Sevganimni

dunyo bilsa ham,
Dushmanlarim g'iybat qilsa ham.
So'zlarimga g'ashing kelsa ham,
Seni juda sog'inib ketdim.
Bo'lsang hamki yonimda meni,
Yonimdamas jonimda meni.
O'tgan har bir onimda meni,
Seni juda sog'inib ketdim.
Ishqing bilan yonar yuragim,
Baxt-u-tole sizga tilagim.
Bo'lmasada senga keragim,
Seni juda sog'inib ketdim.

Комментарии

Комментариев нет.