Biz mast bo'lsak,muhabbatdan mast bo'lamiz,

go'zallikdan nafosatdan mast bo'lamiz,
yayrawimiz u.n sharob kerak emas,
saharlari ibodatdan mast bo'lamiz.
Yurakka ishq nayzasini sanchidi yor,
og'risa shu jarohatdan mast bo'lamiz,
qay mahalki yorni nomi aytilganda,
qalbga kirgan haroratdan mast bo'lamiz.
Suxbatlawib o'tirganda dono bilan.
To'ymay shirin muloqotdan mast bo'lamiz,
izlaganim doniwlarning davrasidur,
qur,on,hadis,rivoyatdan mast bo'lamiz.
Olloh,olloh bu ne shirin ohang erur?
Ko'z yosh to'kib qiroatdan mast bo'lamiz.
Xar narsadan go'daklarning isi shirin,
hidlab ushbu saodatdan mast bo'lamiz.
Sharobsiz ham bandani mast qilar ish ko'p,
xisob vaqti xijolatdan mast bo'lamiz.
Siz may ichib,boda ichib yuravering,
biz qo'rqiwib qiyomatdan mast bo'lamiz!

Комментарии

Комментариев нет.