TINCHLIK BO'LSIN BARQAROR 
 
Butun dunyoda tinchlik g'oyasi - barcha millatlarning boyligidir.

Ular baxt-saodat keltiruvchi tinchlikni talab qiladilar. 
 
* * * 
 
Tinchlik inson ong-shuurida adolat tantanasi bilan, moddiy manfaatlar doirasida - taraqqiyot tantanasi bilan, xalqlar orasida - birodarlik tantanasi bilan ta'min etilishi mumkin. 
V. Gyugo. 
 
* * * 
 
Xalqlar o'zaro bir-birlarini qirishga zarracha ham manfaatdor emaslar. Zolimlarning emirilish kuni - xalqlar ahilligi va tinchligining birinchi kuni bo'lajak. 
A. Mitskevich. 
 
* * * 
 
Agar ikki yov ichra tushsa nifoq, 
Yasha do'st bilan xurramu ittifoq. 
 
* * * 
 
Bo'yin tovlama yov yarash istagach, 
Jilov tortma, dushman kurash istagach. 
 
* * * 
 
Agar esang, qanchalik pahlavon, 
Urushdan yarash yaxshidir har qachon. 
Sa'diy Sheroziy. 
 
* * * 
 
Madaniyat rivojining birinchi sharti - tinchlikdir. 
A. N. Tolstoy. 
 
* * * 
 
Bilib qo'y, yaxshimas qon to'kish aslo, 
Begunohlarga hech keltirma balo! 
 
* * * 
 
Sababsiz jang boshlar ekan qay inson, 
Bo'lur jigari qon, rangi za'faron. 
 
* * * 
 
Har kimning o'z nomi, shon-orzusi bor, 
Jangdan sulh afzalroq keladi ming bor. 
 
* * * 
 
Sulh jangdan yaxshiroq erur begumon, 
Hushyor bo'l, ketmasin qo'ldan molu jon. 
A. Firdavsiy. 
 
* * * 
 
Qon to'kishni to'xtatish imkoni bor ekan, har qanday tavakkal afzaldir. 
Rus maqoli. 
 
* * * 
 
Yov ketgandan so'ng qilichni yerga chop. 
O'zbek maqoli.

Комментарии

Комментариев нет.