,,LOLAQIZG'ALDOQ"

Mendan nima qolar ikki misra
she'r Ikki sandiq kitob bir uyum
tuproq. Odamlar ortimdan nima
desa der. Men seni óylayman
özimdan kòproq Lola, lolajonim
Lolaqizg'aldoq. Men ketsam
yomondan yiroq ból ohu. Chunki
sen chiroyli, kórkli bir juvon.
Yomon kunlar bir kun yaxshi
bòlar-u. Yomon odam yaxshi
bòlmas xech qachon. Yasha
chegarada turganday ogoh. Lola,
lolajonim Lolaqizg'aldoq. Uyda
yotibmanu sezib turibman. Kòkda
kelayotir qushlar qaytishib.
Xayrlar yog'dirib qanotlaridan.
Xasta shoiriga vido aytishib. Bor
mening uchun ham ularga yòl
qoq. Lola, lolajonim
Lolaqizg'aldoq. Ularni men yana
kórarmanmi-a? Ayvondan
odamdek kuzatolmadim. Kuz.
Töylar boshlandi yuragim pora.
Bitta qizimni ham uzatolmadim.
Demak taqdir ekan tòy kòrmay
ólmoq. Lola, lolajonim
Lolaqizg'aldoq. Biroq kònglim
sezar mendan keyin ham. Bir kuni
bu xovliga odam tòladi. Xali tòylar
qilib charchaysan erkam. Mening
qizlarim eng baxtli bòladi. Kelinlar
kòylagi ruhimday oppoq. Lola,
lolajonim Lolaqizg'aldoq.

Комментарии

Комментариев нет.