Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri yaqinida 5-aprel, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan 17:11 da, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 5,2 magnitudali zilzila yuz berdi.
Bu haqda “Toshkent” markaziy seysmostansiyasi “Daryo”ga ma’lum qildi. Skrinshot: Google Maps Xabar berishlaricha, zilzila epitsentri Toshkent shahridan 420 kilometr janubi-g‘arbiy yo‘nalishda joylashgan. Zilzila kuchi Toshkent shahrida sezilmagan. Ayni vaqtda, Termiz va Navoiy shaharlarda 2 ballik, Jizzax shahrida 3 ballik, Samarqand va Qarshi shaharlarida esa 3—4 ballik yerosti silkinishlari sezilgan. Zilzila natijasida yuz bergan vayronagarchiliklar va jarohat olganlar haqida axborot yo‘q
Dunyo yangiliklari
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri yaqinida 5-aprel, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan 17:11 da, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 5,2 magnitudali zilzila yuz berdi.
Bu haqda “Toshkent” markaziy seysmostansiyasi “Daryo”ga ma’lum qildi.
Skrinshot: Google Maps
Xabar berishlaricha, zilzila epitsentri Toshkent shahridan 420 kilometr janubi-g‘arbiy yo‘nalishda joylashgan. Zilzila kuchi Toshkent shahrida sezilmagan.
Ayni vaqtda, Termiz va Navoiy shaharlarda 2 ballik, Jizzax shahrida 3 ballik, Samarqand va Qarshi shaharlarida esa 3—4 ballik yerosti silkinishlari sezilgan.
Zilzila natijasida yuz bergan vayronagarchiliklar va jarohat olganlar haqida axborot yo‘q