Mamlakat: Ispaniya Shahar: Маdrid Jamoa tarkibi: Butun jamoa tarkibi Ma’lumotlar: Jamoaning to’liq nomi: Real Madrid Club de Futbol Shahar: Мadrid Jamoa tashkil topgan yil: 1902-yil Stadion: “Santiago Bernabeo”, Maydon hajmi 106х66, 1947-yil qurilgan Stadion sig’imi: 87 000 muhlis Prezident: Florentino Peres Bosh murabbiy: Karlo Anchelotti Jamoa manzili: Avenida Concha Espina 1, 28036 (Madrid) Internet sayti: www.realmadrid.com “Real Madrid” jamoasi dunyoning yetakchi jamoalaridan biri hisoblanib, FIFA tomonidan XX asrning eng yaxshi futbol klubi deb e’tirof etilgan. Madridning “Real” jamoasi hozrigi kungacha Ispaniya oliy divizionini tark etmagan klub hisoblanib, 1902-yil 6-martda aka-uka Padros va Xulian Palasios tomonidan “Madrid Football Club” nomi ostida tashkil etilgan. 1920-yil 29- iyunda Ispaniya qiroli Alfons XIII jamoaga “Qirollik” nomini bergan bo’lib, ispanchada “Real” degan ma’noni anglatadi. Shu orqali jamoa nomi Real Madrid deb atalgan. Jamoa futbol tarixida eng ko’p sovrinlarni qo’lga kiritganligi bilan ham ajralib turadi. Hozirgi kungacha jamoa 9 marta Yevropa Chempionlar Ligasi kubogini, 31 marta Ispaniya La Ligasi chempionligini va bir nechta sovrinlarni qo’lga kiritgan bo’lib, bunday natijani hali hech qaysi bir jamoa takrorlay olmagan. Shuning uchun ham jamoa butun yer shari bo’ylab o’z muhlislariga ega bo’lgan, eng mashxur, eng boy jamoa hisoblanadi. Real Madrid Aksiyadorlik jamiyati maqomiga ega bo’lmagan Ispaniyaning 3 jamoasidan biridir. Jamoa boshqaruvi prezident qo’li ostida bo’lib, prezidentni saylash “socios” (Jamoaga har yili tovon puli to’lab a’zosiga aylanadigan muhlislar) deb nomlangan guruh zimmasidadir. Prezident bo’lib saylangan kishi esa o’zining atrofiga birga faoliyat olib boruvchi kishilar(XUNTO Direktorlar kengashi)ni yig’ib o’z g’oyalarini olg’a suradi. Real Madrid futbol jamoasidan tashqari Real Madrid Basketbol jamoasi (Basketbol akademiyasi bilan birga) ham mavjud bo’lib, yildan yilga Yevropadagi mashxur musobaqalarda qatnashib kelmoqda. Kelajakda esa Real Madrid Regbi jamoasini, ayollar futbol jamoasini va mini-futbol jamoasini tuzish ko’zda tutilgan va klub bu borada izlanishlar olib bormoqda. Shuni ham ta’kidlash kerakki Real Madrid jamoasida to’p suradigan futbolchilar jahon tan olgan yulduzlar hisoblanib, dunyodagi eng mashxur aktyor va qo’shiqchilar bilan bir safda turishadi. Bunga so’nggi yillarda jamoada to’p surgan va to’p surib kelayotgan Roberto Carlos, Luish Figo, Zayniddin Zidan, Ronaldo, Devid Bekxem, Raul Gonsales, Iker Kasillyas, Arien Robben, Kaka’, Krishtiano Ronaldo kabi futbolchilar misol bo’la oladi. ERISHGAN YUTUQLARI: Chempionlar kubogi/Chempionlar Ligasi: 9 1955/56, 1956/57, 1957/58, 1958/59, 1959/60, 1965/66, 1997/98, 1999/00, 2001/02 UEFA Superkubogi: 1 Qit’alararo kubogi: 3 1960; 1998; 2002 UEFA kubogi: 2 1984/85; 1985/86 Ispaniya La Ligasi sohibi: 32 1931/32; 1932/33; 1953/54; 1954/55; 1956/57; 1957/58; 1960/61; 1961/62; 1962/63; 1963/64; 1964/65; 1966/67; 1967/68; 1968/69; 1971/72; 1974/75; 1975/76; 1977/78; 1978/79; 1979/80; 1985/86; 1986/87; 1987/88; 1988/89; 1989/90; 1994/95; 1996/97; 2000/01; 2002/03; 2006/07; 2007/08, 2011/12 Ispaniya kubogi: 18 1904/05; 1905/06; 1906/07; 1907/08; 1916/17; 1933/34; 1935/36; 1945/46; 1946/47; 1961/62; 1969/70; 1973/74; 1974/75; 1979/80; 1981/82; 1988/89; 1992/93, 2010/2011 Ispaniya Liga Kubogi: 1 1984/85 Ispaniya Superkubogi: 8 1988; 1989; 1990; 1993; 1997; 2001; 2003; 2008, 2012
Club ReaL MaDriD
REAL MADRID
Mamlakat: Ispaniya
Shahar: Маdrid
Jamoa tarkibi: Butun jamoa
tarkibi
Ma’lumotlar:
Jamoaning to’liq nomi: Real
Madrid Club de Futbol
Shahar: Мadrid
Jamoa tashkil topgan yil: 1902-yil
Stadion: “Santiago Bernabeo”,
Maydon hajmi 106х66, 1947-yil
qurilgan
Stadion sig’imi: 87 000 muhlis
Prezident: Florentino Peres
Bosh murabbiy: Karlo Anchelotti
Jamoa manzili: Avenida Concha
Espina 1, 28036 (Madrid)
Internet sayti: www.realmadrid.com “Real Madrid” jamoasi dunyoning
yetakchi jamoalaridan biri
hisoblanib, FIFA tomonidan XX
asrning eng yaxshi futbol klubi
deb e’tirof etilgan. Madridning
“Real” jamoasi hozrigi kungacha
Ispaniya oliy divizionini tark
etmagan klub hisoblanib, 1902-yil
6-martda aka-uka Padros va
Xulian Palasios tomonidan
“Madrid Football Club” nomi
ostida tashkil etilgan. 1920-yil 29-
iyunda Ispaniya qiroli Alfons XIII
jamoaga “Qirollik” nomini
bergan bo’lib, ispanchada “Real”
degan ma’noni anglatadi. Shu
orqali jamoa nomi Real Madrid
deb atalgan. Jamoa futbol
tarixida eng ko’p sovrinlarni
qo’lga kiritganligi bilan ham
ajralib turadi. Hozirgi kungacha
jamoa 9 marta Yevropa
Chempionlar Ligasi kubogini, 31
marta Ispaniya La Ligasi
chempionligini va bir nechta
sovrinlarni qo’lga kiritgan bo’lib,
bunday natijani hali hech qaysi
bir jamoa takrorlay olmagan.
Shuning uchun ham jamoa butun
yer shari bo’ylab o’z muhlislariga
ega bo’lgan, eng mashxur, eng
boy jamoa hisoblanadi. Real
Madrid Aksiyadorlik jamiyati
maqomiga ega bo’lmagan
Ispaniyaning 3 jamoasidan
biridir. Jamoa boshqaruvi
prezident qo’li ostida bo’lib,
prezidentni saylash
“socios” (Jamoaga har yili tovon
puli to’lab a’zosiga aylanadigan
muhlislar) deb nomlangan guruh
zimmasidadir. Prezident bo’lib
saylangan kishi esa o’zining
atrofiga birga faoliyat olib
boruvchi kishilar(XUNTO
Direktorlar kengashi)ni yig’ib o’z
g’oyalarini olg’a suradi. Real
Madrid futbol jamoasidan
tashqari Real Madrid Basketbol
jamoasi (Basketbol akademiyasi
bilan birga) ham mavjud bo’lib,
yildan yilga Yevropadagi mashxur
musobaqalarda qatnashib
kelmoqda. Kelajakda esa Real
Madrid Regbi jamoasini, ayollar
futbol jamoasini va mini-futbol
jamoasini tuzish ko’zda tutilgan
va klub bu borada izlanishlar olib
bormoqda. Shuni ham ta’kidlash
kerakki Real Madrid jamoasida
to’p suradigan futbolchilar jahon
tan olgan yulduzlar hisoblanib,
dunyodagi eng mashxur aktyor
va qo’shiqchilar bilan bir safda
turishadi. Bunga so’nggi yillarda
jamoada to’p surgan va to’p
surib kelayotgan Roberto Carlos,
Luish Figo,
Zayniddin Zidan, Ronaldo, Devid
Bekxem, Raul Gonsales, Iker
Kasillyas, Arien Robben, Kaka’,
Krishtiano Ronaldo kabi
futbolchilar misol bo’la oladi.
ERISHGAN YUTUQLARI:
Chempionlar kubogi/Chempionlar
Ligasi: 9
1955/56, 1956/57, 1957/58,
1958/59, 1959/60, 1965/66,
1997/98, 1999/00, 2001/02
UEFA Superkubogi: 1
Qit’alararo kubogi: 3
1960; 1998; 2002
UEFA kubogi: 2
1984/85; 1985/86
Ispaniya La Ligasi sohibi: 32
1931/32; 1932/33; 1953/54;
1954/55; 1956/57; 1957/58;
1960/61; 1961/62; 1962/63;
1963/64; 1964/65; 1966/67;
1967/68; 1968/69; 1971/72;
1974/75; 1975/76; 1977/78;
1978/79; 1979/80; 1985/86;
1986/87; 1987/88; 1988/89;
1989/90; 1994/95; 1996/97;
2000/01; 2002/03; 2006/07;
2007/08, 2011/12
Ispaniya kubogi: 18
1904/05; 1905/06; 1906/07;
1907/08; 1916/17; 1933/34;
1935/36; 1945/46; 1946/47;
1961/62; 1969/70; 1973/74;
1974/75; 1979/80; 1981/82;
1988/89; 1992/93, 2010/2011
Ispaniya Liga Kubogi: 1
1984/85
Ispaniya Superkubogi: 8
1988; 1989; 1990; 1993; 1997;
2001; 2003; 2008, 2012