Allo, adasi

bizani
qachon
obketishga kelasiz? -Mana
ketyapman jonim, bir soatlarda
yetib boraman. Qizalog'imiz
yaxshimi a? -Hm, uxlayapti. Mayli,
tezroq keling.-Xop böladi. Siz
nima desez shuda. Ruxsora
telefonni öchirib belanchakda
maza qilib uxlab yotgan bir
xaftalik qizalog'iga jilmayib qarab
qoldi. Keyin tug'ruqxona
derazasidan xovlidagi chiroyli
mashinada tantana b-n uylariga
ketayotgan yosh er-xotinlarga
termulib qoldi. Doston hali qizini
körmagandi. Ruxsorani tölg'oq
tutganida Doston ish b-n xorijga
ketgandi. Bugun uchib keldi.
Ruxsora shularni öylab
qizalog'ining shamollab
qolmasligi u-n derazani
mahkamlab yopib qöydi.
Kravatiga chözilib közi ilindi. Bir
soatlar ötgach eshik taqilladi.
Uyg'ongan Ruxsora Doston
kelganini sezib eshikni ochdi.
Chindan qarshisida eri turardi.
Körishishdi. "Mening shirin
qizalog'im qani a? Uni tezroq
köray" shoshilardi Doston.
Belanchakda uxlayotgan
chaqaloqni sekin qöliga oldi,
peshonasidan öpib qöydi. "Buni
qara Ruxsor, men ham ota
böldim. Qizimiz xuddi senga
öxsharkan, biram chiroyli"
Ruxsora chetdan ularni kulib
kuzatib turardi. Keyin telefoni
jiringlab qoldi. Singlisi ekan,
uxlayotgan qizchani uyg'otib
yubormaslik u-n karidorga
chiqdi: "Allo" "Allo..opa..." "Ha,
eshitaman..." "Allo opa... Yomon
xabar..." "Nima böldi?
Gapirsangchi!" "Pochcham...
Pochchamlarni mashinalari
avariya bölibdi". "Hey, nimalar
deyapsan? Esing joyidami?" "Ha,
hozir yarim soat oldin... Kasalxona
yaqinida...pochcham mashina
ichida bölganlar" "Yöq,
jinnimisan? Pochchang shu
yerda. Mana hozir telefonni
özlariga beraman...." Ichkariga
kirgan
Ruxsoraning qölidan telefon
tushib ketdi. Palatada Doston yöq
edi. Belanchakda qizaloq sokin
uxlab yotar, xona derazasi esa
lang ochiq edi....

Комментарии

Комментариев нет.