Doira qadimiy musiqa cholg'ularidan hisoblanadi. Markaziy Osiyo (Niso shahri, eramizdan avvalgi 2-asr)da topilgan terrak ota yodgorliklarida doirachi ayollar tasvirlangan. Doira va unga yaqin urma musiqa cholg'ulari tojik, arman, ozarbayjon, uyg'urlarda dap, dapp, daff, def deb nomlanadi. 20-asrda o'zbek doira ijrochilik an'analarini Usta Olim Komilov, T. Inog'omov, D. Sottixo'jayev, Rahim Isoxo'jayev, F. Azimov, Qahramon Dadayev, O. Kamolxo'jayev, aka-uka Islomovlar, M. Oripov, R. Otaboyev, T. Sayfiddinov, R. Samadov va boshqalar mukammallashtirgan. TUZILISHI_: Doiraning asosiy qismi (gardishi) tok zangi, so'nggi yillarda zarang, akatsiya, lo'lilarda tol daraxtlaridan ishlanadi. Gardishning tashqi tomoniga buzoq, toyyoki echkining oshlangan terisi qoplanadi. Ichki tomoniga esa tamburinnikiga o'xshash ma'dandan ishlangan halqachalar osiladi. Doiraning halqasiz turlari ham mavjud. Gardish diametri 400—510 mm ni tashkil etadi. Doirada tovush ikki qo'l barmoqlari yordamida hosil qilinadi. Undan yakka ijroda hamda turli xil milliy cholg'u ansambllarida jo'rnavoz cholg'u sifatida foydalaniladi. CHALINISHI_: Doirani chalishda qo'llaniladigan ritm birliklari (naqralar) haqida qadimiy manbalarda yozilgan. Doira usuli odatda ikki xil zarbdan iborat. Biri —bak(baka, bako, bakka, bakko). Bak doira gardishiga yaqin joyga urilganda chiqadigan tovushdir. Ikkinchi zarb —bum. Bumni chalish uchun barmoqlarni cho'zib doiraning o'rtaroq qismiga uriladi
Musiqa nazariyasi va uning ilmiy faoliyati
TARIXI_:
Doira qadimiy musiqa cholg'ularidan hisoblanadi. Markaziy Osiyo (Niso shahri, eramizdan avvalgi 2-asr)da topilgan terrak ota yodgorliklarida doirachi ayollar tasvirlangan. Doira va unga yaqin urma musiqa cholg'ulari tojik, arman, ozarbayjon, uyg'urlarda dap, dapp, daff, def deb nomlanadi.
20-asrda o'zbek doira ijrochilik an'analarini Usta Olim Komilov, T. Inog'omov, D. Sottixo'jayev, Rahim Isoxo'jayev, F. Azimov, Qahramon Dadayev, O. Kamolxo'jayev, aka-uka Islomovlar, M. Oripov, R. Otaboyev, T. Sayfiddinov, R. Samadov va boshqalar mukammallashtirgan.
TUZILISHI_:
Doiraning asosiy qismi (gardishi) tok zangi, so'nggi yillarda zarang, akatsiya, lo'lilarda tol daraxtlaridan ishlanadi. Gardishning tashqi tomoniga buzoq, toyyoki echkining oshlangan terisi qoplanadi. Ichki tomoniga esa tamburinnikiga o'xshash ma'dandan ishlangan halqachalar osiladi. Doiraning halqasiz turlari ham mavjud.
Gardish diametri 400—510 mm ni tashkil etadi. Doirada tovush ikki qo'l barmoqlari yordamida hosil qilinadi. Undan yakka ijroda hamda turli xil milliy cholg'u ansambllarida jo'rnavoz cholg'u sifatida foydalaniladi.
CHALINISHI_:
Doirani chalishda qo'llaniladigan ritm birliklari (naqralar) haqida qadimiy manbalarda yozilgan. Doira usuli odatda ikki xil zarbdan iborat. Biri —bak(baka, bako, bakka, bakko). Bak doira gardishiga yaqin joyga urilganda chiqadigan tovushdir. Ikkinchi zarb —bum. Bumni chalish uchun barmoqlarni cho'zib doiraning o'rtaroq qismiga uriladi