18 авг 2013

Ikkinchi sinfda ta'lim olayotgan 7-8 yoshlar

atrofidagi bolakay muzqaymoq yeyish uchun
kafega kirdi... Uning yoniga xizmat körsatish
uchun ofitsiantka qiz keldi. Bolakay: "Shokoladli
muzqaymog'iz bormi?" Qiz: "Hа bor, 1000 söm
turadi" Bolakay hisob-kitob, qöshish-ayirishni
endigina örganayotgan edi. U bolalarcha soddalik
bilan qizdan söradi: "1000 söm pulim bor edi,
ammo arzonroq muzqaymog'iz yöqmi?" Qizning
jahli chiqdi, asabiy ovozda bolakayni jerkidi:
"Bunchа ziqnа bola bölmasang, puling bölmasa
senga kafeda muzqaymoq yeyishga nima bor...?
800 sömlik muzqaymoq bor, shu böladimi?"
Bolakay: "Hа böladi, öshanisidan beraqoling",-
deya jilmaydi. Oradan biroz vaqt ötgach, bolakay
muzqaymoqni yeb tugatdi va chiqib ketdi.
Ofitsiantka stolni yig'ishtirgani kelganida stol ustida
turgan 200 söm pulga va bir parcha qog'ozga közi
tushdi. Qog'ozda shunday yozilgandi:
"1000-800=200 Opajon, bu 200 söm sizga, yaxshi
xizmat qilganiz uchun rahmat..." Bolakay
ofitsiantka qizga choy-chaqa berish uchun
arzonroq muzqaymoq buyurtma qilgandi. Lekin
qiz uni tushuna olmagandi. Qiz kulib turgan
bolakay qiyofasini köz öngiga keltirdi- yu öz
qöpolligidan yig'lab yubordi....

Комментарии

Комментариев нет.