Kundan-kun chinorday qaddim balanddur,

Sizning tik qaddingiz evazigami?
Otajon yo'llarim kundan-kun ravon,
Siz chekkan zahmatlar evazigami?
Hamon ko'ksingizda ming o'ylov, ming g'am,
Har qachon dardimga bo'larsiz malham.
Mening bu yuragim xotirjam beg'am,
Bezovta ko'nglingiz evazigami?
Mening qalqonginam borlig'im otam,
Dunyoda bebaho boyligim otam,
Siz bor-ki o'ksitmas meni hech odam,
Qalqondek ko'ksingiz evazigami?
Allohim ziyoda qilsin umringiz,
Baxtim ko'ring, eshitib turay kulgingiz,
Beg'am kamol topdi sizning qizingiz,
Zahmatli umringiz evazigami......?
Sarvinoz Sadaf

Комментарии