SKIRIPKA MUSIQA ASBOBI HAQIDA_-|-_

Skripka— torli musiqa asbobi bo'lib, odatda kvintaga sozlangan to'rtta torga ega.
Skripka (slavyancha skri — g'ijirlamoq) — torli kamonli musiqa cholg'u asbobi. Skripkasimon cholg'u asboblari orasida (Skiripka alt, violonchel, kontrabas) yetakchi, eng baland registrli soz. 4 ta tori kvinta intervali bo'yicha sozlanadi. Diapazoni 4 oktavadan oshiq. Umumiy uzunligi — 600 mm. Skripkaning klassik shakli 15 —16-asrlarda Italiya va Fransiyada yuzaga kelgan. 17— 18-asrlarda Shimoliy Italiya, ayniqsa, Kremona ustalari A. va N. Amati, J. Gvarneri, A. Stradivari va boshqalar skripkaning mukammal namunalarini yaratishgan. Skripkalar simfonik orkestr va cholg'u ansambllar asosini tashkil qiladi. 17— 18-asrlardan skripkada yakkanavozlik san'ati rivojlanib kelmoqda, skripka musiqasi yaratilmoqda. Bu sohada 19-asrda virtuoz skripkachi va mashhur kompozitorlar N. Paganini, P. Sarasate va boshqalarning xizmati katta bo'ldi. 20-asr skripkachilaridan F.Kreysler ( Avstriya), I. Menuxin (Angliya ), I. Stern, ...maktabi va b.) sozandalari ba'zida skripkadan g'ijjak o'rnida foydalanishadi.
Shtrixlar[ tahrir]
Skripkaning yangrashi va cholg'u texnikasi
1. Ochiq simlar (kamoncha va chimdish bilan)
2. Gamma Lya major (kamoncha va chimdish bilan)
3. Gamma Lya major vibrato bilan
4. Gamma Lya major col legno bilan
5. Re va Lya simlarida chalingan katta sekstaning (Mi-Do#) intervali
6. Lya simida chalingan flajoletlar
7. Obertonorqali chalingan glissando.
Asosiy uslublar:
*. Detaché— har bir nota kamonchaning alohida siljishi va uning yo'nalishini o'zgartirish bilan olinadi;
*. Martelé— kamonchaning itarishi bilan olinadigan shtrix;
*. Staccato— kamoncha bilan pastga va tepaga to'xtab-to'xtab yurgazish;
*. Staccato volant— Stakkatoning yana bir ko'rinishi. Chalish davomida kamoncha sakrab, simlardan uzoqlashadi;
*. Spiccato— sakrovchi shtrix, juda yengil staccato;
*. Tremolo— bir tovushning ko'p marotaba tez-tez takrorlanishi;
*. Legato— tovushlarning bir maromda, to'xtashlarsiz ijro etilishi;
*. Col legno— kamonchaning yog'ochi bilan simga urilishi. Bu tovushdan bastakorlar simfonik musiqada foydalanadilar.

Комментарии