgan rasmiyatchi bo`lishsa-da, halol va o`z so`zlarining ustidan chiqishadi. Iqtisodiy jihatdan hamisha omadlari yurishadi, o`ylagan ishlarini amalga oshirishda epchillik ko`rsatishadi. Ulardan ajoyib ishbilarmon kishilar yetishib chiqadi. Hayotlari tahlika ostida qolmasa, iste`dodli huquqshunos yoki diplomat ham bo`lishlari mumkin. Bu muchalda tug`ilgan ayollar did, mehmondo`stlik va yaxshi vakillik talab qilinadigan har qanday sohada o`zini ko`rsatishi mumkin. Umuman, ushbu yilda tavallud topganlar o`zlari yoqtirgan odamlarga nisbatan juda xushmuomala va xizmatiga shaydirlar, lekin do`stlar manfaatiga xizmat qilaman deb, eng yaqin kishilaridan judo bo`lishlari oson. Agar ular favqulotda hodisalarga, fojeali voqealarga, yengib o`tib bo`lmas to`siqlarga duch kelishmasa, butun umr osoyishta yashashadi. AJDARHO (BALIQ) YILI Ajdarho (Baliq) (1916, 1928, 1940, 1952, 1964, 1976, 1988, 2000, 2012) Kimda-kim ushbu yilda tug`ilgan bo`lsa, juda yaxshi sihat- salomatlikka ega bo`lib, serg`ayrat va beg`ubordir. Pastkashlik, tilyog`lamalik va g`iybat ularga begona. Ular ishonuvchan va rostgo`ylar. Ko`pincha yolg`on-yashiq gaplar tufayli o`z tinchligini yo`qotadi. Barkamollikka intilish ularni o`ziga ham, boshqalarga ham talabchan qilib qo`yadi. Ular ko`p narsani talab qilishadi, lekin talablaridan ko`ra ko`proq ishni o`zlari amalga oshirishadi. Vijdonli, ta`sirchan va dovyurak kishilar bo`lib, ularga bemalol ishonish mumkin. Samimiy kishi bo`lib, odatda bildirgan fikr mulohazalari hamisha asosli bo`ladi. Soddalarcha ishonuvchanliklari tufayli, ularni hamisha aldash mumkin. Shu bilan birga, ular serzarda bo`lib, ba`zan tillariga erk berib yuborishadi. Biroq ularni fikr- mulohazasi bilan hisoblashish kerak, chunki yaxshi maslahat berishadi. Qiziqib, darrov ishga berilib ketishadi. Iste`dodli, o`qimishli va irodali kishilardir. Butun umr hech narsadan zoriqishmaydi, har qanaqangi ishda ham muvoffaqiyat qozonishlari mumkin. Qaysi kasbni tanlashmasin, doimo g`alaba qozonishadi. Ular ko`pincha, hamma uchun sevimlidirlar, biroq o`zlari boshqalarni kamdan-kam hollardagina yoqtirishadi. Hech qachon muhabbat umidsizligi yoki dog`u alamini ularning boshidan kechmaydi. Ammo o`zlari muhabbat mojarosiga sababchi bo`lishi mumkin. Bu muchalda tug`ilganlar kamdan- kam hollardagina yoshligida oila qurishadi, ba`zilari hatto umr bo`yi tanho yashashadi, biroq bu ular ko`nglini cho`ktirmaydi, aksincha, yolg`iz yashaganidan ko`proq baxtiyor sezishadi. Qarz olishni va uzundan-uzun gapirishni yoqtirmaydi. Rahmdillikka moyil bo`lib ba`zan qisqa muddatga bo`lsa-da, bundan boshqalarning foydalanib qo`yishga yo`l qo`yishadi. Shoirtabiat jo`shqinliklari tufayli butun umr ko`plab muammolarga sababchi bo`lishadi. Biroq keksayganida baxt-saodatga va barcha istaklarini amalga oshirishga erishadi. ILON YILI Ilon (1917, 1929, 1941, 1953, 1965, 1977, 1989, 2001, 2013- yilda tug'ilganlar uchun) Ushbu muchalda tug'ilganlarda donolik va ziyraklik ato etilgan. Ular vaysaqi emas. Ko'p va xo'p fikr-mulohaza yuritishadi. Boshlagan ishni qat'iyat bilan oxirigacha yetkazishadi, muvaffaqiyatsizlikni juda yomon ko'rishadi. Tabiatan xotirjam bo'lsalar ham, ishning ko'zini bilib, tez xulosa chiqarishadi. Juda ham omadli kishilardir, lekin ko'pincha ziqnalik qilishadi. Gohida hudbin va maqtanchoq bo'lishadi. Qarz berishni yomon ko'rishadi. Ammo hushlariga kelib qolsa, yordam berishdan bo'yin tovlamaydigan paytlari ham bo'lib turadi. Bo'rttirishga moyillik ularga xos xusisiyat, maboda birovga yordam berguday bo'lishsa, jonlarini berishga ham tayyor, ayni paytda tortinchoq bo'lib qolishadi, natijada zarar ko'rishi mumkin. Bunday odamlardan yordam so'rashdan oldin o'ylab ko'rish kerak. Aks holda, pushaymon bo'lasiz. Yostiqdoshlarini o'zlari tanlashadi, rashkchi va injiqdirlar. Agar ular o'zlarining eng yaxshi xis-tuyg'ularini oilasiga bag'ishlay olsalar edi, umrlari g'am-tashvishsiz o'tar edi. Hayotlarining dastlabki davri tinch o'tadi. Umrlarining ikkinchi yarmida esa ortiqcha sertakallufligi, ehtiroslarning kuchliligi, sarguzashtlarga ishtiyoqmandligi mushkulliklarga duchor etishi mumkin. OT YILI Ot (1918, 1930, 1942, 1954, 1966, 1978, 1990, 2002, 2014- yilda tug'ilganlar uchun) Bu muchalda tug'ilganlar dongdor, mo'tabar, xushfe'l va pulni tejab-tergab ishlatuvchi kishilardir. Yaxshi kiyinishadi, ommaviy yig'inlarni yoqtirishadi. Ko'p gapirsalar ham, aqlli va sezgirdirlar. Ko'pincha yaxshi natijalarga erishuvchi ajoyib sportchi bo'lib yetishadi. Hamma sohada ishlari yurishadi, ko'zga tashlanib turishadi, boshqalar fikrini tez uqib olishadi. Tabiatan mustaqil fe'l-atvorga ega bo'lib, maslahatlarga quloq solishmaydi. O'zlariga ishonishadi, qadrlarini bilishadi. Shu yilda tug'ilgan erkaklar ayollarga befarq bo'lishmaydi. Muhabbat onlarida hamma narsani unutishadi. Xizmat vazifalarini ado etganda, boshqa hamma sohada bor kuch va ehtiroslarini kuchga solishga harakat qilishadi. Ishq-muhabbat yo'lida hamma narsadan voz kechishlari mumkin. Shu bois boshlab qo'ygan ishlarida muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, agar bularni yengsa baxtli bo'lishi mumkin. Oila qurgach, uyda doimo diqqat markazida bo'lishadi. Ular ko'zdan g'oyib bo'lishlari bilanoq, oilaning baxt- saodati puchga chiqadi. Ba'zilari oilani yoshlikdan tashlab ketishlari mumkin. His-tiyg'ular sohasida ularning hayoti jo'shqindir. Keksaygan chog'larida tinch-xotirjam kun kechirishadi. QO'Y YILI Qo'y (1919, 1931, 1943, 1955, 1967, 1979, 1991, 2003, 2015- yilda tug'ilganlar uchun) Ushbu yilda tug'ilganlar nafis san'at sohibidirlar. Ularning qaddi-qomati kelishgan, istarasi issiq va tabiat shaydolaridir. Xulq-atvori yoqimli, gap-so'zi, o'zini tutishi oqilona, shunday bo'lsa-da tabiatan injiq, xardamxayol. hamisha nimadandir zorlanib yashashadi. Odatda xudojo'y bo'lib, turli xayoliy va o'ta tabiiy narsalarga qiziqishadi. Bular rahmdil va muhtojlarga yordam beruvchi yaxshi kishilardir. Ammo baham ko'rmoqchi bo'lgan narsalari o'zlariga tegishli bo'lmaydi. Ularda xususiy mol-mulkka hech qanday havas yo'q. Hayot kechirishlari ko'pincha omadlariga bog'liq bo'ladi. Javobgarlik hissi ularga begona, tashabbus ko'rsatishni yomon ko'rishadi. Ularda did va iste'dod bor. Ammo rahbarlikni eplay olishmaydi. Bir paytning o'zida texnik va artistlik mahorati qo'shib borib olinadigan ishlarni qoyil qilib bajarishadi. Lekin hech qachon asosoiy vazifani bajarishmaydi. Gaplari ko'pincha poyma-poy bo'lib, o'z fikrlarini qiynalib tushuntirishadi, goh tez, goh sekin ba'zan duduqlanib gapirishadi. Hayotlari davomida ko'plab ishq-muhabbat muammolariga duch kelishadi. Ulardan biri fojea bilan tugashi mumkin. Yetuklik davri yoshlik va keksayganlariga qaraganda yaxshi kechadi. Shuni esda tutish kerakki, moddiy jihatdan g'am-tashvishi yo'q, maslahatgo'ylari bor bo'lgan "quling o'rgilsin o'tloqda" "QO'Y" ning omadi yurishadi. MAYMUN YILI Maymun (1920, 1932, 1944, 1956, 1968, 1980, 1992, 2004, 2016-yilda tug'ilganlar uchun) Bu muchalda tug'ilganlar ko'ngliga kelgan ishni qiluvchi, ishonchga sazovor bo'lmagan va ters odamlardir. Biroq ular epchil, aqlli, topqir bo`lib, eng qiyin muammolarni ham osonlik bilan hal etishadi. Ayni paytlarda ular quv va makkordir, shu bois ular bilan doim hushyor bo`lib muomala qilish kerak. Ularning kirishimliklari va hatto har qanday xizmatga bel bog`lab turishlari ham munofiqonadir, aslida esa o`z manfaatini o`ylab shunday qilishadi. Shuningdek, ular xushchaqchaq va iltifotli bo`lb, boshqalar to`g`risidagi yurakni ezadigan fikr- mulohazalarini soxta xushmuomalaliklari bilan yashiradilar. Ular o`z faoliyatlarini avj oldira olmaydigan deyarli birorta soha yo`q. Bo`layotgan voqealardan hamisha xabardor. Xotiralari judayam kuchli bo`lib, ko`rgan yoki eshitgan narsalarining mayda-chudasigacha unutishmaydi. Barcha ishlari betartibligi uchun ham ularga xotira zarur. Ular juda hovliqma bo`lib, hamma ishni shu zahotiyoq amalga oshirib qo`ya qolishni xohlashadi. Arzimas to`siq ham ularning dilini xira qilib, rejalarini buzib yuborishi mumkin. Biror ishni boshlamasdan turib, shu zahotiyoq uning bahridan o`tishlari mumkin, ko`pchiligi qat'iyatsizligi va hatto qo`rqoqligi bilan ajralib turishadi. Ularning har qanday mushkul ahvolga tushib qolganlarida ham, unga chap berib qutilib ketishlarini munosib baholash darkor. Ular o`z xohishlarini amalga oshiradilar. Amalparastlik qonlarida bor. Hech ikkilanmay, hatto vijdonsizlik bilan bo`lsa-da, o`z niyatlariga erishishga qodirlar. O`z hafsalalariga qarab ish qilishsa, ko`pincha nom chiqarishadi. Faqat ular odamlarga malol kelishi mumkin bo`lgan mahmadonagarchiliklardan o`zini tiyishi lozim. Garchi ba'zi qiyinchilklar bo`lib yursa, umuman olganda, iqtisodiy jihatdan yaxshi yashashadi. Ishq-muhabbat bobida baxtga erishishlari qiyin. Chunki ular ehtirosli bo`lib, juda tez oshiq bo`lib, ko`p ma'shuqalaridan ko`ngillari sovib, boshqasini qidirishga tushishi mumkin. XO`ROZ (TOVUQ) YILI Xo'roz (Tovuq) (1921, 1933, 1945, 1957, 1969, 1981, 1993, 2005, 2017-yilda tug'ilganlar uchun) Bu yilda tug`ilgan odamlarga jur'at, dovyuraklik xos. Bular chuqur fikrlovchi va istedodli shaxslardir. Mehnatsevar va o`z ishlariga jon dillari bilan berilishadi. Qurbilari yetmasa ham, har qanday majburiyatni bajarishga kirishadi. Mabodo muvaffaqiyatsizlikka uchrashsa, dillari judayam siyox bo`ladi. Nima o`ylasalar, shuni ro`y-rost gapiradilar. Bu esa, ko`pincha, ularning haddan tashqari to`g`ri so`zligidan o`zini chetga tortuvchilar bilan to'qnashuvga olib boradi. Savlat to'kib yurishni yaxshi ko'rishadi, yon- atrofdagilar e'tibor berishi uchun did bilan kiyinadilar. Ammo, aslini olganda, ular o'zlariga zarar yetkazishlariga qaramay, mutaassibdirlar. Odatda, o'zlarini mutlaqo laqma, deb o'ylshadi, ayni paytda qilayotgan ishlarinining mohiyatini yaxshi bilishadi. O'zlariga bino qo'yishlarining sababi ham shunda. Haqiqatdan xam, ko'pincha haq bo'lib chiqishadi. Aql-zakovatlari tevarak-atrofdagi odamlarda ularga nisbatan qiziqish uyg'otadi. Biroq ularning ko'pchiligi maqtanchoqligi bilan darrov ixlosni qaytaradi. Qo'lidan keladigan ishdan ko'ra ko'proq gapiradilar. Aksariyat hollarda, ishqiy dilkashliklariga nisbatan, ko'proq yoqimli qiyofalari bilan ko'zga tashlanishadi. Ba'zan dangasalikka moyillik bildirishadi. Lekin, aslida, ularning faol bo'lishi uchun hamma asos bor. Pul ularga o'z- o'zidan kelavermaydi-o'zini ta'minlashi uchun ishlashi lozim. Agar ular qatiyat ko'rsatib, o'z dangasaliklarini yenga olsalar, mol-dunyo bilan ta'minlanishadi. Ammo ular mabodo dangasaligu orzu-xayolloariga berilishni o'zlariga ep ko'rsalar, bu ularning xonavayron bo'lishlariga, obro'- etiborlarini yo'qotishlariga, boshlagan hamma ishlarini puchga chiqishlariga olib keladi. Ishq-muhabbat bobida hayotlari ancha mashaqqatli kechadi, sevgan kishilarini qo`lga olmoq va qo`ldan chiqarmaslik uchun ko`pdan-ko`p kuch-g`ayrat sarflashadi. Ular kambag'allikdan boylikkacha, yuksak muhabbatdan tubanlikkacha bo'lgan yo'lni bosib o'tishadi. Keksayganlarida baxtli yashashadi. IT YILI It (1922, 1934, 1946, 1958, 1970, 1982, 1994, 2006, 2018- yilda tug'ilganlar uchun) Ushbu yilda tug'ilgan odamlarga eng yaxshi insoniy xislatlar xos. Ular sodiq va sofdilligi, sir saqlay olishi bilan o'zlariga nisbatan ishonch uyg'otishadi. Bundan tashqari ular hazil-mutoyiba tuyg'usiga ega, mayda gaplardan uzoq. Haddan tashqari o'jar va tez-tez surbetlik darajasigacha borishadi. Ularning sovuq gaplar bilan fikr bildirishga, o'rinli va o'rinsiz tanqid qilishga, hamma narsadan kamchilik topishi sezilib turadi. Har qanday nohaqlik ularda norozilik uyg'otadi va to uni bartaraf etmaguncha tinchishmaydi. Boshqalar uchun qo'llaridan kelgan ezgu ishni qilishadi. Atrofidagi kishilar ularni munosib ravishda hurmat qilishadi. Ular faqirlikda yashaydilarmi, farovon hayot kechirishadilarmi, bundan qat'iy nazar, aqlga qarab ish tutadilar. Moddiy jihatdan to'kin yashamasalar ham qanoatlidirlar. Biroq ularga pul zarur bo'lib qolsa, uni osongina topisha oladi. Odatda, ulardan ajoyib rahbarlar va faol jamoat arboblari yetishib chiqadi. Ular ko'pincha gapga no'noq, ba'zan o'z fikr-mulohazalarini qiynalib bayon etishadi. Lekin aqllari raso, ziyraklik bilan gapga quloq solib turadilar. Sevgi-muhabbat bobida pok va farosatlidir. Ularni adolat uchun kurashda katta sarguzasht va qizg'in olishuvlar kutadi. TO`NG`IZ YILI To'ng'iz (1923, 1935, 1947, 1959, 1971, 1983, 1995, 2007, 2019-yilda tug'ilganlar uchun) Bu muchalda tug'ilganlarni mardonovor fe'l-atvori, odob- nazokat, xizmatga shaylik, nozik tabiatlilik xulqlari bor. Ularga hech ikkilanmay ishonish mumkin, Ular faqat to'g'ri yo'lni tanlashadi. Ular vijdonli va mard kishilardir. Boshqa kishilar bilan til topishishi qiyin. Lekin do'stlarini hurmat qiladi. To'ng'iz yilida tug'ilganlar kundalik harajatlari uchun kerakli mablag'ni topa olishadi. Ammo beg'amliklari tufayli ishlari yomon tus olishi mumkin. Ular beg'am ko'rinsalar-da, aslida irodali va o'jardirlar. O'ylagan niyatlatiga erishish uchun bor kuchini ishga solishadi. Tabiatan baquvvatlar, ularning kuchiga hech kim bas kelolmaydi. Biroq biror qarorga kelishdan oldin uning "yaxshi va yomon" tomonlarini uzoq qiyoslashadi, shunday kezlarda yon-beridagi kishilar nazarida ular nima qilishni bilmayotgandek tuyulishadi. Haqiqatda esa bunday emas, ular o'z ishini juda yaxshi bilishadi, faqat ishni murakkablashtirmaslik, gohida unga zarar yetkazmaslik uchun uzoq vaqt mulohaza yuritishadi. Ushbu yilda tug'ilgan ayollar sovg'a-salom qilishni, shod- xursandchilikni xush ko'rishadi. Ular yaxshi ona va oqilona uy bekasidirlar
KUN.UZ
:Oybek Toshmurodov
MUCHALINGIZ HAQIDA
BILASIZMI?..
SICHQON YILI
Sichqon (1912, 1924, 1936,
1948, 1960, 1972, 1984, 1996,
2008-yilda tug'ilganlar uchun)
Ushbu muchalda tug'ilganlar
tashqi qiyofasidan yoqimli,
jozibador, sobitqadam,
mehnatsevardirlar. Bir qarashda
xotirjam va bosiq ko'rinsalar-da,
unga ishonmaslik kerak. Chunki
ular asabiyligi-u
tajovuzkorliklarini yashirib
turishadi. Bu yilda tug'ilanlar
tejamkor, boylik yig'ishga
ixlosmanddir. O'zlari yoqtirgan
odamlargagina qo'llari ochiq.
Chaqma-chaqarlikni xush
ko'rishadi, fisqu-fujurdan hazar
qilishmaydi, shu bois haqiqiy
do'stlaridan ko'ra tanish-
bilishlari ko'p. Hech qachon hech
kimga ishonishmaydi, g'am-
tashvishlarini tanholikda o'zlari
tortadilar. Ular kelajaklaridan
tashvishlanib, keksayganda
birovga qaram bo'lmaslik uchun,
tejab-tergashni hamisha orzu
qilishadi. Jismoniy ishlardan
ko'ra aqliy mehnat bilan bog'liq
ishlarni bajonudil bajarishadi.
Baxtga qarshi yiqqan pullarini
orqa-oldiga qaramay shu
zaxotiyoq sarf qilishadi. Ular
keksayganda tinch hayot
kechirishadi.
HO'KIZ (SIGIR) YILI.
Ho'kiz (Sigir) (1913, 1925, 1937,
1949, 1961, 1973, 1985, 1997,
2009-yilda tug'ilganlar uchun)
Bular sabr-toqatli kamgap,
ishonchga loyiq, vazmin,
imillagan, yaxshi fe'l-atvorli
kishilardir. Aksar hollarda sodda
qiyofada bo'lishsa-da, aql-
zakovat sohibi hamda chuqur
mulohaza yurita olish
qobiliyatiga ega shaxslardir.
Odatda kamgap, biroq ilhom
kelganda gapdon bo'lib
ketishadi. Ular jismoniy jihatdan
baquvvat, hayotning achchiq-
chuchugini totishga bardoshli.
Turmushlarida oila katta
ahamiyat kasb etadi. Bolalarini
yaxshi ko'rib, ular bilan
faxrlanishadi. Biroq buyruq
berishga o'rganganliklari sababli
ularga ham tez-tez qo'pollik qilib
turishadi. Ho'kiz yilida
tug'ilganlar o'z oilasiga baxt-
saodat keltiruvchi, haqiqiy
mehnatkash kishilardir. Ushbu
muchal ayollari o'z oilalari uchun
juda jon kuydirishadi. Oila
ravnaqi uchun uni qattiqqo'llik
bilan boshqarib borishadi.
Erlarini ko'pincha o'z izmlarida
tushirishadi. Ushbu yilda
tug'ilgan aksariyat er-xotinlar
xushmuomila, sadoqatli,
hissiyotli bo'lishi mumkin. Lekin
xayolparast bo'lishi mumkin.
Keksayganlarida mushkul
ahvolga tushib qolishlari
mumkin, ammo buni bartaraf
eta olishsa qarilik gashtini
xotirjam suraveradilar.
YO'LBARS YILI
Yo'lbars (1914, 1926, 1938,
1950, 1962, 1974, 1986, 1998,
2010-yilda tug'ilganlar uchun)
Bu muchalda tug'ilganlar
hissiyotga beriluvchan, jaxli tez
va tartib-intizomga rioya
qilmaydigan kishilardir. Ular
katta yoshdagilar yoki rahbarlar
bilan tez-tez janjallashib
turishadi, hatto o'zlarining haq
emasliklarini fahmlasalar-da,
baribir bahslashishga
tayyordirlar. Ulardan ko'pincha
inqilobchilar, rahnamolar chiqadi.
Itoat etishni yoqtirishmaydi,
ammo boshqalarga aytganini
qildirishadi. Shu bilan birga,
ko'pincha, yaxshi o'ylab
ko'rmasdan qaror qabul qilishadi
yoki to'g'ri xulosani juda kech
chiqarishadi. Agar biror ishni
boshlashdan oldin yaxshilab
o`ylab ko'rish va dono
maslahatlarga quloq solishni
uddasidan chiqa olishsa, katta-
katta muvaffaqqiyatlarga
erishishi mumkin. Tabiatan
kurashuvchan, qo`rs va jizzaki
bo`lib, ko'zlagan ishlari uchun
o'zlarini qurbon qilishga ham
qodir. Ulardan yaxshi
lashkarboshilar yoki
korxonalarning rahbalari chiqadi.
Lekin xavfli jinoyatchi ham
bo`lishi mumkin, chunki
tavakkalchilik bilan qilinadigan
har qanday faoliyatni yaxshi
ko'rishadi. Judayam jo'shqin va
kuchli sevgi sohibidir ular. Ammo
ehtirosli bo'la turib, kamdan-
kamlari ishq-muhabbat bobida
baxtga erishadi. Dastlabki
hayotlari osuda va xalovatli
o`tadi, biroq keyinchalik kuchli
va shiddatli kechinmalarni
boshdan kechirashadi. Shunga
qaramay, keksayguncha yashay
olsalar, qolgan umrlarini tinch va
xotirjamlik bilan o'tadi. Bular
odatda omadli odamlardir.
QUYON YILI
Quyon (1915, 1927, 1939, 1951,
1963, 1975, 1987, 1999, 2011-
yilda tug'ilganlar uchun)
Ushbu yilda tavallud topganlar
o`ziga xos xislatlarga ega bo`lib,
qobiliyatli, izzattalab, kamtarin,
bosiq va saxovatli kishilardir.
Benuqson didlari bilan ajralib
turadilar, hammaning tahsiniga
va ishonchiga sazovor bo`ladilar.
Biroq jiddiy kamchiligi
yengiltaklik bo`lib, hatto eng
yaxshi xislatlari ham yuzakidir.
Bundan tashqari, g`iybat qilishni,
gap tashishni yaxshi ko`rishadi,
lekin buni kishi bilmas holda,
xushmuomalalik va ehtiyotlik
bilan amalga oshirishadi. Odatda,
vazmin va tepsa-tebranmas
bo`lganligidan, ular tinchini
buzish qiyin. Ularda haqiqiy
hissiyotdan ko`ra, tantiqlik
kuchli. Arzimas bahona bilan
yig`lashlari mumkin, lekin shu
zahotiyoq ovunib qolishadi.
Odatda, ularning hammasi
mutaassib bo`lib, hayot
tarzlariga putur yetkazadigan,
uni qiyinlashtiradigan har
qanday yangilikka toqatlari yo`q.
Eng avval badastir xavf-xatarsiz
yashashga intiladi. Oldindan
"yaxshi” va "yomon”
tomonlarini jamlab
ko`rmaguncha, hech bir ishga
qo`l urishmaydi. Ajoyib
ishchanlik qobiliyatiga ega
kishilardir. Garchi, ba'zan o`ta
ketgan rasmiyatchi bo`lishsa-da,
halol va o`z so`zlarining ustidan
chiqishadi. Iqtisodiy jihatdan
hamisha omadlari yurishadi,
o`ylagan ishlarini amalga
oshirishda epchillik ko`rsatishadi.
Ulardan ajoyib ishbilarmon
kishilar yetishib chiqadi.
Hayotlari tahlika ostida qolmasa,
iste`dodli huquqshunos yoki
diplomat ham bo`lishlari
mumkin. Bu muchalda tug`ilgan
ayollar did, mehmondo`stlik va
yaxshi vakillik talab qilinadigan
har qanday sohada o`zini
ko`rsatishi mumkin. Umuman,
ushbu yilda tavallud topganlar
o`zlari yoqtirgan odamlarga
nisbatan juda xushmuomala va
xizmatiga shaydirlar, lekin
do`stlar manfaatiga xizmat
qilaman deb, eng yaqin
kishilaridan judo bo`lishlari oson.
Agar ular favqulotda
hodisalarga, fojeali voqealarga,
yengib o`tib bo`lmas to`siqlarga
duch kelishmasa, butun umr
osoyishta yashashadi.
AJDARHO (BALIQ) YILI
Ajdarho (Baliq) (1916, 1928,
1940, 1952, 1964, 1976, 1988,
2000, 2012)
Kimda-kim ushbu yilda tug`ilgan
bo`lsa, juda yaxshi sihat-
salomatlikka ega bo`lib,
serg`ayrat va beg`ubordir.
Pastkashlik, tilyog`lamalik va
g`iybat ularga begona. Ular
ishonuvchan va rostgo`ylar.
Ko`pincha yolg`on-yashiq gaplar
tufayli o`z tinchligini
yo`qotadi. Barkamollikka intilish
ularni o`ziga ham, boshqalarga
ham talabchan qilib qo`yadi. Ular
ko`p narsani talab qilishadi, lekin
talablaridan ko`ra ko`proq ishni
o`zlari amalga oshirishadi.
Vijdonli, ta`sirchan va dovyurak
kishilar bo`lib, ularga bemalol
ishonish mumkin. Samimiy kishi
bo`lib, odatda bildirgan fikr
mulohazalari hamisha asosli
bo`ladi. Soddalarcha
ishonuvchanliklari tufayli, ularni
hamisha aldash mumkin. Shu
bilan birga, ular serzarda bo`lib,
ba`zan tillariga erk berib
yuborishadi. Biroq ularni fikr-
mulohazasi bilan hisoblashish
kerak, chunki yaxshi maslahat
berishadi. Qiziqib, darrov ishga
berilib ketishadi. Iste`dodli,
o`qimishli va irodali kishilardir.
Butun umr hech narsadan
zoriqishmaydi, har qanaqangi
ishda ham muvoffaqiyat
qozonishlari mumkin. Qaysi
kasbni tanlashmasin, doimo
g`alaba qozonishadi. Ular
ko`pincha, hamma uchun
sevimlidirlar, biroq o`zlari
boshqalarni kamdan-kam
hollardagina yoqtirishadi. Hech
qachon muhabbat umidsizligi
yoki dog`u alamini ularning
boshidan kechmaydi. Ammo
o`zlari muhabbat mojarosiga
sababchi bo`lishi mumkin. Bu
muchalda tug`ilganlar kamdan-
kam hollardagina yoshligida oila
qurishadi, ba`zilari hatto umr
bo`yi tanho yashashadi, biroq
bu ular ko`nglini cho`ktirmaydi,
aksincha, yolg`iz yashaganidan
ko`proq baxtiyor sezishadi. Qarz
olishni va uzundan-uzun
gapirishni yoqtirmaydi.
Rahmdillikka moyil bo`lib ba`zan
qisqa muddatga bo`lsa-da,
bundan boshqalarning
foydalanib qo`yishga yo`l
qo`yishadi. Shoirtabiat
jo`shqinliklari tufayli butun umr
ko`plab muammolarga sababchi
bo`lishadi. Biroq keksayganida
baxt-saodatga va barcha
istaklarini amalga oshirishga
erishadi.
ILON YILI
Ilon (1917, 1929, 1941, 1953,
1965, 1977, 1989, 2001, 2013-
yilda tug'ilganlar uchun)
Ushbu muchalda tug'ilganlarda
donolik va ziyraklik ato etilgan.
Ular vaysaqi emas. Ko'p va xo'p
fikr-mulohaza yuritishadi.
Boshlagan ishni qat'iyat bilan
oxirigacha yetkazishadi,
muvaffaqiyatsizlikni juda
yomon ko'rishadi. Tabiatan
xotirjam bo'lsalar ham, ishning
ko'zini bilib, tez xulosa
chiqarishadi. Juda ham omadli
kishilardir, lekin ko'pincha
ziqnalik qilishadi. Gohida hudbin
va maqtanchoq bo'lishadi. Qarz
berishni yomon ko'rishadi.
Ammo hushlariga kelib qolsa,
yordam berishdan bo'yin
tovlamaydigan paytlari ham
bo'lib turadi. Bo'rttirishga
moyillik ularga xos xusisiyat,
maboda birovga yordam
berguday bo'lishsa, jonlarini
berishga ham tayyor, ayni
paytda tortinchoq bo'lib
qolishadi, natijada zarar ko'rishi
mumkin. Bunday odamlardan
yordam so'rashdan oldin o'ylab
ko'rish kerak. Aks holda,
pushaymon bo'lasiz.
Yostiqdoshlarini o'zlari
tanlashadi, rashkchi va
injiqdirlar. Agar ular o'zlarining
eng yaxshi xis-tuyg'ularini
oilasiga bag'ishlay olsalar edi,
umrlari g'am-tashvishsiz o'tar
edi. Hayotlarining dastlabki davri
tinch o'tadi. Umrlarining ikkinchi
yarmida esa ortiqcha
sertakallufligi, ehtiroslarning
kuchliligi, sarguzashtlarga
ishtiyoqmandligi mushkulliklarga
duchor etishi mumkin.
OT YILI
Ot (1918, 1930, 1942, 1954,
1966, 1978, 1990, 2002, 2014-
yilda tug'ilganlar uchun)
Bu muchalda tug'ilganlar
dongdor, mo'tabar, xushfe'l va
pulni tejab-tergab ishlatuvchi
kishilardir. Yaxshi kiyinishadi,
ommaviy yig'inlarni
yoqtirishadi. Ko'p gapirsalar
ham, aqlli va sezgirdirlar.
Ko'pincha yaxshi natijalarga
erishuvchi ajoyib sportchi bo'lib
yetishadi. Hamma sohada ishlari
yurishadi, ko'zga tashlanib
turishadi, boshqalar fikrini tez
uqib olishadi. Tabiatan mustaqil
fe'l-atvorga ega bo'lib,
maslahatlarga quloq solishmaydi.
O'zlariga ishonishadi, qadrlarini
bilishadi. Shu yilda tug'ilgan
erkaklar ayollarga befarq
bo'lishmaydi. Muhabbat onlarida
hamma narsani unutishadi.
Xizmat vazifalarini ado etganda,
boshqa hamma sohada bor kuch
va ehtiroslarini kuchga solishga
harakat qilishadi. Ishq-muhabbat
yo'lida hamma narsadan voz
kechishlari mumkin. Shu bois
boshlab qo'ygan ishlarida
muvaffaqiyatsizlikka uchraydi,
agar bularni yengsa baxtli
bo'lishi mumkin. Oila qurgach,
uyda doimo diqqat markazida
bo'lishadi. Ular ko'zdan g'oyib
bo'lishlari bilanoq, oilaning baxt-
saodati puchga chiqadi. Ba'zilari
oilani yoshlikdan tashlab
ketishlari mumkin. His-tiyg'ular
sohasida ularning hayoti
jo'shqindir. Keksaygan
chog'larida tinch-xotirjam kun
kechirishadi.
QO'Y YILI
Qo'y (1919, 1931, 1943, 1955,
1967, 1979, 1991, 2003, 2015-
yilda tug'ilganlar uchun)
Ushbu yilda tug'ilganlar nafis
san'at sohibidirlar. Ularning
qaddi-qomati kelishgan, istarasi
issiq va tabiat shaydolaridir.
Xulq-atvori yoqimli, gap-so'zi,
o'zini tutishi oqilona, shunday
bo'lsa-da tabiatan injiq,
xardamxayol. hamisha
nimadandir zorlanib yashashadi.
Odatda xudojo'y bo'lib, turli
xayoliy va o'ta tabiiy narsalarga
qiziqishadi. Bular rahmdil va
muhtojlarga yordam beruvchi
yaxshi kishilardir. Ammo baham
ko'rmoqchi bo'lgan narsalari
o'zlariga tegishli bo'lmaydi.
Ularda xususiy mol-mulkka hech
qanday havas yo'q. Hayot
kechirishlari ko'pincha
omadlariga bog'liq bo'ladi.
Javobgarlik hissi ularga begona,
tashabbus ko'rsatishni yomon
ko'rishadi. Ularda did va iste'dod
bor. Ammo rahbarlikni eplay
olishmaydi. Bir paytning o'zida
texnik va artistlik mahorati
qo'shib borib olinadigan ishlarni
qoyil qilib bajarishadi. Lekin hech
qachon asosoiy vazifani
bajarishmaydi. Gaplari ko'pincha
poyma-poy bo'lib, o'z fikrlarini
qiynalib tushuntirishadi, goh tez,
goh sekin ba'zan duduqlanib
gapirishadi. Hayotlari davomida
ko'plab ishq-muhabbat
muammolariga duch kelishadi.
Ulardan biri fojea bilan tugashi
mumkin. Yetuklik davri yoshlik
va keksayganlariga qaraganda
yaxshi kechadi. Shuni esda
tutish kerakki, moddiy jihatdan
g'am-tashvishi yo'q,
maslahatgo'ylari bor bo'lgan
"quling o'rgilsin o'tloqda" "QO'Y"
ning omadi yurishadi.
MAYMUN YILI
Maymun (1920, 1932, 1944,
1956, 1968, 1980, 1992, 2004,
2016-yilda tug'ilganlar uchun)
Bu muchalda tug'ilganlar
ko'ngliga kelgan ishni qiluvchi,
ishonchga sazovor bo'lmagan va
ters odamlardir. Biroq ular epchil,
aqlli, topqir bo`lib, eng qiyin
muammolarni ham osonlik bilan
hal etishadi. Ayni paytlarda ular
quv va makkordir, shu bois ular
bilan doim hushyor bo`lib
muomala qilish kerak. Ularning
kirishimliklari va hatto har
qanday xizmatga bel bog`lab
turishlari ham munofiqonadir,
aslida esa o`z manfaatini o`ylab
shunday qilishadi. Shuningdek,
ular xushchaqchaq va iltifotli
bo`lb, boshqalar to`g`risidagi
yurakni ezadigan fikr-
mulohazalarini soxta
xushmuomalaliklari bilan
yashiradilar. Ular o`z
faoliyatlarini avj oldira
olmaydigan deyarli birorta soha
yo`q. Bo`layotgan voqealardan
hamisha xabardor. Xotiralari
judayam kuchli bo`lib, ko`rgan
yoki eshitgan narsalarining
mayda-chudasigacha
unutishmaydi. Barcha ishlari
betartibligi uchun ham ularga
xotira zarur. Ular juda hovliqma
bo`lib, hamma ishni shu
zahotiyoq amalga oshirib qo`ya
qolishni xohlashadi. Arzimas
to`siq ham ularning dilini xira
qilib, rejalarini buzib yuborishi
mumkin. Biror ishni
boshlamasdan turib, shu
zahotiyoq uning bahridan
o`tishlari mumkin, ko`pchiligi
qat'iyatsizligi va hatto
qo`rqoqligi bilan ajralib turishadi.
Ularning har qanday mushkul
ahvolga tushib qolganlarida
ham, unga chap berib qutilib
ketishlarini munosib baholash
darkor. Ular o`z xohishlarini
amalga oshiradilar. Amalparastlik
qonlarida bor. Hech ikkilanmay,
hatto vijdonsizlik bilan bo`lsa-da,
o`z niyatlariga erishishga
qodirlar. O`z hafsalalariga qarab
ish qilishsa, ko`pincha nom
chiqarishadi. Faqat ular
odamlarga malol kelishi mumkin
bo`lgan
mahmadonagarchiliklardan
o`zini tiyishi lozim. Garchi ba'zi
qiyinchilklar bo`lib yursa,
umuman olganda, iqtisodiy
jihatdan yaxshi yashashadi.
Ishq-muhabbat bobida baxtga
erishishlari qiyin. Chunki ular
ehtirosli bo`lib, juda tez oshiq
bo`lib, ko`p ma'shuqalaridan
ko`ngillari sovib, boshqasini
qidirishga tushishi mumkin.
XO`ROZ (TOVUQ) YILI
Xo'roz (Tovuq) (1921, 1933,
1945, 1957, 1969, 1981, 1993,
2005, 2017-yilda tug'ilganlar
uchun)
Bu yilda tug`ilgan odamlarga
jur'at, dovyuraklik xos. Bular
chuqur fikrlovchi va istedodli
shaxslardir. Mehnatsevar va o`z
ishlariga jon dillari bilan
berilishadi. Qurbilari yetmasa
ham, har qanday majburiyatni
bajarishga kirishadi. Mabodo
muvaffaqiyatsizlikka uchrashsa,
dillari judayam siyox bo`ladi.
Nima o`ylasalar, shuni ro`y-rost
gapiradilar. Bu esa, ko`pincha,
ularning haddan tashqari to`g`ri
so`zligidan o`zini chetga
tortuvchilar bilan to'qnashuvga
olib boradi. Savlat to'kib yurishni
yaxshi ko'rishadi, yon-
atrofdagilar e'tibor berishi
uchun did bilan kiyinadilar.
Ammo, aslini olganda, ular
o'zlariga zarar yetkazishlariga
qaramay, mutaassibdirlar.
Odatda, o'zlarini mutlaqo laqma,
deb o'ylshadi, ayni paytda
qilayotgan ishlarinining
mohiyatini yaxshi bilishadi.
O'zlariga bino qo'yishlarining
sababi ham shunda. Haqiqatdan
xam, ko'pincha haq bo'lib
chiqishadi. Aql-zakovatlari
tevarak-atrofdagi odamlarda
ularga nisbatan qiziqish
uyg'otadi. Biroq ularning
ko'pchiligi maqtanchoqligi bilan
darrov ixlosni qaytaradi.
Qo'lidan keladigan ishdan ko'ra
ko'proq gapiradilar. Aksariyat
hollarda, ishqiy dilkashliklariga
nisbatan, ko'proq yoqimli
qiyofalari bilan ko'zga
tashlanishadi. Ba'zan
dangasalikka moyillik
bildirishadi. Lekin, aslida,
ularning faol bo'lishi uchun
hamma asos bor. Pul ularga o'z-
o'zidan kelavermaydi-o'zini
ta'minlashi uchun ishlashi lozim.
Agar ular qatiyat ko'rsatib, o'z
dangasaliklarini yenga olsalar,
mol-dunyo bilan ta'minlanishadi.
Ammo ular mabodo dangasaligu
orzu-xayolloariga berilishni
o'zlariga ep ko'rsalar, bu ularning
xonavayron bo'lishlariga, obro'-
etiborlarini yo'qotishlariga,
boshlagan hamma ishlarini
puchga chiqishlariga olib keladi.
Ishq-muhabbat bobida hayotlari
ancha mashaqqatli kechadi,
sevgan kishilarini qo`lga olmoq
va qo`ldan chiqarmaslik uchun
ko`pdan-ko`p kuch-g`ayrat
sarflashadi. Ular kambag'allikdan
boylikkacha, yuksak
muhabbatdan tubanlikkacha
bo'lgan yo'lni bosib o'tishadi.
Keksayganlarida baxtli
yashashadi.
IT YILI
It (1922, 1934, 1946, 1958,
1970, 1982, 1994, 2006, 2018-
yilda tug'ilganlar uchun)
Ushbu yilda tug'ilgan odamlarga
eng yaxshi insoniy xislatlar xos.
Ular sodiq va sofdilligi, sir saqlay
olishi bilan o'zlariga nisbatan
ishonch uyg'otishadi. Bundan
tashqari ular hazil-mutoyiba
tuyg'usiga ega, mayda
gaplardan uzoq. Haddan tashqari
o'jar va tez-tez surbetlik
darajasigacha borishadi.
Ularning sovuq gaplar bilan fikr
bildirishga, o'rinli va o'rinsiz
tanqid qilishga, hamma narsadan
kamchilik topishi sezilib turadi.
Har qanday nohaqlik ularda
norozilik uyg'otadi va to uni
bartaraf etmaguncha
tinchishmaydi. Boshqalar uchun
qo'llaridan kelgan ezgu ishni
qilishadi. Atrofidagi kishilar
ularni munosib ravishda hurmat
qilishadi. Ular faqirlikda
yashaydilarmi, farovon hayot
kechirishadilarmi, bundan qat'iy
nazar, aqlga qarab ish tutadilar.
Moddiy jihatdan to'kin
yashamasalar ham qanoatlidirlar.
Biroq ularga pul zarur bo'lib
qolsa, uni osongina topisha
oladi. Odatda, ulardan ajoyib
rahbarlar va faol jamoat
arboblari yetishib chiqadi. Ular
ko'pincha gapga no'noq, ba'zan
o'z fikr-mulohazalarini qiynalib
bayon etishadi. Lekin aqllari raso,
ziyraklik bilan gapga quloq solib
turadilar. Sevgi-muhabbat
bobida pok va farosatlidir. Ularni
adolat uchun kurashda katta
sarguzasht va qizg'in olishuvlar
kutadi.
TO`NG`IZ YILI
To'ng'iz (1923, 1935, 1947,
1959, 1971, 1983, 1995, 2007,
2019-yilda tug'ilganlar uchun)
Bu muchalda tug'ilganlarni
mardonovor fe'l-atvori, odob-
nazokat, xizmatga shaylik, nozik
tabiatlilik xulqlari bor. Ularga
hech ikkilanmay ishonish
mumkin, Ular faqat to'g'ri yo'lni
tanlashadi. Ular vijdonli va mard
kishilardir. Boshqa kishilar bilan
til topishishi qiyin. Lekin
do'stlarini hurmat qiladi. To'ng'iz
yilida tug'ilganlar kundalik
harajatlari uchun kerakli
mablag'ni topa olishadi. Ammo
beg'amliklari tufayli ishlari
yomon tus olishi mumkin. Ular
beg'am ko'rinsalar-da, aslida
irodali va o'jardirlar. O'ylagan
niyatlatiga erishish uchun bor
kuchini ishga solishadi. Tabiatan
baquvvatlar, ularning kuchiga
hech kim bas kelolmaydi. Biroq
biror qarorga kelishdan oldin
uning "yaxshi va yomon"
tomonlarini uzoq qiyoslashadi,
shunday kezlarda yon-beridagi
kishilar nazarida ular nima
qilishni bilmayotgandek
tuyulishadi. Haqiqatda esa
bunday emas, ular o'z ishini juda
yaxshi bilishadi, faqat ishni
murakkablashtirmaslik, gohida
unga zarar yetkazmaslik uchun
uzoq vaqt mulohaza yuritishadi.
Ushbu yilda tug'ilgan ayollar
sovg'a-salom qilishni, shod-
xursandchilikni xush ko'rishadi.
Ular yaxshi ona va oqilona uy
bekasidirlar