Unashtirilib yaqin kunda to'yi bo'ladigan, lekin baxtsiz hodisa tufayli avtohalokatga uchrab vafot etgan qiz!

O'ng yelkamda tobut ko'zlarimda yosh, Xaqiqat oldida egilganda bosh, Tobutda yotardi go'zal qora qosh, Yor-yor aytib bordik mozorigacha. Yotardi u jim ko'zlari ochiq, Yotardi jilmayib kulgular sochib. Ko'zimdan yosh oqardi tinmayin achchiq, Yor-yor aytib bordik mozorigacha. U kirmagan edi yigirmaga ham, Endi qo'ygan edi hayotga qadam. Karaxt bo'lib qolar eshitgan odam, Yor-yor aytib bordik mozorigacha. Ona voh dod deydi hushin yo'qotib, Ota ne qilishin bilmaydi qotib. Bola vidolashar indamay yotib, Yor-yor aytib bordik mozorigacha. Seplar yig'gan edi orzular qilib, Bezatib ham qo'ydik liboslar ilib, Onasi yig'laydi bag'rini tilib, Yor-yor aytib bordik mozorigacha. Taqdirmi qaranga yosh ketdi essiz, Mevasi qolmadi o'tdiku izsiz, Oq libos kiyvolib yotardi hushsiz, Yor-yor aytib bordik mozorigacha. Mana so'nggi yo'lga kuzatdik go'zal, So'nggi bor qo'limiz uzatdik go'zal, Bu dunyodan ko'ra u dunyo avzal Yor-yor tugab qoldi mozorigacha.

Комментарии

Комментариев нет.