6 июл 2014

Boy bo'lish uchun

qanday fikrlash lozim?.. Amerikalik psixolog olim Xarv Eker
uzoq kuzatishlar olib borib Boy
insonlar, O’rtahol va Kambag’allar
o’rtasidagi psixologik farqni o’rganadi.
U o’ziga savol beradi:Boy insonni nima
boy qiladi, Kambag’alni nima kambag’al qiladi.Xarv Eker, uzoq vaqt
psixologik so’rovlar va tadqiqotlari
natijasida shu narsa malum
bo’ldiki.Insonning millioner yoki
kambag’al bo’lishi uning mehnatiga
yoki bilimiga bog’liq EMAS ekan. Unda nimaga bog’liq? Insonning
Psixologiyasiga ya’ni Qanday
fikrlashiga bog’liq ekan. U quyidagicha misol keltiradi. Masalan:
Agar butun dunyo xalqini hamma
boyligini tortib olsak, ya’ni barcha
boylarning ham kambag’alning ham
barcha mol mulkini tortib olaylik-da,
keyin qaytadan butun aholiga teng taqsimlab beraylik.Nima bo’lar ekan ?!
Albatta, avvalgi boylar yana boy
bo’ladi. Avvalgi kambag’allar yana
kambag’al bo’ladi.
BUNGA SABAB NIMA?! Psixolog shunday xulosaga keladiki,
boylar kabi fikrlash insonni boy qiladi
Kambag’al kabi fikrlash insonni
kambag’al qiladi. Kambag’al va o’rtahol insonlar odatda
fikrlashlari o’xshash bo’ ladi.Va bunday fikrlash ularni kambag’al
bo’lishiga yoki o’rtahol bo’lishiga
sababdir.Millionerlar, Boylar (Manaviy
va aqliy tomondan boy) kishilarning
bunday bo’lishiga sabab esa ularni
fikrlashi ekan. Inson o’z psixologiyasini ya’ni
fikrlashini o’zgartirsa, u o’z hayotini
ham o’zgartiradi. 1-fikrlash usuli: Boy insonlar Har bir
narsadaning foyda tomonini ko’radi.
Kambag’al esa har narsaning salbiy
tomonini ko’radi.
Boy: Ko’lmakda oyni
ko’radi,Kambag’al: Ko’lmakda loyni ko’radi. 2-fikrlash usuli: Boy insonlar Pulni
ko’proq topish va jamlashni o’ylaydi.
Kambag’al insonlar Pulni ko’proq
sarflashni o’ylaydi. 3-fikrlash usuli: Boy insonlar doim ilm
olishga yangiliklarni bilishga intiladi.
Kambag’al insonlar hamma narsani
bilaman deb o’ylaydi. 4-fikrlash usuli: Boy isnonlar qilgan
MEHNATI va NATIJASIGA qarab
daromad ko’rishni maqul ko’radi.
Kambag’al insonlar ishlagan VAQTIGA
yarasha pul topishni maqul ko’radi. 5-fikrlash usuli: Boy insonlar
muvaffaqiyatli kishilarga havas qiladi.
Kambag’al insonlar muvaffaqiyatli
kishilarga hasad qiladi. 6-fikrlash usuli: Boy insonlar boy
bo’lish uchun tinmay mehnat qiladi.
Kambag’al insonlar esa boy bo’lishni
orzu qiladi. 7-fikrlash usuli: Boy insonlar katta
narsalar haqida, Global muammolar
haqida o’ylaydi.
Kambag’al insonlar esa kichik narsalar
yoki faqat o’z uy joyi haqida o’ylaydi. 8-fikrlash usuli: Boy insonlar faqat
G’ALABA yo’llarini izlaydi.
Kambag’al insonlar esa YUTQAZMASLIK
yo’llarini o’ylaydi. 9-fikrlash usuli: Boy insonlar – Men
do’stlarimga yordamim tegadi deb
o’ylaydi.
Kambag’al insonlar – Do’stlarimni
menga yordami tegadi deb fikrlaydi. 10-fikrlash usuli: Boy insonlar ko’proq
Sotishni yaxshi ko’radi
Kambag’al insonlar ko’proq Sotib
olishni yaxshi ko’radi. 11-fikrlash usuli: Boy insonlar faol
mehnat qilishni o’ylaydi
Kambag’al insonlar ko’proq dam
olishni o’ylaydi. 12-fikrlash usuli: Boy insonlar tavakkal
qilishni yaxshi ko’radi.
Kambag’al insonlar 7 o’lchab bir
kesishni yaxshi ko’radi. Psixolog Xarv Eker, aytishicha: inson
boy yoki Millioner bo’lishi uchun
faqatgina bitta narsani o’zgartirsa bas,
faqat o’z fikrlashini o’zgartirsa bas.
Uning hayoti ham o’zgaradi.

Комментарии

Комментариев нет.