Комментарии
- 1 мая 2016 13:01Гиж гижлашмас.Яхшилаб укинг.Бунака вокеалар хаётимизда куп.Нахот эшитмагансиз.Анча йиллар аввал тогамлани кишлогида бир кишини сигири йоколади.Шу кеча тогами угли журалари бн йигилишиб тонггача карта уйнашган болади.Ушалани айбдор гумон килиб камашади.бир хафта ушлаб туришди.Сигир жонивор эса козигидан ечилиб адашиб чикиб кетган экан.Бир хафта деганда бошка тумандан топиб келишди.бир киши боглаб куйиб хабар берган.Тогами угли хам журалари хам чикиб келди.Лекин бир жураси уйига келгач узини осиб куйди.Хат ёзиб кетган экан.
Хатда худди хикоядаги кийноклар ундан ташкари нозик жойига бакалашкага сув толдириб боглаб куйганларини ва бошка тилга олиб булмайдиган купгина ифлослик килинганини ёзиб колдирган(Узр очик гапирганим ун).Милиция ходимларидан купчилиги конуний жазо олди.Жасад экспертиза килинганда хатдаги кийноклар тасдикланди.Бунга нима дийсиз - 1 мая 2016 13:06Уларда хам ички назорат бор жавоб беришибдику ишларига
- 1 мая 2016 13:11Шу ун айтмокчиман.Хаётда бор бунакалар.Хич канака асар осмондан олиб ёзилмайди.Хаммасида хам оз болсин хакикат ётибди.Агар уша бола жонига касд килиб хат ташлаб кетмаганда хич канака ички назорат фойда бермасди.Уша кийноклар амалга оширилаётганда каёкда эди уша ички назорат.
- 1 мая 2016 13:12Ха менимча хамма хам хаётида катта ёки кичик тухматга бир бошини тутиб беради.
- 1 мая 2016 14:09Тухмат балосидан утболосидан....Узи асрасин якаю ёолгиз мехрибон,Парвардигор!
- 2 мая 2016 19:38Хаётда тухматдан ёмони булмаса керег. Парвардигорнинг узи асрасин тухматдан
- 3 мая 2016 09:12Тухматга хечким рупаро булмасин Оллох кулласин тухматчилага инсоф берсин илоеим.
- 6 мая 2016 14:13Assalomu alekum Davomi qizil ssilikasini bosib uqing
- Комментарий удалён.
- 9 мая 2016 21:26Qizil sisilkani ezsam faqat nomer chiqib qolyapti
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
˙·•♥TASIRLI HIKOYALAR♥•·˙ УКИНГ ФАКАТ ЙИГЛАМАНГ
:Нилуфар Пардаева
"TUXMAT"
Bir kuni Baxtiyor ismli muallim bolalarga dars berib o'tirardi. Keyin esa oynadan tashqariga qaradi. Kichkina yo'ldan bir odam o'tayotganida uni qizil rangli spark mashinasi urib ketdi. Ko'zimga ko'rindimi yoki rostmi deb oynaning eshigini ochib qaradi. Qarasa bir odam qonga bo'yalib,qimirlamay yotardi. Zudlik bilan tashqariga yugurib chiqib qarasa na bir odam na bir uni urib ketgan shafyor ko'rinardi. Keyin zudlik bilan tez yordamga qo'ng'iroq qilib,bo'lgan voqeani aytib,tezroq kelishlarini iltimos qildi.Keyin esa maktab darsidan chiqish qo'ng'irog'i chalindi.Xamma tashqariga chiqib yo'ldagi odamni ko'rgani yugurib keldilar:
-Nima? Nima bo'ldi?
-Bir qizil spark mingan odam urib ketdi. Shifoxonagayam olib bormay qochib ketdi. Ablax.
-U judayam ko'p qon yo'qotyapdi xozir mashinamni olib kelaman.Shifoxonaga olib boramiz dedi bir ustoz.
-Yo'q.Shoshmang. Men xozir tez yordamga qo'ng'iroq qildim. Ular yo'lda,kelishyapdi.
-Ular qachon kelishadi? Mashinamni xozir darrov 5 sekuntga olib kelaman.
-Shoshmang nega tushunmisiz Baxrom aka o'zizni boshizga o'ziz g'ovg'a orttirmoqchimisiz?
-Axir uning axvoli og'irku.U jon berishi mumkin.
-Bilaman lekin . . . mening jonim achimayapdimi? Ertaga aybdorni topolmasalar sizni so'roq qilib boshlidi. Aybni sizga to'nkab qo'yadilar.
-Bu yerda mening aybim yo'qligini qancha qorako'zlar ko'rib turibdiku axir.
-To'g'ri lekin uyoqqa olib borib aybni bo'ynizga qo'yish uchun qiynoqqa solishganlarida bu qorako'zlarning hech biri ko'rmidi sizni.
Shunday baxs bo'lib turganida tez yordam mashinasi keldi. Bemorni va ularni telefon qilib chaqirgan Baxtiyorni olib ketdilar.
Baxtiyordan "uni tanisizmi,qanday mashina urib ketdi,voqea qanday sodir bo'ldi" deb so'radilar.Baxtiyor bor yo'q gapning hammisini aytib berdi va ketishiga ruxsat oldi.Ertasi kuni maktab sinfida o'tirganida ikkita militsiya kelib uni tergovga olib ketdi. Kelganlaridan keyin uni g'alatiroq bir kursiga o'tirgizdi.Keyin esa so'roq boshlandi:
-Xo'sh voqea qanday sodir bo'lgandi?
-Men xammasini kecha gapirib berdimku.
-Bor gap shumi?
-Xa.
-Kecha tunda u bemor vafot etdi.Endi esa sizga savol: kimnidir mashinada urib ketsangiz nima qilgan bo'lardiz?
-Zudlik bilan shifoxonaga olib borardim.
-Siz unda nega zudlik bilan shifoxonaga olib bormadingiz?
-Bu nima deganiz?
-Uni o'ziz mashinangizda urib ketgansiz keyin esa mashinangizni qayergadir yashirib,voqea joyiga qaytib kelib,tez yordamga qo'ng'iroq qilgansiz. Shunaqami?
-Bunaqamas.Bunaqa bo'lishi mumkinmas.
-Lekin bundan boshqacha bo'lishi xam mumkinmas.
-Menda mashina yo'q. Umuman bo'lmagan. Buni tekshirib ko'rishingiz mumkin. Men maktabga ishga velosipedda boraman.Buni xamma biladi.
-Biz tekshirib ko'rdik. Sizni nomizga xuddi shunday qizil spark mashina olingan.U mashinada ishga borarkansiz.
-Bu bo'qton.
-Biz sizni o'sha mashinangizni topdik. Ichida xujjatlariz xam bor ekan.Imzoyingiz. Lekin yolg'onniyapchi ja qoyillatar ekansiz.
-Buni isbotlay olasizmi?Qani mening nomimga olingan mashina xujjati?Qani mening ishga mashina xaydab borganimni ko'rgan odam?
-Ja o'ziga ishongan odam ekansizu.
-Men bolalarga saboq beraman.Boshimga qilich kelsayam rost gapiradigan odamman.
-Unda bu xujjatlarni ko'rib chiqing deya qo'liga xujjat berdi.Baxtiyor xujjatlarni ko'rib lol qoldi.O'zining imzosi. Xech bir xatolar qilinmagan xolda to'g'irlangan xujjat.
-Endi esa guvohni olib keling -dedi tergovchi.Baxtiyor guvohni ko'rib hayron qoldi.Qarasa o'zi bilan ishlidigan,uni tuxmatdan asrab qolgan Baxrom aka.
-Baxrom aka tushunmadim bunga. Menda mashina bo'lganini qachon ko'rdingiz?
-Baxtiyor uka maktabdagi bir nechta o'qituvchilar bilan uyingizga mashina ziyofatga borganimiz esingizdan chiqdimi?
Baxtiyor o'rnidan turib unga tashlanmoqchiydi militsiyalar uni ushlab qolishdi.Keyin esa u Baxrom akaga baqirib ketdi:
-Iflos bunaqa deyishga qanday tiling bordi?Men seni o'zimga aka,chin do'st bilardim. Guvohni olib ketaveringlar dedi tergovchi. Baxromni olib ketayotganida orqasiga o'girilib Baxtiyorga mayuslik bilan qarab boshini bilinar bilinmas chayqab qo'yib ichidan "meni kechir Baxtiyor" dedi.
-Xo'sh Baxtiyorbek aybingizni tan olasizmi? Bizda dalil xam guvoh ham bor.
-YO'Q.YO'Q.XECHQACHON.
-Unda ukam uzr. Qiynoqni boshlanglar dedi tergovchi. U o'tirgan kursi qiynoq azobini berish uchun maxsus tayyorlangan kursi edi.Qo'lini kursidagi kamar bilan bog'ladilar.Tirnoqlari tagiga igna tiqib "aybingni tan olasanmi" dedi. Baxtiyor dodlab baqirib "yo'o'o'o'q" dedi. Qizib turgan temirni oyoqlariga bosib "endichi" dedi tergovchi. Baxtiyorning peshonisidan ter oqib qalqirab titrab ketdi lekin shundayam dadillik bilan "yo'o'o'q hechqachon" deya baqirdi. Keyin esa boshiga "kalpachok"ga o'xshagan qanaqangidir narsa kiydirib to'q berdi. Endi esa Baxtiyor bu azobga,bu to'qning urganiga chidayolmay ko'zlarini yumdi.Ko'zlarini ochganda qanaqangidir xilvat xonada yotardi. Keyin 4 barzangi yigitlar kelib do'pposlashga tushdilar.
-Bilasanmi seni nega do'pposlayapmiz?Aybingni,qilgan jinoyatingni tan olishing uchun.
Baxtiyor uning yuziga tuflab:
-Men xechqanday jinoyat qilmadim.Yemagan somsamga pul to'lamiman dedi.U bezorining ham jahli chiqib ketdida Baxtiyorni o'rnidan turg'azib yuziga bir musht tushirdi. Xoldan toygan Baxtiyor o'zini tutib turolmay,o'zi bilmagan xolda to'qni boshqaradigan avtamatga borib urildi.
(Ko'pchilik nega uni bundayin qiynadilar deb xayron bo'layotgandir. Uni sud qilib qamatganidayam bo'lardiku degan xayolgayam borayotgandir a? Lekin sud zalida xujjatlarning soxtaligi bilinardi,birgina guvoh kam edi,Baxtiyorni advakat oqlarni,uning tarafini oladiganlar ko'p edi.Tergovchilarga esa Baxtiyorning o'z aybini bo'yniga olgani kerak edi.Shuning uchun uni qiynab,bunaqangi soxta guvoh va xujjatlar bilan qo'rqitmoqchi edilar.Eng qizig'i tergov pinhona ravishda amalga oshirildi)
Ertasi kuni Baxtiyorning uyigga uning o'lganini aytib jasadini olib kelishdilar. http://ok.ru/group/52062572576854/topic/62980682331478 http://ok.ru/group/52062572576854/topic/62980720735574 Qolgan Ikkta qisimi shu sisslika bosib uqiyzlar. Vaqt va Etibor uchun tashakkur!
Cheksiz Yordamlari uchun Shoh Shohga tashakurlarim izhor etaman!
ALLOH rozi bulsin barchamazdan.
Quruq tuhmat suv balosidan ollohim asrasin illohim!