SUMALAK QANDAY QILINADI VA NIMALAR KERAK?

Sumalak retsepti: Masalliqlar: 1 kg bugdoy, 2,5-3kg un, 200 ml yog, suv.
Sumalak uchun bugdoyni olib 24 soat sovuq suvga solib qoyiladi, keyin tahtali patnisga 1,5-2 sm qalinlikda yoyiladi, qorongi quyosh tushmaydigan joyga qoyish kerak(ustiga hech narsa yopilmaydi) tahtani bir tarafini salgina qiya qilib qoyilsa (1sm) bugdoy pihlanib qolmaydi. Keyin har kuni suv quyib turiladi. Bugdoy unib sargish rangda boladi uzunligi tahminan 3 sm bolsa kerak, (agar kokarib ketsa sumalak tahir chiqadi) oppoq ildiz otgan bolishi kerak. Keyin bugdoyni gosht qiymalagichdan (yoki food processor) otkaziladi. Ezilgan bugdoyni togoraga solib muzdek suv quyilib yahshilab aralashtiriladi keyin dokada suzib olinadi, 2-3 martda buni qaytariladi. Togoradagi bugdoyning suviga un , yogni solib blender yoki kopirtirgich( whisk)da silliq massa bolguncha aralshtiriladi va gazga qoyiladi (baland olovga) qaynagunicha yogoch kavlagichda tinmay aralashtiriladi, qaynagandan keyin olovni past qilinadi. Suvi kamayib qolganda qolgan bugdoy suvi yoki qaynagan suv solinadi va kavlab turiladi, (10-11 soatdan keyin umuman suv solinmaydi).Sumalak ortacha 13-14 soatlarda pishadi, ohirgi soatlarda tez-tez kavlab turish kerak. Sumalakni tayyor bolganini qaynavatganda shirasi ortaga keladi, rangi chiroyli va quyuq boladi, shundan bilish mumkin.
*Qozonning kattaligiga kelsak 1kg bugdoy uchun 13-15 litrli qozon togri keladi, mening fikrimcha tegi olmaydigan (yopishmaydigan) qozon bolsa tosh solmasayam boladi. Man ozim sumalakka tosh solmayman.
* Mani qozonimni kattaligi 9 litrga yaqin shuning uchun 500gr bugdoy ishlataman, keyin qaynab chiqgandan keyin qopqogini yarim sm cha ochib qoyaman toshib ketmasligi uchun, qopqogi borligi uchun suvi parlanmaydi( qoshimcha suv solmayman) tayyor bolishiga 3-4 soat qolganda qopqogini olib qoyaman.

Комментарии