Siz ayolsiz, shirin sõzli, muloyim. - 817521034669

Siz ayolsiz, shirin sõzli, muloyim.

Latofatni bergan sizga Xudoyim.
Yuzingizdan Oyham boqib uyalar,
Zuhro yulduz havas bilan mõralar.
Muxabbatda sadoqatli, hayoli,
Muqaddassiz Õzbek qizi, ayoli.
Siz ayolsiz Momo Havo naslidan,
Ochilasiz kelsa bahor faslidan,
Ishq bog'ida yigitlarni hayoli,
Muqaddassiz Õzbek qizi, ayoli.
Sizga ochiq Jannatni ham eshigi,
Qõlingizda baxtli hayot beshigi,
Alla aytib mehr ila boqasiz,
Murg'ak qalbga oq sut bõlib oqasiz.
Dardga malxam bõlgan mexri giyoli
Muqaddassiz Õzbek qizi, ayoli!

Комментарии

Комментариев нет.