22 դկտ 2013

Ipoteka krediti

«Asaka» bank tizimida ipoteka kreditlari, doimiy ish joyiga, yashash joyidan ro’yhatdan o’tgan va o’z faoliyati natijasida olingan daromadga va boshqa daromadlarga ega bo’lgan, O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi.
Kredit olish shartlari:
1. Kredit miqdori:
yakka tartibda qurilgan uy-joyni rekonstruksiya qilish, ko’p qavatli uylardan honadon sotib olish uchun qonun-hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 2 500 baravarigacha;
yakka tartibdagi uy-joy qurilishi va sotib olish uchun-qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 3 000 baravarigacha;
2. Kredit muddati 15 yilgacha;
3. Kredit ustama foizi;
Umumiy tartibda — yillik 18%
Yosh oilalarga — 3 yillik imtiyozli davri bilan yillik 12%;
4. Kredit ta’minoti — sotib olinayotgan uy-joy va /yoki boshqa likvid ta’minot turlari;
5. Mijozning loyihadagi ishtiroki qurilayotgan, sotib olinayotgan yoki ta’mirlanayotgan turar joyining 25% idan kam bo’lmagan qismni tashkil qilishi lozim;
6. Yakka tartibdagi uy-joy yoki ko’p qavatli uylardan xonadon sotib olish uchun ipoteka krediti ajratishda bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
So’ralayotgan kredit summasini ko’rsatgan holda kredit olish uchun ariza;
Sotuvchining uy joyga bo’lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalarini ilova qilgan holda sotiladigan yakka tartibdagi uy-joy yoki xonadonning kelishilgan qiymati ko’rsatilgan oldi-sotdisi to’g’risida dastlabki shartnoma;
Sotuvchi, qarz oluvchi va shu bitim bilan bog’liq bo’lgan boshqa shaxslarning passport nushalari;
Qarz oluvchining daromadlari to’g’risidagi ohirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan ma’lumotnoma;
Qarz oluvchining nomiga ochilgan jamg’arma omonatiga joylashtirilgan mablag’ni tasdiqlovchi bankning ma’lumotnomasi (bankning tegishli xisob raqamidan ko’chirimasi);
Qarz oluvchining oilasi tarkibi to’g’risida yashash joyidan ma’lumot;
Sotib olinayotgan yakka tartibdagi uy-joy yoki ko’p qavatli uydagi xonadonning qiymati bo’yicha mustaqil baholovchining baxolash hisoboti;
Zarur holatlarda bank qarz oluvchidan qo’shimcha hujjatlarni talab qilish huquqiga ega.

Մեկնաբանություններ

Մեկնաբանություններ չկան: