Комментарии

  • 17 июн 2013 20:02
    Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar:
    "Rasululloh (s.a.v.): "Hech biringiz qulim va cho’rim
    deb atamang! hammalaringiz Alloh taoloning quli va
    hamma ayollaringiz esa Allohning cho’risidir. Lekin
    g’ulomim, qizim, yigitim deb gapirilsa durustdir",
    dedilar".
  • 17 июн 2013 20:05
    Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "har bir mo’min banda o’z
    birodarining ko’zgusidir. U birodarida bir aybni ko’rsa,
    o’zida bo’lgan shunday aybni tuzatishga harakat qilishi
    kerak".
  • 17 июн 2013 20:06
    Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar:
    "Rasululloh (s.a.v.): "har bir mo’min o’z birodarining
    ko’zgusi, har bir mo’min ikkinchi mo’minning birodari -
    akasi yo ukasidir, uni zoe bo’lishdan saqlaydi va uni
    muhofaza qilib yuradi", dedilar".
  • 17 июн 2013 20:06
    Ato ibn Yasor aytdilar: "Men Abdulloh ibn Amr ibn Oss
    (r.a.) bilan uchrashib, u kishidan Tavrotda Rasululloh
    (s.a.v.)ning sifatlari haqida yozilgan gaplarni menga
    aytib bersangiz, deb so’radim. U kishi Rasululloh
    (s.a.v.)ning Qur'onda aytilgan sifatlari dan ba'zisi
    Tavrotda ham bor, dedilarda, "Ey, Pay-hambar!
    Darhaqiqat. Biz Sizni (qiyomatda barcha ummatlarga)
    guvoh bo’luvchi, (jannat haqida) xushxabar beruvchi va
    (do’zax azobidan) ogohlantiruvchi etib yubordik", deb
    "Ahzob" surasidagi 45-oyatni o’qidilar. (Yana Tavrotda
    shunday sifatlangan): "O’qish va yozishni bilmaydigan
    xalqlar (arablar)ni muhofaza qiluvchi qilib yubordim",
    deyilgan. Unda yana: "Ey, Muhammad! Sen mening
    bandam va elchimsan. Men senga o’zimgagana
    tavakkul qiluvchi, deb nom qo’ydim. Sen badxulq va
    qo’pol muomalalik, yomonlikka yomonlik qaytaruvchi
    emas, balki yomonlikni kechiruvchi, afv qiluvchisan. Sen
    Ibrohim xalilullohning o’zidan keyin buzilgan va
    o’zgartirilgan dinini barpo qilib, arablar "Lo iloha il-
    lolloh" kalimasini aytib, shu kalima bilan ko’r ko’zlarini,
    garang quloqlarini va yaralangan dillarini ochmaguncha
    dunyodan ketmaysan", deyilgan, dedilar".
  • 17 июн 2013 20:07
    Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning
    ovozlarini baland chiqarib kulganlarini sira ko’rmadim, u
    zot faqat tabassum bilangina kular edilar. Rasululloh
    (s.a.v.) bulut ko’rsalar yoki shamolni tursa, yuzlarida
    xafalik alomatlari sezilardi. Shunda men: "Yo
    Rasululloh! Odamlar bulutni ko’rganda yomg’ir yoqsa
    kerak, deb xursand bo’ladilar, ammo shunday paytda
    sizning yuzingizda xafalik alomatini ko’raman", dedim.
    Rasululloh (s.a.v.): "Bulutda biror azob bo’lmasligidan
    menga kim kafolat beradi? qaysi bir qavmlar shamol
    bilan azoblangan. Ba'zi qavmlar bulutni ko’rganda bu
    bulut bizga yomg’ir olib keladi, deb xursand bo’lib
    turgan vaqtlarida yomshr o’rniga azob kelib qolgan",
    dedilar".
  • 17 июн 2013 20:07
    Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Bir qancha sahobiylar
    kulishib o’tirishgan vaqtida Rasululloh (s.a.v.) chiqib
    qoldilar-da: "Jonim qudrat qo’lida bo’lgan Alloh taolo
    nomi bilan qasamyod qilamanki, men biladigan
    narsalarni bilganingizda, albatta, oz kulib, ko’p yig’lagan
    bo’lardingiz", deb chiqib ketdilar. Sahobiylarning kulgisi
    yig’iga aylandi. Shunda Rasululloh(s.a.v.)gaAllohtaolo:
    "Ey, Muhammad, nima uchun bandalarimni noumid
    qilasan?" - deb vahiy qildi. Rasululloh (s.a.v.) ularning
    oldiga qaytib chiqdilarda: "Ey, ummatlarim! Sizlarga
    shodlik bo’lsin! To’g’ri so’z bo’lingaz, o’rta yo’lni
    tanlangiz!" - dedilar".
  • 17 июн 2013 20:08
    "Аллоҳ таоло ҳаром қилган нарсалардан ўзингни
    сақла, энг яхши ибодат қилувчилардан бўласан.
    Аллоҳ таоло сенга берган нарсасига рози бўл, бой
    одамлардан бўласан. Қўшнингга яхши муомала қил,
    чин мўмин бўласан. Ўзинг учун яхши кўрган
    нарсаларни бошқалар учун ҳам яхши кўргин, чин
    мусулмон бўласан. Кўп кулишга одат қилма, кўп
    кулги қалбни ўлдиради"
  • 17 июн 2013 20:09
    1. Odamning ko'p so'zlashi aqli ozligidan, yolg'on
    so'zlashi irodasi zaifligidan, ovozi balandligi ichi
    bo'shligidandir.
    2. Bahs-munozarada johilni yengish qiyin, buning
    misoli shuki, o'tni puflab o'chira olmaysan, aksincha,
    alanga puflagan sayin zo'rayadi.
    3.Yahshilarning diydoriga boqish umrni uzaytirishi,
    ko'zni o'tkirlashtirishi va ko'ngilni har xil g'ubordan
    poklashini unutmang...
  • 17 июн 2013 20:09
    Uboda ibn as-Somit rivoyat qiladilar: «Rasululloh
    sallallohu alayhi va sallam: «Kimdakim Olloh taoloning
    visolini ko‘rmoq istagida ersa, Olloh taolo ham uni
    ko‘rmoqni xohlagaydir. Kimdakim Olloh taoloning visolini
    ko‘rmoqni istamagaydir, Olloh taolo ham uni ko‘rmoqni
    xohlamagaydir»,— dedilar. Shunda Oisha onamiz yokim
    ul zotning zavjai muhtaramalaridan biri: «Darhaqiqat,
    biz o‘lmoqni istamag‘aydirmiz»,— dedilar. Janob
    Rasululloh: "Yo‘q, unday ermas! Ammo, mo‘min odam
    uchun, qoshiga o‘lim kelib, Olloh taoloning rizoligi
    hamda marhamatidan bashorat qilinganda, oldida
    turgan o‘limdan ko‘ra suyukliroq narsa bo‘lmagaydir va
    ul Olloh taoloning visolini ko‘rmoqni istab qolgaydir,
    Olloh taolo ham uni ko‘rmoqni xohlagaydir. Kofir uchun
    ersa, qoshiga o‘lim kelib Olloh taoloning azob-
    uqubatidan bashorat qilinganda, oldida turgan o‘limdan
    ko‘ra yomonroq narsa bo‘lmagaydir va ul Olloh
    taoloning visolini ko‘rmoqni istamagaydir, Olloh taolo
    ham uni ko‘rmoqni xohlamagaydir»,— dedilar».
    Sahih, Buxoriy rivoyati
  • 17 июн 2013 20:10
    Aбу Жаъд аз-Зомрий розияллоxу анxудан ривоят
    килинади:
    «Набий соллаллоxу алайxи васаллам:
    «Ким писанд килмай уч жумани тарк этса, Аллоx
    унинг калбига муxр босгай», дедилар».
    Сунан эгалари ва ал-Xоким ривоят килган.
    Шарx:
    Уч Жума намозини узрсиз, эътиборсизлик ила тарк
    килган одамнинг калбига Аллоx муxр босиб, яхшилик
    кирмайдиган килиб кўйиши ўша одамнинг ўзи учун,
    оиласи учун, жамияти учун катта бахтсизликдир.
    Чунки Аллоx муxрлаб кўйган калбдан xеч качон
    яхшилик чикмайди. Бундан ортик бахтсизлик
    бўлиши мумкин эмас.
    Демак,оила аъзолари ичида Жума намози
    ўкийдиганлари кўп бўлган жамиятда яхшилик кўп
    бўлади. Xар бир жамиятнинг аъзолари ичида Жума
    намоз ўкимайдиганлари канча кўп бўлса, ўша
    жамиятнинг ёмонлари, мусибатлари ва мушкиллари
    xам шунчалик кўпайиб бораверади. Ичимизда Жума
    ўкимайдиганларимиз бўла туриб, нега жамиятимиз
    яхшиликка эриша олмаяпти, деб ажабланмасак xам
    бўлаверади.
  • 17 июн 2013 20:10
    Abdulloh ibn Amr ibn Oss (r.a.) aytdilar: "Rasululloh
    (s.a.v.): "Suhbatdoshlarning eng yaxshisi xushfe'l va
    ko’ngilga ma'quli va qo’shnilarning ham eng yaxshisi
    qo’shnisiga munosabatda mumtozidir", dedilar".
  • 17 июн 2013 20:11
    Abu Zarr G’iforiy (r.a.) aytdilar: "Rabibim va do’stim
    Rasululloh (s.a.v.) menga uch narsani buyurdilar:
    birinchi - Hatto agar burni va qo’l-oyoqlari kesilgan qul
    senga boshliq bo’lsa ham unga itoat qil;ikkinchi -
    sho’rbo qilsang, suvini ko’proq qilib, qo’shnilaring
    ahvoliga qarab, shundan minnat qilmay ularga ham ber;
    uchinchi - namozlarni o’z vaqtida ado qil! Agar imom
    namozni o’qib qo’ygan bo’lsa, sen shu namozni (uyda
    o’qiganing uchun) ado qilgan bo’lasan, o’qimagan
    bo’lsang, unga iqtido qilasanda, u sen uchun nafl
    namozi bo’ladi".
  • 17 июн 2013 20:12
    Nofi' ibn Abdul Horis (r.a.)dan rivoyat qilindi:
    "Rasululloh (s.a.v.) "Keng turar joy, solih qo’shni va
    beozor ulov bo’lishi musulmon kishining saodatidir",
    dedilar". Solih kishi deb so’zida, ishida va umuman
    barcha hatti-harakatlarida to’g’rilikni, rostguylikni,
    poklikni o’ziga dastur qilib olgan insonni aytilgan.
  • 17 июн 2013 20:12
    Hz. Ali (k.v.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)ning dardlari
    og’irlashgan vaqtida menga: "Ey, Ali! Menga hayvon
    kuragidan olib kel, men ummatlarim zalolatga
    tushmaydigan narsalarni yozdiraman", dedilar. Men esa,
    kurakni olib kelgunimcha Rasulullohning olamdan o’tib
    qolishlaridan qo’rqib: "Yo Rasulalloh! Aytadigan
    gaplaringizni men yodimda saqlab qolaman", dedim.
    Shu vaqtda Rasulullohning muborak boshlari mening
    bilagim bilan yelkam ustida edi. Rasululloh
    (s.a.v.)shunda: "Namozni o’z vaqtida o’qinglar, zakotni
    beringlar hamda qo’l ostingizdagi kishilarga yaxshi
    qaranglar", deb vasiyat qildilar va jonlari chiqqunga
    qadar shunday so’zlarni aytib, oxirida "Lo iloha
    illalloh,Muhammadu-r-Rasululloh" kalimasiga guvohlik
    berishga buyurdilarda: "Kim shu kalimaga ko’ngil bilan
    guvohlik bersa, Alloh taolo uning jasadini do’zax o’tiga
    harom qiladi", dedilar".
  • 15 июл 2013 16:36
    Аллох бор десак-ку, зикир килмасак. Нематин есак-ку, шукур килмасак. Охират сафарин фикр килмасак, Бу фоний дунёда адашмок тайин. Инсонга чегара инсоф диёнат, Диёнатга асло килманг хиёнат! Умр ганиматдир унутмаг Дустлар! Хаммамиз мехмонмиз- Яъни омонат