Luis Enrike: «Real»ga qarshi o'yinda 100 ming muxlisni qo'llab-quvvatlashini kutyapman»

«Barselona» bosh murabbiyi Luis Enrike Ispaniya chempionatining 14-turidan o'rin olgan «Real» klubiga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Jarohat olgan futbolchini safga qaytishi juda yaxshi xabar, ayniqsa u Inesta bo'lsa.
Bunday o'yinlarda maydonda yuz beradigan holatlar musobaqa jadvalidagi o'ringa bog'liq bo'lmaydi.
Bu men uchun birinchi «klasiko» emas. Unda futbolchi sifatida ham ishtirok etganman, ammo murabbiy uchun muhimi – ehtiroslarni jilovlab olish
Ertaga bizda «Real»ni yutib, jadvalning yuqori pog'onasiga yaqinlashish imkoniyati paydo bo'ladi, biroq bundan ortig'i emas.
Bu juda muhim o'yin va biz muxlislarni baxtiyor qilishni xohlaymiz. Men bu bellashuvda 100 ming nafar muxlisni qo'llab-quvvatlashini kutyapman» - dedi Enrike klubning tvitter sahifasida.
O'yin 3 dekabr kuni soat 20-15da boshlanadi.

Комментарии

Комментариев нет.