Mana ikki yoshga nikoh o‘qildi, to‘y ham o‘tdi. Mana siz necha yillik orzuingizga erishdingiz. Alloh taolo xonadoningizga muborak bir kelinni tuhfa etdi. O’g‘il farzand ko‘rgandayoq yuragingiz qatlariga bitilgan «bir munosib kelin olish», «kelin emas, qiz olish» haqidagi yoqimli istaklar, shirin ilinjlar ro‘yobga chiqdi. Yillab yemay yiqqanlaringizni el oldiga dasturxon qilib yozdingiz. Yillab kiymay asraganlaringizni - qo‘lingizga tushgan bir parcha matomi, birorta zirakmi - barini «egasi»ga topshirib xotirjam bo‘ldingiz. Bugun siz - qaynonasiz. Mahallama-mahalla kezib kelin axtarganingizda, qarindosh-urug‘lar davrasida «Bu yil kelin olmoqchiman», deb qizi borning yuragiga shirin g‘uluv solganingizda, ko‘chadan o‘tib borayotgan qaqajon qizlarning ortidan ma’yus termulib yer-u ko‘kka ishonmaydigan o‘g‘lingizga munosib juft izlaganingizda, nihoyat mos kelinni topib to‘y tadorigini ko‘rayotganingizda ham faqat bugungi qaynonalik baxtini, nash’asini o‘ylab yelib-yugurgansiz. Endi siz - qaynonasiz. Niyatlaringizning, xayollaringizning chek-chegarasi yo‘q. Keliningiz odob-axloqda, sharmu hayoda, muhabbat va sadoqatda, iffat va nazokatda yagona bo‘ladi. O’g‘lingiz bilan nihoyatda ahil-totuv, shirin turmush kechiradi. Erining soyasiga ko‘rpacha soladi, imosiga hushyor, xizmatiga tayyor turadi. U bilan gap talashmaydi, har ishga ilashmaydi. Qaynona-qaynotaning hurmatini joyiga qo‘yadi: labidan salom, qo‘lidan taom tushmaydi. Hali choy ko‘tarib yuguradi, hali tahoratingizga suv. Bir og‘iz so‘zingizga mahtal, birgina tomoq qirishingizga shay. Bir yoqda o‘g‘il-qizlaringiz ham kelinning «xizmati»dan umidvor bo‘lib turishibdi. Yangi keliningiz birovining shimini dazmollab, birisining tuflisini moylab berishi, qaynsinglisining sochini ham turmaklab qo‘yishi kerak. Xullas, barcha xonadonlarda bo‘lgani kabi to‘y oldidagi shirin ilinjlar, havoyi xayollar sizga ham begona emas. Kelin timsolida o‘g‘lingizga bir jufti halol emas, go‘yoki bir xizmatkor, bir «qul» qabul qildingiz. Ammo oradan ko‘p o‘tmay, qat-qat orzularingiz sarob chiqib qoldi. Ne-ne umidlar bilan, mablag‘ sarflab katta to‘ylar bilan olingan keliningiz «oltin» emas, «mis» chiqib qoldi. Nazdingizda hammaning kelini xizmatni, hurmatni, himmatni do‘ndirib qo‘yyapti-yu, sizniki hech narsaga ulgurolmaydi. U tanbal, ishyoqmas ham emas, qo‘lini sovuq suvga urishga erinadiganlardan ham emas. Unda gap nimada? Kechagina xonadoningizga kelin bo‘lib tushgan qiz uchun erining yumushlari, uning ko‘rsatmalari ustunroq tuyuladi. U shuning uchun avval erining kam-ko‘stini to‘g‘rilab, ishga jo‘natvolishga intiladi. Oqibatda bu yoqda sizning yumushlaringiz chala qoladi. Narigi tomonda eringiz «Dasturxonni yig‘ib olmaysizmi?» deb baqirishga tushadi. U kishini tinchitay, deb chopsa, bu yoqda qaynini, qaynsingillar to‘ng‘illashni, g‘ing‘illashni boshlab yuborishadi. Hech kim «Shu kelin bechoraning bittagina joni bor, ehtimol shuncha odamning xizmatiga ulgurmayotgandir, buning ustiga xonadonimizga yangi mehmon, bizdagi tartib-muomalotlarni, oila a’zolarining fe’l-atvorini hali tushunib ololmagandir?» demaydi. Har bir harakatidan, har bir qilig‘idan nuqs topib, «o‘tirsa - o‘poq, tursa - so‘poq» qilaveradi. Oqibat esa bir kuni kelinning bardoshi tugab, ish katta mojaroga aylanadi. Endi shu yerda diqqatingizni bu haqdagi islomiy tartiblarga qaratmoqchimiz. Dinimiz talabiga ko‘ra, keliningiz o‘g‘lingizga nikohlab berilgan va uning zimmasiga faqat o‘g‘lingiz oldidagi burchlargina yuklangan. Ana shu burchlar haqida quyiroqda batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Shunday ekan, kelinning erning ota-onasi, ini-singillariga xizmat qilishi erga bo‘lgan hurmati, muhabbati tufaylidir, xolos. Alloh taoloning Qur’oni karimdagi «Parvardigoringiz yolg‘iz Uning o‘ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi», degan ko‘rsatmasiga binoan, u erining ota-onasiga xizmat qiladi, yumushlarini bajaradi. Shunday bo‘lgach, uni qul o‘rnida ko‘rib ro‘zg‘orning hamma yukini yelkasiga ortib qo‘yish, barcha oila a’zolarining istak-xohishlarini bajartirishga urinish yosh juvonga zulmdan boshqa narsa emas. Hozirgi paytga kelib islomiy qoidalar, tartiblar unut bo‘layozgan xonadonlarda kelinga past nazar bilan qarash, bo‘lar-bo‘lmasga xo‘rlash, «xizmatkor» sifatida unga ro‘zg‘orning barcha og‘ir-engil yumushlarini qo‘sh-qo‘llab topshirib qo‘yish hollarining ko‘paygani ham shundan. Bu ishda ayniqsa siz - qaynonalarning bemehrlarcha bosh-qosh bo‘layotganingiz achinarlidir.
O'zbek Oilasi uchun eng foydali gruppa.
SIZ QAYNONA BO’LDINGIZ...
Mana ikki yoshga nikoh o‘qildi, to‘y ham o‘tdi. Mana siz necha yillik orzuingizga erishdingiz. Alloh taolo xonadoningizga muborak bir kelinni tuhfa etdi. O’g‘il farzand ko‘rgandayoq yuragingiz qatlariga bitilgan «bir munosib kelin olish», «kelin emas, qiz olish» haqidagi yoqimli istaklar, shirin ilinjlar ro‘yobga chiqdi. Yillab yemay yiqqanlaringizni el oldiga dasturxon qilib yozdingiz. Yillab kiymay asraganlaringizni - qo‘lingizga tushgan bir parcha matomi, birorta zirakmi - barini «egasi»ga topshirib xotirjam bo‘ldingiz. Bugun siz - qaynonasiz.
Mahallama-mahalla kezib kelin axtarganingizda, qarindosh-urug‘lar davrasida «Bu yil kelin olmoqchiman», deb qizi borning yuragiga shirin g‘uluv solganingizda, ko‘chadan o‘tib borayotgan qaqajon qizlarning ortidan ma’yus termulib yer-u ko‘kka ishonmaydigan o‘g‘lingizga munosib juft izlaganingizda, nihoyat mos kelinni topib to‘y tadorigini ko‘rayotganingizda ham faqat bugungi qaynonalik baxtini, nash’asini o‘ylab yelib-yugurgansiz. Endi siz - qaynonasiz.
Niyatlaringizning, xayollaringizning chek-chegarasi yo‘q. Keliningiz odob-axloqda, sharmu hayoda, muhabbat va sadoqatda, iffat va nazokatda yagona bo‘ladi. O’g‘lingiz bilan nihoyatda ahil-totuv, shirin turmush kechiradi. Erining soyasiga ko‘rpacha soladi, imosiga hushyor, xizmatiga tayyor turadi. U bilan gap talashmaydi, har ishga ilashmaydi.
Qaynona-qaynotaning hurmatini joyiga qo‘yadi: labidan salom, qo‘lidan taom tushmaydi. Hali choy ko‘tarib yuguradi, hali tahoratingizga suv. Bir og‘iz so‘zingizga mahtal, birgina tomoq qirishingizga shay. Bir yoqda o‘g‘il-qizlaringiz ham kelinning «xizmati»dan umidvor bo‘lib turishibdi. Yangi keliningiz birovining shimini dazmollab, birisining tuflisini moylab berishi, qaynsinglisining sochini ham turmaklab qo‘yishi kerak. Xullas, barcha xonadonlarda bo‘lgani kabi to‘y oldidagi shirin ilinjlar, havoyi xayollar sizga ham begona emas. Kelin timsolida o‘g‘lingizga bir jufti halol emas, go‘yoki bir xizmatkor, bir «qul» qabul qildingiz.
Ammo oradan ko‘p o‘tmay, qat-qat orzularingiz sarob chiqib qoldi. Ne-ne umidlar bilan, mablag‘ sarflab katta to‘ylar bilan olingan keliningiz «oltin» emas, «mis» chiqib qoldi. Nazdingizda hammaning kelini xizmatni, hurmatni, himmatni do‘ndirib qo‘yyapti-yu, sizniki hech narsaga ulgurolmaydi. U tanbal, ishyoqmas ham emas, qo‘lini sovuq suvga urishga erinadiganlardan ham emas.
Unda gap nimada? Kechagina xonadoningizga kelin bo‘lib tushgan qiz uchun erining yumushlari, uning ko‘rsatmalari ustunroq tuyuladi. U shuning uchun avval erining kam-ko‘stini to‘g‘rilab, ishga jo‘natvolishga intiladi. Oqibatda bu yoqda sizning yumushlaringiz chala qoladi. Narigi tomonda eringiz «Dasturxonni yig‘ib olmaysizmi?» deb baqirishga tushadi. U kishini tinchitay, deb chopsa, bu yoqda qaynini, qaynsingillar to‘ng‘illashni, g‘ing‘illashni boshlab yuborishadi. Hech kim «Shu kelin bechoraning bittagina joni bor, ehtimol shuncha odamning xizmatiga ulgurmayotgandir, buning ustiga xonadonimizga yangi mehmon, bizdagi tartib-muomalotlarni, oila a’zolarining fe’l-atvorini hali tushunib ololmagandir?» demaydi. Har bir harakatidan, har bir qilig‘idan nuqs topib, «o‘tirsa - o‘poq, tursa - so‘poq» qilaveradi. Oqibat esa bir kuni kelinning bardoshi tugab, ish katta mojaroga aylanadi. Endi shu yerda diqqatingizni bu haqdagi islomiy tartiblarga qaratmoqchimiz. Dinimiz talabiga ko‘ra, keliningiz o‘g‘lingizga nikohlab berilgan va uning zimmasiga faqat o‘g‘lingiz oldidagi burchlargina yuklangan. Ana shu burchlar haqida quyiroqda batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Shunday ekan, kelinning erning ota-onasi, ini-singillariga xizmat qilishi erga bo‘lgan hurmati, muhabbati tufaylidir, xolos. Alloh taoloning Qur’oni karimdagi «Parvardigoringiz yolg‘iz Uning o‘ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi», degan ko‘rsatmasiga binoan, u erining ota-onasiga xizmat qiladi, yumushlarini bajaradi. Shunday bo‘lgach, uni qul o‘rnida ko‘rib ro‘zg‘orning hamma yukini yelkasiga ortib qo‘yish, barcha oila a’zolarining istak-xohishlarini bajartirishga urinish yosh juvonga zulmdan boshqa narsa emas. Hozirgi paytga kelib islomiy qoidalar, tartiblar unut bo‘layozgan xonadonlarda kelinga past nazar bilan qarash, bo‘lar-bo‘lmasga xo‘rlash, «xizmatkor» sifatida unga ro‘zg‘orning barcha og‘ir-engil yumushlarini qo‘sh-qo‘llab topshirib qo‘yish hollarining ko‘paygani ham shundan. Bu ishda ayniqsa siz - qaynonalarning bemehrlarcha bosh-qosh bo‘layotganingiz achinarlidir.