Go‘daklikdan ma’lum har odam,
Bola boshdan degan gap to‘g‘ri.
Mabodo men shoir bo‘lmasam,
Bölar edim bezori, o‘g‘ri!
Jikkakkina shum bola edim,
Tengdoshlarim ichra "qahramon"!
Qaytar edim köchadan doim.
Burnim pachoq, usti boshim
qon.
Qo‘rqib ketgan onam qoshida.
Derdim tutib o‘zimni mahkam: "Hechqisi yo‘q. Qoqildim
toshga.
Ertagacha qolmas örni ham"!
Yillar o‘tdi, ketdi bolalik,
Nihoya yo‘q armonlarimga.
Yoshlikdagi sho‘xlik, olovlik. Ko‘chdi she’ru Dostonlarimga!
Bolaligim ketdi borini
Satrlarda qoldirib butun!
She’rlarimda shum, bezorining
Xislatlari aks etar bu kun.
Mag‘rurligim hamon qolmagan, Hamon baland o‘tli ko‘kragim!
Bolalikda burnim qonagan,
Bugun esa qondir yuragim!
Mendan kulgan to‘da qoshida
Deyman tutib o‘zimni mahkam:
"Hechqisi yo‘q! Qoqildim toshga,
Ertagacha qolmas örni ham"!
Meni so‘kmang!
Bo‘lar ish bo‘ldi,
So‘z sotuvchi
savdogarmasman! Oltin boshim quyi egildi,
Bu dunyodan sovidim, bas,
man!
Shaharda ham qolmog‘im
mahol,
Na qishloqqa mayl sezarman, Bir yo‘l qoldi; o‘stirib soqol,
Rossiyani daydib kezarman.
Xayr, deyman doston,
she’rlarga!
Yo‘lga to‘rva olurman, xolos.
Ko‘chadagi bir darbadarga Shamollar ham qo‘shiq aytar
soz.
Piyoz, turup hidin taratib,
Bilganimni qilib, yuragim oqsa
yengimga artib,
Peshonamda borin ko‘rarman. Qor quyunin tinglarman behis!
Baxt kerakmas bundan ziyoda.
Bunday ajib turfa ishlarsiz,
Yashamasman yorug‘
dunyoda...!
Bola boshdan degan gap to‘g‘ri.
Mabodo men shoir bo‘lmasam,
Bölar edim bezori, o‘g‘ri!
Jikkakkina shum bola edim,
Tengdoshlarim ichra "qahramon"!
Qaytar edim köchadan doim.
Burnim pachoq, usti boshim
qon.
Qo‘rqib ketgan onam qoshida.
Derdim tutib o‘zimni mahkam: "Hechqisi yo‘q. Qoqildim
toshga.
Ertagacha qolmas örni ham"!
Yillar o‘tdi, ketdi bolalik,
Nihoya yo‘q armonlarimga.
Yoshlikdagi sho‘xlik, olovlik. Ko‘chdi she’ru Dostonlarimga!
Bolaligim ketdi borini
Satrlarda qoldirib butun!
She’rlarimda shum, bezorining
Xislatlari aks etar bu kun.
Mag‘rurligim hamon qolmagan, Hamon baland o‘tli ko‘kragim!
Bolalikda burnim qonagan,
Bugun esa qondir yuragim!
Mendan kulgan to‘da qoshida
Deyman tutib o‘zimni mahkam:
"Hechqisi yo‘q! Qoqildim toshga,
Ertagacha qolmas örni ham"!
Meni so‘kmang!
Bo‘lar ish bo‘ldi,
So‘z sotuvchi
savdogarmasman! Oltin boshim quyi egildi,
Bu dunyodan sovidim, bas,
man!
Shaharda ham qolmog‘im
mahol,
Na qishloqqa mayl sezarman, Bir yo‘l qoldi; o‘stirib soqol,
Rossiyani daydib kezarman.
Xayr, deyman doston,
she’rlarga!
Yo‘lga to‘rva olurman, xolos.
Ko‘chadagi bir darbadarga Shamollar ham qo‘shiq aytar
soz.
Piyoz, turup hidin taratib,
Bilganimni qilib, yuragim oqsa
yengimga artib,
Peshonamda borin ko‘rarman. Qor quyunin tinglarman behis!
Baxt kerakmas bundan ziyoda.
Bunday ajib turfa ishlarsiz,
Yashamasman yorug‘
dunyoda...!