__Yomon yo'ldan sira yurmagan,

___Ko'p qiynalgan davron surmagan,
____Mexir berib mexir ko'rmagan,
_____Mexirga zor qalblar yig'lamang,
______Qiynoqlardan bo'lib xayron lol,
_______Biror kimsa so'ramasa xol,
________Bu dunyoga ko'zyoshlar uvvol,
_________Mexirga zor qalblar yig'lamang,
__________Charchaganda xayot dastidan,
_________O'ta olmay baland pastidan,
________Pand yeganda nomard do'stidan,
_______Mexirga zor qalblar yig'lamang,
______Tushunmasa og'a iningiz,
_____Alamlarga to'lsa dilingiz,
____Oqibatni izlab ko'nglingiz,
__Mexirga zor qalblar yig'lamang,
___Armoningiz ketsa xam oshib,
____Ichingizdan faryodlar toshib,
______Dardingizga yana dard qo'shib,
________Mexirga zor qalblar yig'lamang.

Комментарии

Комментариев нет.