Yer sayyorasi haqida qiziqarli faktlar

Qiziqarli faktlar!
*.Yerning og’irligi 6600000000000000000000000 kg.
*.Quyosh tizimidagi sayyoralarning aksariyati (Yerdan tashqari) Antik davr ilohlari nomi bilan nomlangan.
*.Yer Quyosh tizimidagi zichligi yuqori bo’lga sayyora hisoblanadi, uning zichligi — 5,515 g/sm3 ni tashkil qiladi.
*.Qutblari yalp bo‘lganligi sababli Yer sayyorasi ideal aylana shaklida emas.
*.Yer sayyorasining 72 foizi suv bilan qoplangan.
*.Yer sirti bir biosferada birlashuvchi: atmosfera, litosfera va gidrosfera bilan qoplangan.
*.Yerning atmosfera qatlami 78% azot, 21% kislorod va 1% boshqa gazlardan tashkil topgan bo’ladi. U har kuni Quyoshning radioaktiv nurlari va 100 tonna meteoritlardan asraydi.
*.Yerning litosfera qatlami doimiy harakatda bo’ladi. Shuning natijasida tektonik plitalarning to’qnashishi va ajralishi sababli yer qimirlashi va vulqon otilishi hodisalari yuz beradi.
*.Tinch okeani Yerdagi eng ulkan okean hisoblanadi. U 169 100 000 km maydonni egallagan, bu quruqliklar maydonidan ham ko’p ko’rsatgichdir. Shuningdek unda Yerning qolgan okeanlari joy ololgan bo’lar edi.
*.Fikr-mulohazalarga qaraganda million yil ilgari Yer kontinentlari bir-biri bilan birlashgan holda superkontinentni tashkil qilgan. Ammo, Yer qobig’ining harakatda bo’lishi kontinentlarni ajralishiga olib kelgan. Balkim keyinchalik barcha kontinentlar bir butun bo’lib birlashar?!
*.Magnit maydoni Yerda ma’lum bir sathda chegaralarga eka bo’ladi. Aynan shu sababdan qutb shu’lasi hodisasi yuz beradi.
*.2009-yilda Yerning mavjud xaritalariga qaraganda eng aniq topografik xaritasi nashr etildi.
*.Dengiz eng cho’nqir nuqtasi (10 911 m. Dengiz satxidan chuqur) Tinch okeanida joylashgan. Tarixda faqat ikki inson u yerda bo’lib qaytgan.
*.Yerning eng yuqori cho’qqisi Ximoloyda joylashgan Everest yoki Jomolungma tog’lari (8848 metr) hisoblanadi.
*.Oy Yerning yagona tabiiy yo’ldoshi hisoblanadi. U Quyosh tizimidagi kattaligi bo’yicha beshinchi tabiiy yo’ldosh hisoblanadi, uning yer bilan oralig’i 384400 km.ni tashkil qiladi. Tarixda Oyda 12 kishi bo’lib qaytgan.
*.Yerning orbitaga nisbatan ekvatorial og’ishi 23,44 gradusni tashkil qilishi yoz, qish, bahor va kuz fasllarning almashinishining sababi hisoblanadi. Agar ushbu holat bo’lmaganda fasllar bo’lmas edi.
*.Yer yuzidagi jamiyki suvlarning 3 foizigina chuchuk suvni tashkil qiladi. Bundan tashqari shu hajmning 90 foizi yer osti va muzliklardagi suv salmog’iga to’g’ri keladi.
*.Agar Yer Quyoshga salgina yaqon yoki uzoqroq joylashgan bo’lganida bizlar mavjud bo’lmas edik.
*.Boshqa hech bir sayyoraning tektonik plitalari mavjud emas.
*.Oltinning 99 foizi Yerning yadrosida joylashgandir.
*.75 foiz ko’rinishdagi jonzodlar 300 yildan so’ng butunlay yo’q bo’lib ketishi ehtimoli bor.
*.Eng sovuq harorat Antarktidada qayd etilgan: -92.2C.
*.90 foiz vulqon faolliklari Okeanda sodir bo’ladi.

Yer sayyorasi haqida qiziqarli faktlar
 - 585132536726

Комментарии

Комментариев нет.