Iltimos oxirigacha o`qing.

Uyga
qaytganimda ayolim kechki
ovqatga
dasturxon tuzayotgan ekan. Uni
qo`lidan tutib yonimga o`tkazdim
va
jiddiy gapim borligini aytdim. U
jim
o`tirib meni tinglardi. Imkon
qadar ko`zlariga qarab
gapirishga urinardim,
biroq ulardagi o`g`riq meni
sozlashimni qiyinlashtirardi.
Nafasimni
jamlab keyingi kunlarda ichimda
o`ylab yurganimni shart aytdim
qo`ydim: “Sen bilan
ajrashmoqchiman”.. Uni bu
so`zlarim
hayratga solmadi va u sokinlik
bilan
“Nega?” deb sababini so`radi.
Javobdan o`zimni olib qochdim,
unga
bu harakatim yoqmadi. Nima deb
aytishim kerak edi? Hotinimni
sevmay qo`ganimga ancha
bo`lgan, hozir
ko`nglim butkul Dilraboga
tegishli.
Ertasi kuni ishdan qaytganimda
hotinim nimalarnidir yozib
o`tirgan edi.
Indamay kirib yotdim, Dilrabo
bilan o`tgan kunim ta`surotlarini
o`ylab shirin uyquga ketibman.
Ertalab ayolim qo`limga bir
parcha
qog`oz tutkazdi. Unda bir shart
yozilgan edi. U men bilan
ajrashishga
qarshilik qilmasligini va buning
evaziga mendan biroy muddat
so`ragan edi. Shu bir oyni baxtli
oiladek
o`tkazishimizni iltimos qildi.
Sababini
oddiygina tushuntirdi. Yaqinda
o`g`ilchamiz maktabga borishi
kerak
edi va yomon ta`surotlar bilan
o`qishni boshlamasligini hohlardi.
Men rozi
bo`ldim. Uning yana bir
kichkinagina
sharti bor edi. Turmushimizning
ilk
oyidek uni har tongda
uy ichidan qo`llarimda ko`tarib
eshik
oldigacha olib chiqishimni
so`radi. Ayolim ajrashish oldidan
aqldan ozibdi
degan hayol keldiyu indamadim,
shu
bilan qutulsam mayli. Ayolimga
nisbatan hohish istagim ham
yo`q edi,
meni yana o`ziga isitib oladi
desam.
Begonani ko`targandek ko`tarib
yurarman bir oy. Birinchi kun
g`alati
o`tdi. O`g`lim bizni ko`rib qiyqirib
yubordi: “Ada nega oyimni
ko`tarib
oldiz?”. Hotinim ajrashish
haqida zinhor gapirmasligimni
iltimos
qilganligi uchun men jilmayib
qo`ya qoldim va kocha
eshigigacha ko`tarib
bordim. U ishga ketdi…
Har tong shunday o`ta boshladi.
Har
safar ayolimni qo`limga
olarkanman
qandaydir iliqlik paydo
bo`layotgandek tuyulardi. Men
o`zimni ishontirardim boshqasini
sevaman
deb. Dilraboni oldiga oshiqardim.
Bir
oy bo`lishiga ikki kun qolganda
hotinim qandaydir yengillik bilan
qo`llarimga o`zini topshirdi.
Qo`llari
bilan bo`ynimdan quchib boshini
elkamga qo`ydi. Orqadan bizni
kuzatayotgan o`g`limizni chaqirib
yuzidan o`pdi. Biz haqiqatda
baxtli
oiladek edik. Men har kungidan
ham
mahkam ko`tarib olgandim
ayolimni.
Huddi nikoh kunimizdek…
Ishxonamga uchib kirdim.
Hoziroq
borib hammasini hal qilaman.
Qarshimdan chiqqan Dilraboga
borini
aytdim: “Men seni
sevmayman. Hotinim bilan
ajrashmayman”. Unin javobi
yuzimga tushgan tarsaki edi.
Yig`lab honasiga
qulflanib oldi. Men esa yugurib
ko`chaga chiqdim va toza
havodan
to`yib nafas ola boshladim.
Go`yoki
sevib qolgan o`spirindek. Yo`l-
yo`lakay bitta tort va katta
guldasta oldim. Ayolim sevadigan
gullardan.
Ayolimdam minnatdor edim meni
yana oilasiga qaytara olganiga.
Urish-
janjalsiz chiroyli yechim
topganiga.
Men uni butun umr qo`limda
ko`tarib
yurishimga arziydi.
Yotoqxonamizga qayta tug`ilgan
sevgi
qanotlarida uchib kirdim. Ayolim
meni kutmabdi… Ishdan
qaytgunimcha joni uzilgan ekan.
Men
ko`zi ko`r shuncha oydan beri
oilamdan uzoqlashib ayolim rak
kasaliga
duchor bo`lganini sezmabman
ham. U
ham befarq eriga dardini aytgisi
kelmagan. Uning so`nggi
iltimosining
maqsadi esa: farzandimiz ko`z
oldida
men o`z ayolini va oilasini tashlab
ketgan odam sifatida emas,
balki sevuvchi er va ota sifatida
qolishimni istagan ekan, hattoki
ketayotganida ham yaqinlari
uchun
harakat qilibdi… Hayotda pul
yig`ish,
mashina va uy olish g`amida
yuramiz, biroq bu tashvishlar deb
yaqinlarimiz bilan munosabatlarni
unutmasligimiz kerak. Hech kim
abadiy
emas,kim oldin, kim keyin ketadi.
Armonda qolmaylik doslar!!!! Ok.ru/orzularim 《《gurupa (y)

Iltimos oxirigacha o`qing. - 558550793801

Комментарии