Mayli shamollar sochim to'zg'itsin,

Mayli men roziman alamlarga ham,
Ishongan do'stlarim mayli unutsin,
Ammo onam borku, mehribon onam.
Mayli shamollar sochim to'zg'itsin,
Tayyorman chaqmoqning changallariga,
Ishongan insonim mayli unutsin,
Tayyorman dunyoning janjallariga.
Axir onam borku mehribon onam,
Yomg'ir do'llariga eng yaxshi qalqon,
Ziyoga burkanar qorong'u olam,
Onamdir dunyoda eng aziz inson.

Комментарии

Комментариев нет.