Dutor( fors.

) — O'rta Osiyo, Eronva Janubiy Osiyodatarqalgan an'anaviy ikki torli musiqa asbobidir. Nomi fors tilidan„ikki tor“ (< du— „ikki“, tār— „tor“) deb tarjima qilinadi, biroq Hirotdutori o'n tor’tta torli bo'ladi. Dutor XV asr atroflarida paydo bo'lgan.
Yasalishi_-|-_
Dutor tut, o'rik, yong'oq yog'ochlaridan yasaladi. Dutorning qorni o'nga yaqin yupqa taxtakachni egib, bir-biriga yopishtirilib yasaladi. Buning ustidan qopqoq yopiladi va tayyor bo'lgan qorin dastaga ulanadi.
Torgiryokitor ilgakdutorning ikki simini ko'tarib turadi. Dutorning dastasi ingichka uzun bo'ladi. Boshqa torli asboblardaodatda metalpardalar bo'lsa, dutorda dastasiga o'ralgan 15 ga yaqin ipak parda bo'ladi. Zamonaviy dutorlarning pardalari ba'zan yog'och yoki suyakdan yasaladi.
Dutor dastasi suyak, sadaf bilan bezaladi. Dutor torlari avvaliga ichakdan, keyin ipakdantayyorlanar edi. Zamonaviy dutor torlari neylondanqilinadi.
Registri_-|-_
Dutorda bir yarim oktavaatrofidagi diatonik-xromatik gamma bor.
Chalish uslablari
Dutorni turli zarb bilan chalish mumkin. Yakka zarb, qo'sh zarb, piripirak, rez kabi zarblar bilan chalinadi.
O'zbek xalq ijodida_-|-_
Dutor uchun xalq orasida maxsus kuylar yaratilgan. Bular safiga „To'rg'ay“, „Farg'onacha“, „Tanovar“, „Munojot“, „Rohat“, „Jigarpora“, „Dilxiroj“, „Chertmak“, „Shafoat“, „Suvora“, „Qo'shtor“ kuylarini kiritish mumkin.
O'zbek Merosidan_-|-_
Dutor(fors— ikki tor) — 1) torli chertma milliy musiqa cholg'usi. O'zbek, tojik, uyg'ur, turkman, qoraqalpoq xalqlari orasida keng tarqalgan. O'zbek D.i muloyim, nafis va shi-rali ovozi b-n boshqa cholg'ulardan ajralib turadi. U asosan tut, o'rik yog'ochlaridan yasaladi. Cholg'uning kosaxonasi (rezonatori) 8—12 ta yupqa, bir-biriga yonmayon yopishtirilgan taxtacha (qovurg'a)dan ishlanadi. Kosaxonaning ustki, ochiq qismiga yupqa qopqoq yopiladi va kosaxona bo'g'iz orqali dastaga ulanadi. D.ning uzun va ingichka dastasiga 13—17 ta parda bog'lanadi. Kosaxona va dastaga suyak va sadafdan ishlangan bezak naqshlar o'yib yopishtiriladi. Torlari ipak iplaridan eshiladi. Ular Tanavor sozi (kvarta), Munojot sozi (kvinta), Qo'shtor sozi (unison)ga sozlanadi. Uyg'urlarda D. kattaroq shaklda, Turkmanistonda fakat o'yma (qazma) turi, Xorazm va Qoraqalpog'istonda kosaxonasi qovurg'alik D.lar b-n birga hajmi kichik, o'yma xillari ham uchraydi. D. yakkanavoz va jo'rnavoz cholg'u sozi bo'lib, sozandadan katta ijro mahoratini talab etadi. D.da yakka zarb, qo'shzarb, bilak zarb, bidratma, teskari zarb kabi ijro usullari mavjud. D. haqidagi dastlabki yozma ma'lumotlarni Navoiyning zamondoshi Zaynulobidin al-Husayniy „Musiqaning ilmiy va amaliy qoidalari“ nomli risolasi (16-bobi)da uchratamiz. 16—17-a.larda „Dutoriy“ ta xallusi b-n ijod etgan (hirotlik Yusuf Mavdudiy Dutoriy, mashhadlik Mirquliy Dutoriy kabi) sozandalarning nomlari manbalarda saqlangan. Hozirda milliy D. ijrochiligining o'ziga xos uslublari 4 ta asosiy (Andijon, Toshkent, Samarqand va Xorazm) maktablari orqali namoyon bo'ladi. 20-a.da Andijon maktabi namoyandalaridan Dorip dutorchi, M. Najmiddinov, O. Rustamov, K. Jabborov, Fargʻonada Qo'zixon Madrahimov ijrosida „Nolish“, „Cho'pon“, „Andijon Kurdi“, „Andijon Sayqali“, „Tuya bo'zloq“, „Qo'shtor“; Toshkent maktabi yirik vakillaridan Solixon Hoji, A. Vahobov, F. Sodiqov, M. Yunusov, T. Alimatov, 3. Obidov, S. Yo'ldoshevlar talqinida „Sharob 1, 2“, „Shafoat 1, 2, 3“, Toshkent Sayqali", „Toshkent Kurdi“, „Rajabiy 1, 2“, „Kurash“, „Dutor Bayoti“, „Dutor Navosi“; Samarqand maktabi ustozlaridan Hoji Abdulaziz, Qori Siroj Yusupovlar ijrosida „Guluzorim“, „Bebokcha“, „Bozurgoniy“, „Gullar vodiysi“; Xorazm maktabi vakillaridan N. Boltayev, Yu. Jabborovlar ijrosida „Koradali“, „Aliqambar“, „Saqili Navo“ singari mumtoz kuylarda o'z ifodasini topgan. 1970-y.lardan yakka D.da Shashmaqom cholg'u va ashula yoʻllari ham ijro etila boshlandi. O'zbek bastakorlaridan N. Hasanov „Gilos“, F. Sodiqov „Dutorim“, S. Yoʻldoshev „Dil kuylasin“, 3. Obidov „Tog' go'zali“, O. Qosimov „Yangra sozim“ kabi asarlarni D. uchun yaratganlar; 2) dutor-alt — an'anaviy D.ni 1930-y.larda qayta ishlash natijasida paydo bo'lgan turi. Torlari kapron (yoki boshqa polimer iplari)dan ishlanadi. Dastasiga xromatik tartibda joylashgan yog'och yoki suyak pardalari yelimlab yopishtiriladi. Repertuaridan asosan o'zbek kompozitorlari tomonidan qayta ishlangan (garmonizatsiyalashgan) xalq kuylari, fortepiano jo'rligida ijro etilayotgan asarlar o'rin olgan. Mazkur Dutor asosida (O'zbek xalq cholg'ulari orkestriga moslab) turli hajmdagi Dutor xillari (Dutor— bas, Dutor— kontrabas) ishlandi.

Dutor( fors.) — O'rta Osiyo, Eronva Janubiy Osiyodatarqalgan an'anaviy ikki torli musiqa  asbobidir. - 580228439735

Комментарии