Yigit - Allo...
Qiz - Tinchlikmi?
Yigit- Nima tinchlikmi?
Qiz - Kechasi soat ikki yarimda telefon qilayapsiz?
Yigit - Baribir uxlamayapsan-ku.
Qiz - Ha, lekin uxlashim mumkin
edi.
Yigit - Mumkin edi…
Qiz - Nega qo'ng'iroq qildingiz?
Yigit - Senda birgina savol… Menda bo'lsa qancha javobsiz qolgan savollar bor, bilasanmi?
Qiz - Bilishni xohlamayman...
Yigit - Qaysar!
Qiz - Hammasiga meni ayblamang. Endi kech, hammasi tugagan…
Yigit - Lekin sen hozir ovozimni eshitishni xohlayotganding…
Qiz - Umuman unaqa emas. Qayerdan oldingiz bu gapni?
Yigit - O'zing xohlamaganingda va notanish raqamdan qo'ng'iroq bo'lsa ko'tarmasding-ku.
Qiz- Hammasi o'zgargan…
Yigit - Sen o'zgarmaysan, saqichni qo'y.
Qiz - Hali chaynamadim-ku.
Yigit - Qo'y dedim!
Qiz - Qo'ydim...
Yigit - Meni unutish uchun qilgan hamma harakatlaring bekor ketdi, shunaqami?
Qiz - Siz menga azob berish uchun telefon qildingizmi?
Yigit - Savolga savol bilan javob berishing...Savolga javob ber?
Qiz - ... Ha.
Yigit - Hozir nimani xohlayapsan?
Qiz - Nima farqi bor endi... Baribir iloji yo'q
Yigit - Aniqmi?
Qiz - Tiniq...
Yigit - Derazangni och!
Qiz - Ochdim.
Yigit - Ko'rmayapsanmi?
Qiz - A?Voy...Nega?
Yigit - Nega... nega keldimmi? Seni ovozingni eshitgim, yuz-ko'zingni ko'rgim keldi... Sog'indim… Bilasanmi, ikki oy oldingi suhbatimiz, bu ahmoqona xato edi. Sening aybing yo'q edi, aksincha, hammasi meni aybim bilan bo'ldi... Buni tan olaman. Negaki sen mening hayotim mazmunisan. Sensiz men hech kimman.
Qiz - ...
Yigit - Nega yig'layapsan?
Qiz - Sog'indim...
Yigit - Bu yoshlar "sog'indim"dan ko'proq...
Qiz - To'g'ri...
Yigit - Meni kechir...Yoningga qaytishimga ruhsat ber.
Qiz - Sizdan qochib qayoqqa ham ketardim…
Yigit - Tabassumingni
sog'ingandim... =)
Qiz - Nega oldinroq kelmadingiz?
Yigit - Yoningga yo'latmas eding.
Qiz - Qayerdan bilasiz, balki...
Yigit - Men hamma narsani bilaman.Ayniqsa seni.
Qiz - Nima men sizga kino yoki kitobmanmi.
Yigit - Yo'q, shunchaki meni hayolim har doim senda. =)
Qiz - ...
Yigit - Endi kirib yot, boshqa hech qachon ketmayman yoningdan.=)
Qiz - Haydasamchi?
Yigit - Haydasang ham!
undan azob emasroxat oing
afsuslanmen nima bolsa xam yaxshlikga