Yer, asosan, qattiq tog’ jinslaridan tarkib topgan ulkan shar yoki sferadir. Yerning yadrosi ham qattiqdir, chunki ichki jinslar juda katta bosim ostida turadi. Buni batafsilroq ko’rib chiqaylik. Zamonaviy kosmogonik tasavvurlarga ko’ra, Yer bundan, taxminan, 5 milliard yil muqaddam birlamchi Quyosh sistemasidagi tarqoq gaz — chang moddasidan paydo bo’lgan. Yerning gravitatsion maydoni ta'sirida uning geosferasi — yadro (markazda), mantiya, Yer qobig’i, gidrosfera, atmosfera — tashkil bo’ldi. Yer qobig’i, mantiya va yadroning ichki qismi qattiqdir (yadroning tashqi qismi suyuqdir). Yer yuzasi, ya'ni qobiqning qalinligi 18—50 kilometrdir, u tog’ jinslaridan tarkib topgan. U «litosfera» ham deb ataladi. Qobiqning ustki qismi qit'alardir. Undagi chuqurliklar dengiz va okeanlar, quruqlik ichkarisidagi dengiz va ko’llar suvi bilan to’lib qolgan. Yer yuzasidagi barcha suvlar «gidrosfera» deb ataladi. Inson shu vaqtgacha Yer qobig’ining faqat eng ustki qismini o’rganishga muvaffaq bo’ldi, shuning uchun ham uning ichki qismi qanday ekanini aytolmaymiz. Quduq va shaxtalar qazilganda, pastga engan sayin temperatura ham ortib borishi ma'lum bo’ldi. Temperatura, taxminan, har 40 metrda bir daraja yuqorilab boradi. Chuqurlik Yer yuzasidan 3,5 km.ga yetganda, temperatura suvni qaynatadigan darajaga ko’tariladi. Zilzilalarni tadqiq qilish olimlarga Yerning tuzilishini o’rganishda qo’l keldi. Ularning fikricha, katta chuqurlikda temperatura Yer qobig’idagiga o’xshash tez ko’tarilib bormaydi. Shuning uchun ham ular Yerning yadrosidagi issiqlik Selsiy shkalasi bo’yicha 5000—6000 darajadan oshmaydi, deb hisoblashadi. Bu juda baland temperatura ekanligi shubhasiz, chunki Selsiy shkalasi bo’yicha 1200 daraja issiqlikda tog’ jinslari erib ketadi. Yer qobig’i ikki qatlamdan iborat. Qit'alarga asos bo’lib xizmat qiladigan ustki qatlam granitdan tarkib topgan. Granit qatlami ostida «bazalt» deb ataluvchi o’ta qattiq jinsdan iborat keng qatlam bor. Olimlarning fikricha, Yer markazida diametri, taxminan, 6370 km bo’lgan ulkan yadro joylashgan. Markaziy yadro bilan qobiq o’rtasida qalinligi 3,5 ming km.ga yaqin bo’lgan «mantiya» deb ataluvchi qatlam joylashgan. Mantiya tarkibida qoyalarga o’xshash «olivinlar» (sarg’ish yashil yoki sariq rangli mineral) deb ataluvchi jinslar bor.
BILASIZMI ?!
:晓风 China
Yerning tuzilishi haqida nimalar bilamiz?
Yer, asosan, qattiq tog’ jinslaridan tarkib
topgan ulkan shar yoki sferadir. Yerning
yadrosi ham qattiqdir, chunki ichki jinslar juda
katta bosim ostida turadi.
Buni batafsilroq ko’rib chiqaylik. Zamonaviy
kosmogonik tasavvurlarga ko’ra, Yer bundan,
taxminan, 5 milliard yil muqaddam birlamchi
Quyosh sistemasidagi tarqoq gaz — chang
moddasidan paydo bo’lgan. Yerning
gravitatsion maydoni ta'sirida uning geosferasi
— yadro (markazda), mantiya, Yer qobig’i,
gidrosfera, atmosfera — tashkil bo’ldi. Yer
qobig’i, mantiya va yadroning ichki qismi
qattiqdir (yadroning tashqi qismi suyuqdir). Yer
yuzasi, ya'ni qobiqning qalinligi 18—50
kilometrdir, u tog’ jinslaridan tarkib topgan. U
«litosfera» ham deb ataladi. Qobiqning ustki
qismi qit'alardir. Undagi chuqurliklar dengiz va
okeanlar, quruqlik ichkarisidagi dengiz va
ko’llar suvi bilan to’lib qolgan. Yer yuzasidagi
barcha suvlar «gidrosfera» deb ataladi.
Inson shu vaqtgacha Yer qobig’ining faqat eng
ustki qismini o’rganishga muvaffaq bo’ldi,
shuning uchun ham uning ichki qismi qanday
ekanini aytolmaymiz.
Quduq va shaxtalar qazilganda, pastga engan
sayin temperatura ham ortib borishi ma'lum
bo’ldi. Temperatura, taxminan, har 40 metrda
bir daraja yuqorilab boradi. Chuqurlik Yer
yuzasidan 3,5 km.ga yetganda, temperatura
suvni qaynatadigan darajaga ko’tariladi.
Zilzilalarni tadqiq qilish olimlarga Yerning
tuzilishini o’rganishda qo’l keldi. Ularning
fikricha, katta chuqurlikda temperatura Yer
qobig’idagiga o’xshash tez ko’tarilib bormaydi.
Shuning uchun ham ular Yerning yadrosidagi
issiqlik Selsiy shkalasi bo’yicha 5000—6000
darajadan oshmaydi, deb hisoblashadi. Bu juda
baland temperatura ekanligi shubhasiz, chunki
Selsiy shkalasi bo’yicha 1200 daraja issiqlikda
tog’ jinslari erib ketadi.
Yer qobig’i ikki qatlamdan iborat. Qit'alarga
asos bo’lib xizmat qiladigan ustki qatlam
granitdan tarkib topgan. Granit qatlami ostida
«bazalt» deb ataluvchi o’ta qattiq jinsdan
iborat keng qatlam bor. Olimlarning fikricha,
Yer markazida diametri, taxminan, 6370 km
bo’lgan ulkan yadro joylashgan. Markaziy yadro
bilan qobiq o’rtasida qalinligi 3,5 ming km.ga yaqin bo’lgan «mantiya» deb ataluvchi qatlam
joylashgan. Mantiya tarkibida qoyalarga
o’xshash «olivinlar» (sarg’ish yashil yoki sariq
rangli mineral) deb ataluvchi jinslar bor.