Maktab.

3-sinf o'quvchilariga
dars bo'lyapti. O'qituvchi
bolalarga: "Xudodan o'zingiz uchun nima
so'ragan bo'lardingiz?" mavzusida insho
yozishlarini vazifa qilib topshirdi. Hamma oppoq
qog'ozga o'z inshosini yoza boshladi. Kechqurun
yozma ishlarni tekshirarkan, o'qituvchining
diqqatini bir insho o'ziga tortdi. Inshoni o'qib
chiqarkan u juda xafa bo'ldi, ko'zlaridan yuziga
yosh dumaladi. Shu vaqtda xonaga uning eri
kirib keldi va ayolining ko'zidagi yoshlarni ko'rib
hayron bo'ldi. “Nima bo'ldi?” – deb so'radi u.
“O'qing”, - deb, unga o'sha o'quvchining
inshosini uzatdi. Insho quyidagicha yozilgandi:
"""Pаrvardigor, bugun Sendan alohida bir narsa
haqida o'tinib so'ramoqchiman: meni televizorga
aylantirib qo'y... Ha, xuddi uyimizdagi
televizorning o'rnini egallashni istayman. Men
ham uyda alohida joyga ega bo'lib, oilamizni o'z
atrofimda jam bo'lishini xohlayman.
Gapirayotganimda gaplarimni bo'lishmasin,
ahamiyatsiz narsalarni gapirmasligimga
ishonishsin, diqqat-e'tibor markazida bo'lishni
istayman. Agar meni televizorga aylantirib
qo'ysang, dadam ishdan charchab kelsalar ham,
"Men charchaganman", - demasdan mening
yonimda bo'ladi. Agar meni televizorga aylantirib
qo'ysang, onam xafa bo'lib, yolg'iz qolganida
ham meni e'tiborsiz qoldirmaydi. Qaniydi, ota-
onam hamma narsani tashlab har kuni ozgina
vaqt men bilan birga bo'lishsa... Parvardigorim,
balki ko'p narsa so'rayotgandirman, lekin chin
dildan so'rayapman. Iltimos... Meni televizorga
aylantirib qo'y...""" O'qituvchining eri bu yozma
ishni o'qib bo'lgach hayqirib yubordi:
“Dahshatning o'zi bu! Bechora bola!”
Yig'layotgan ayolidan baland ovozda so'radi:
“O'zi qanday axmoq ota-ona ekan ular? Odam
degan ham shunchalik bo'ladimi?" O'qituvchi
ayol yosh to'la ko'zlarini eriga qadab mahzun
javob berdi: “Bu inshoni... bizning o'g'limiz
yozibdi...”

Комментарии