Eng yorug' yulduzdan seni so'raymen.Ul yulduz uyalib, boshini bukib,Aytadir:"Men uni tushda ko'ramen.Tushimda ko'ramen, shunchalar go'zal,Bizdan-da go'zaldir, oydan-da go'zal!.."Ko'zimni olamen oy chiqqan yoqqa,Boshlayman oydan-da seni so'rmoqqa,Ul-da aytadirki:"Qizil yong'oqqaUchradim tushimda, ko'milgan oqqa.Oqqa ko'milganda shunchalar go'zal,Mendan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!.."Erta tong shamoli sochlarin yozib,Yonimdan o'tganda so'rab ko'ramen.Aytadir:"Bir ko'rib, yo'limdan ozib,Tog'u toshlar ichra istab yuramen!Bir ko'rdim men uni - shunchalar go'zal,Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!.."Ul ketgach kun chiqar yorug'liq sochib,Undan-da so'raymaen sening to'g'ringda.Ul-da uyatidan berkinib, qochib,Aytadir:"Bir ko'rdim, tushdamas o'ngda.Men o'ngda ko'rganda shunchlar go'zal,Oydan-da go'zaldir… mendan-da go'zal!.."Men yo'qsil na bo'lub uni suyibmen?!Uning-chun yonibmen, yonib-kuyubmen.Boshimni zo'r ishga berib qo'yubmen,Men suyub…men suyub…kimni suyubmen?Men suygan "suyukli" shunchalar go'zal,Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!!!"
Ajoyib sherlar!
:Mirzohid BAXSHILLOYEV
Qorong'u kechada ko'kka ko'z tikib,
Eng yorug' yulduzdan seni so'raymen.
Ul yulduz uyalib, boshini bukib,
Aytadir:"Men uni tushda ko'ramen.
Tushimda ko'ramen, shunchalar go'zal,
Bizdan-da go'zaldir, oydan-da go'zal!.."
Ko'zimni olamen oy chiqqan yoqqa,
Boshlayman oydan-da seni so'rmoqqa,
Ul-da aytadirki:"Qizil yong'oqqa
Uchradim tushimda, ko'milgan oqqa.
Oqqa ko'milganda shunchalar go'zal,
Mendan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!.."
Erta tong shamoli sochlarin yozib,
Yonimdan o'tganda so'rab ko'ramen.
Aytadir:"Bir ko'rib, yo'limdan ozib,
Tog'u toshlar ichra istab yuramen!
Bir ko'rdim men uni - shunchalar go'zal,
Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!.."
Ul ketgach kun chiqar yorug'liq sochib,
Undan-da so'raymaen sening to'g'ringda.
Ul-da uyatidan berkinib, qochib,
Aytadir:"Bir ko'rdim, tushdamas o'ngda.
Men o'ngda ko'rganda shunchlar go'zal,
Oydan-da go'zaldir… mendan-da go'zal!.."
Men yo'qsil na bo'lub uni suyibmen?!
Uning-chun yonibmen, yonib-kuyubmen.
Boshimni zo'r ishga berib qo'yubmen,
Men suyub…men suyub…kimni suyubmen?
Men suygan "suyukli" shunchalar go'zal,
Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!!!"