Ustozim deganing she'rfurush chiqsa,

Sevganim deganing erfurush chiqsa,
Sultonim deganing elfurush chiqsa ,
Chidagin bolam - ey, chidagin !
Dardlaring tananga joylansin,
Chidagin bolam - ey , chidagin...
Ohlaring qo'shiqqa aylansin ,
Chidagin bolam - ey, chidagin !
Donolar qorani oppoq desalar,
Shoirlar haromni , shu pok desalar,
Qo'rqsalar, dushmanni o'rtoq desalar,
Chidagin bolam - ey, chidagin,
Dardlaring tananga joylansin,
Chidagin bolam - ey, chidagin.
Ohlaring qo'shiqqa aylansin !!!

Комментарии

  • 20 дек 2020 12:45
    Shu sher Kimni sheri sherni nomi nima